Animatsion turistik marshrutlar – bitta animatsion dastur natijasi maqsadli turistik safarda bir animatsion xizmatdan (dasturdan) boshqasiga o‘tish, turli geografik nuqtalarda amalga oshiriladi. Ushbu holda animatsion dastur maqsadli, mo‘ljalli va turpaketda nafaqat jismoniy hajm, balki ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha ruhlantiruvchi kuch sifatida mustahkam o‘rin egallagan bo‘ladi.
Bunday animatsion dastur turmahsulotda o‘ziga xos narx hosli qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Odatda ushbu dasturlar individuallar yoki bir xildagi turistik guruhlar, bitta ma’naviy qiziqish bilan birlashganlar (professional, xobbi) uchun mo‘ljallangan. Ana shundan animatsion dasturlarning asosiy turli ko‘rinishlarini sanab o‘tamiz: madaniy-bilish va tematik, folklor, adabiy, musiqiy, teatriy, san’atshunoslik, ilmiy, festivalli, karnavalli, sportli. Yoki, misol uchun, turli mamlakatlarda joylashgan kazino-markazlar bo‘ylab kazino o‘yinini yaxshi ko‘ruvchilar uchun turistik safar uyushtirish.
Qo‘shimcha animatsion xizmatlar – animatsion dasturlar, turpaketda kelishilgan asosiy turistik xizmatlarni «quvvatlash» uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Texnologik tanaffuzlarda, yo‘lda ushlanib qolganda (kema, poyezd, avtobus, mehmonxona, vokzal va h.k.), ko‘chib o‘tishda, ob-havo buzilganda (sport va havaskorlik turlari uyushtirishda, plyajli kurortlarda), tog‘ chang‘isi kurortlarida qor bo‘lmaganda va boshqa hollarda amalga oshiriladi.
2. Mehmonxona animatsiyasi
Mehmonxona animatsiyasi – mehmonxona kompleks rekreatsion xizmati, turanimatorni turist bilan shaxsiy insoniy aloqalarida, insoniy yaqinligiga, animator va turistni turkompleks animatsion dasturlari taklif etgan ko‘ngil ochar tadbirlarda birgalikdagi ishtirokiga asoslanadi. Ko‘zlangan maqsad mehmonxona xizmat ko‘rsatishining yangi falsafasini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, turistning dam olishidan qoniqish hosil qilishiga erishish, mehmonxona marketing strategiyasidan jalb qiluvchi xizmatlardan biri sifatida foydalanishdir.
Mehmonxona animatsiyasi tushunchasi yuqorida uchta qarab chiqilganlardan nisbatan torroqdir. Chunki u faqat turistik korxonalarda bo‘sh vaqtni tashkil etishni ko‘zda tutadi: turistik komplekslar, mehmonxonalar, turbazalar va boshqalarda. Boshqacha aytganda, mehmonxona animatsiyasi – bu turistik komplekslar, mehmonxonalar, mehmonxonalarning taklif qiladigan bo‘sh vaqtni o‘tkazish faoliyatidir. Turistik animatsiyaning ushbu qismi biroq ko‘proq ahamiyatli bo‘lib, keng tarqalgandir. Animatsion dasturlar dam olishning klubli tashkil qilish, mehmonxona zanjirlari, turli maqsadli va turli xil kattalikdagi mehmonxonalarda bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |