5.1-Jadval
Tadbirni o‘tkazish vaqti
|
Tematikasi
|
Nomi, qisqacha harakteris-tikasi
|
O‘tkazish joyi
|
Ma’sul
|
O‘tkazish vaqti (davriy-ligi)
|
9,30-12.00
|
Ko‘ngilochar sport o‘yinlari
|
- streyching
- kamondan
otish
- chim ustida
- xokkey
- bochcha
- kriket
- kroket
- mini
- golf
|
|
|
Har kuni
|
12.00-13,00
|
Basseynda o‘yin
sport konkurslari
|
- suv polosi
- suv
aerobikasi
- eng yaxshi
shung‘uvchi
- eng yaxshi
suzuvchi
|
|
|
haftada
1 marta
harkuni
haftada
1 marta
haftada
1 marta
|
15.30-17.00
|
Ko‘ngilochar sport mashg‘ulotlari
|
- futbol
- basketbol
- step
aerobika
- raqs darsi
- stol
tennisi
- katta
tennis
|
|
|
har kuni
har kuni
har kuni
har kuni
har kuni
har kuni
|
20.00-
22,30
|
Madaniy hordiq chiqarish dasturi
|
jonli musiqa mini diskoteka (bolalar
u-n)
konkurslar,
viktorina, lotoreya
|
|
|
har kuni
har kuni
har kuni
|
22.30-
03-00
|
|
kechki shou
deskoteka
|
|
|
Har kuni
|
Sport – sog‘lomlashtirish yo‘nalishi
Sportli animatsiya nazariy tayyorgarlikni ko‘zda tutadi, chunki natija nazariy baza bo‘lgandagina ruyobga chiqadi.
Sportli animatsiya asosida sog‘lom turmush tarzi yotadi. Sog‘lom turmush tarzi kishining jamoatchilik, kasbiy va maishiy funksiyalarni bajarish imkonini beradi va barchasini birlashtiradi.
Sog‘liqni saqlash va mustahkamlash – bu sportli animatsiyaning asosiy funksiyasidir. Turistlarning ko‘ngil yozishga qaratilgan kompleks tadbirlarda alohida ahamiyat imkon darajasidagi sport mashg‘ulotlari, musobaqalar, konkurslarga beriladi. Bunda ushbu momentda shu sohada insoniyat yaratgan va sinab ko‘rgan barcha narsadan foydalanish mumkin. Bular to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu joyda avvaldan hammaga tanish bo‘lgan ma’lum shartlar va qoidalar bilan o‘yinlar, muloqot chog‘ida shu yerda ishlab chiqilgan yangi harakat mashg‘ulotlaridir. Ular dam oluvchilardan kimlardir taklif etgan, modernizatsiya qilingan, qo‘shni oteldagi hamkasblardan o‘zlashtirilgan, moslashtirilgan o‘yinlar ham bo‘lishi mumkin.
O‘yinlarda animatorlar o‘yinchi, hakam, olib beruvchi sifatida ishtirok etishadi. Ularning vazifasi qiziqtirish, o‘yinning borishini nazorat qilish, ixtilofli vaziyatlarni bartaraf etishdan iborat. O‘yin paytida animator qoidani aniq-ravshan tushuntiradi, uning uzluksizligini, xavfsizligini ta’minlab, boshlanishidan oxirigacha uyushqoqlik bilan o‘tkazadi, yakunida g‘oliblarni e’lon qiladi. Animatorlar shunday qizg‘in va berilib o‘ynash muhitini yaratishadiki, yaqin atrofda turgan turistlar ham o‘yinga o‘z diqqatlarini qaratib, sekin-sekin jarayonga qo‘shilib ketishganini sezmay qolishadi.
Jo‘shqinlik, qandaydir qobiliyat va iste’dodni namoyon etish ongli harakatlar kasb etadi, bundan tashqari, jamoaviy o‘yin yana o‘yinchilarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bunday raqobatchilik muhiti bir tomondan maroqli dam olishni vujudga keltiradi, animatorlar oldida turgan maqsad ham, kutgan natija ham – ana shu, aslida.
Kurort mehmonxonalarida sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini uyushtirish uchun tavsiya etilgan ayrim o‘yinlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |