1. Animatsiyaning mohiyati, uning vazifasi va tipologiyasi. Animatsiya shaxsning ijtimoiy faolligi shakli sifatida


Turistik animatsiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi



Download 364,16 Kb.
bet8/56
Sana21.07.2022
Hajmi364,16 Kb.
#833882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
Animatorlik xizmatini tashkil qilish majmua

3. Turistik animatsiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi.
Barcha qadimgi madaniyatlar kabi yunon mumtoz (antik) madaniyatining muhim tarkibiy qismi din bo‘lgan. Din me’morchilikning, tasviriy san’atning, adabiyotning ajoyib namunalarida o‘z aksini topdi. Qadimgi yunon dinining asosiy shakllari arxaik davrdayoq tarkib topgan, uning ildizlari esa eng qadimgi krit-miken davriga va qadimgi Sharq ta’sirlariga borib taqaladi.
Ibtidoiy jamoadan sinfiy jamiyatga o‘tish davrida ma’budlar haqidagi tasavvurlar o‘zgaradi. Er. avv. VIII-VII asrlarda ko‘plab mahalliy va ayrim umumyunon ma’budlarini tartibga solish ehtiyoji tug‘iladi. Arxaik davrda (mil. avv. VIII-VII asrlarda)gi dinning rivoji antropomorfizmdan, ya’ni insonning ilohiylashtirishdan, xudolarni o‘lmaydigan va abadiy yosh bo‘lib turadigan kuchli, go‘zal kishilar deb tasavvur qilishdan iborat edi.
Quldorlik munosabatlarining shakllanishi va ijtimoiy ahvol Gesiodning «Mehnatlar va kunlar» poemasida aks ettirilgan. Shuningdek, diniy mifologiya ham Gesiod tomonidan tartibga solingan shaklidan to antik davrning oxirigacha yunonlarning tasavvurida asosan mavjud bo‘lib kelgan. Yunonlar uchinchi avlodga oid bosh ma’budlarning makoni Olimp tog‘i deb bilishgan.
Qadimgi Sharq fani Yunon dunyosida ilm-fanning rivojlanishiga ta’sir etgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Yunonistonda madaniyat va fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar.
Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyodagi Milet shahri ilm-fan markazi bo‘lgan. Kichik Osiyo olimlari Misr va Mesopotamiya olimlarining ilmiy bilimlarini rivojlantirganlar. Ular tabiat va jamiyat hodisalarining sabablarini tushuntirishga harakat qilib, tabiat va hayotning ibtidosini suv, havo yoki olov deb faraz qilganlar.
Afinalik faylasuf Suqrot (mil. avv. 441-399 y.) birorta kitob yozmagan. U odam gavjum joylarda shogirdlarini haqiqatni bilishga undab, haqiqat bahs orqali bilinadi, degan. Suqrot o‘z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni o‘limga hukm qilishgan.
Makedoniya saroy tabibining o‘g‘li Arastuni (mil. avv. 384-322 y.) Sharqda «birinchi muallim» deb ataganlar. U juda ko‘p asarlar yozib, ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo‘lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. Arastu Yer koinotning markazi deb hisoblagan. Uning mashhur asari «Siyosat»dir.
Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo‘lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. «Prometey», «Gerakl», «Didal va Ikar», «Argonavtlar», «Odisseya» va «Iliada» kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini mil. avv. VIII asrda yashagan ko‘r baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Troya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadimgi Troya madaniyatini topganlar.
Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan. Qadimgi Yunon teatri mil. avv. VI asrlarda qishloq ho‘jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo‘shiqlar va o‘yinlar asosida vujudga kelgan. Yunonlar teatrni «katta yoshdagilar maktabi» deyishgan.
Teatr yunonchada «tomoshalar joyi» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 1725 ming tomoshabin joylashgan.
Teatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg‘un bo‘lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Tragediya yunonchada «echkilar qo‘shig‘i» degan ma’noni anglatadi.
Mil. av. VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko‘rishgan. Esxilni «tragediya otasi» deb ataganlar. Uning «Zanjirband Prometey», «Forslar» tragediyalari, Sofokolning «Shoh Edip», «Antigona» tragediyalari mashhur bo‘lgan. Sofokol 120 dan ko‘proq tragediya yozgan.
Aristofan «Tinchlik», «Suvoriylar» degan komediyalarida urush voqealarini va o‘sha davrdagi illatlarni tasvirlagan. Bu ijodkorlarni xalq hurmat qilib Afina teatriga haykallarini o‘rnatganlar va «donishmandlik yo‘lboshchilari» deb ataganlar.
2. Diniy madaniyat (VI-XVI asrlar) davri tarix fanida o‘rta asrlar deyilib, qadimgi va an’anaviy madaniyatlar o‘rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an’analarning kuchli ta’siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab xalifaligi va Yevropa mamlakatlari o‘rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik belgilaydi.
Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri hisoblanadi. O‘rta asrlar davrida davlatchilik, millatlarning yangi shakllari vujudga kelishi yuz beradi, hozirda muomalada bo‘lgan tillar shakllanib, ta’lim va fan tizimi yanada taraqqiy etadi. Fanning turlari va uslublari zamonaviylik kasb etib bordi.
A. Gumbold ta’kidlaganidek, arablar «tabiiy fanlar ijodkori» bo‘lib, ular tajriba va mezon yo‘liga asos soldilar. IX asrda musulmon Sharqida rasadxona qurildi; yulduzlarning aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya, optika, alximiya, mexaniqa, tibbiyot, jug‘rofiya sohalari bo‘yicha ko‘plab asarlar yozildi. Ulug‘ alloma al-Xorazmiy matematikaning yangi tarmog‘i bo‘lgan algebraga asos soldi. Buyuk Sharq olimlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdiy kabi ko‘plab allomalar asarlaridan Yevropaning yangi avlod olimlari ta’lim oldi. Tabiatni ratsional anglash an’analarini o‘zlashtirib va yanada takomillashtirib, XIII asrda R. Bekon induktiv mantiq usulini yaratadi hamda ilmiy idrokninig bosh usuli sifatida malaka va tajribani tasdiqlaydi.
Boylar hammomga borishni boshlashdi (sog’liqni saqlash) maqsadida. Bazmu-jamshidlar o’tkazish orqali gastronomiyada ovqatni tatib ko’rish yo’lga qo’yildi.
“Satirkon” asarida Nodir Devonbegi, Buxoro, Labi Hovuzdagi folklor chiqishlari ko’rsatilgan. Xalqalarni diniy bayramlar birlashtira boshladi. Qadimgi Gretsiya, Rim, Hindistonda teatr, dramaturgiya, miflar paydo bo’la boshladi. O’rta asrlarda falsafiy mushohada ilm-fan, san’at rivojlandi. Xristianlar yakshanba kunini dam olish kuni deb e’lon qilishdi. XX asrda hordiq chiqarishda audio, video vositalarining rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. Aynan shu asrda hordiq chiqarish sanoatiga asos solindi. 1960-1970 yillarda rivojlangan mamlakatlarda sanoatlashgan jamiyatning yangi ko’rinishi yuzaga keldi. Bunda ular yangi axborot texnologiyalarini joriy etishdi. Amerikalik iqtisodchi D.J.Rifkin “Konets Truda” kitobida XX asr o’rtalarida sohada xizmat ko’rsatish uchun ishchi kuchining 5% yetarli bo’ladi deb aytgan.
Ommaviy bayramlar tarixi zarvaraqlariga qisqacha nazar solsak, o‘zining g‘oyaviy jihatdan kompozitsion butun bo’lgan qadimgi Yunoniston va Rim davridagi bayramlardan boshlasak bo‘ladi. Albatta, qadimgi Yunoniston va Rim bayramlarigacha ham insoniyat paydo bo’lganidan keyingi davrda bayramlar vujudga kelib, shakllangan. Lekin bu bayramlar o‘zining ma’naviy, intellektual darajasi, ifodaviy shakllari jihatidan primitiv xususiyatga ega bo‘lib, kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lmagan.
Qadimgi Yunoniston va Rim davrida tashkil qilinib, o‘tkazilgan xalq bayramlarida ommaviy bayramlar dramaturgiyasi va rejissurasining elementlari vujudga kelgan.
Qadimgi yunonlarda bayram o‘ziga xos mustaqil bo‘sh vaqt va dam olishning bir shakli bo‘lib, hatto doimiy jihatdan ham uzviy, faol mashg‘ulot turiga aylangan. Bizga ma’lumki, Delfe, Pifiy, Nemeysk va Panfin o‘yinlari juda ham ommabop bo‘lgan. Lekin bu o‘yinlaming ichida eng mashhuri Olimp o'yinlari bo'lgan. Olimp o‘yinlari maxsus qurilgan Olimpshahrida 4 yilda bir marotaba o‘tkazilgan. Lekin turli urushlar oqibatida bu o‘yinlar yo‘q bo'lib ketdi.
XV-XVI asrlarda badiiy qadriyati yuksak yodgorliklar yaratildi: al-Hamrodagi saroy, Qurdoba, Jazoir, Sammadra, Dehlidagi masjidlar, Reyms, Parijdagi gotik uslubidagi soborlar, Istambuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi; ajoyib ikona va haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya va kitob miniaturasi, ayniqsa, Sharqda she’riyat yuksak darajada taraqqiy etadi.
Bu davrning muhim badiiy yutuqlari qatoriga aholining barcha qatlamlari e’tirof etgan madaniyat qadriyatlarini qo‘yish mumkin. Xristian va islom dinlari boy va kambag‘alni, kuchli va ojizni turli irqdagilarni va turli ijtimoiy guruhlarni bir-biridan ajratmaydi. Barcha e’tiqod qiluvchilar uchun umumiy axloq mezonlari: mo‘minlik, tavba, yaxshi va rahm -shafqatli bo‘lish, gunoh qilmaslik kabilar mavjud. O‘rta asrlarda umum e’tirof etgan axloqiy me’yorlarning mustahkamlanishi umuminsoniy xulq-atvor va axloq mezonlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘rta asrlar madaniyatining ko‘p qirrali ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Bu davr madaniyati ijodkorligi jarayonida ilk marta aholining barcha tabaqalari ishtirok etib, har bir qatlam o‘zining madaniyatini yaratadi va o‘z navbatida, an’anaviy madaniyat sifatida jamiyatning ma’lumotli, yuqori qatlamining madaniyatigina namoyon bo‘ladi. Ruhoniylar inson ruhiyati, ritsarlar davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
O‘rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki yirik madaniyat - shahar va ko‘chmanchilar madaniyati ajralib turadi. Shahar sharoitida «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Lubna va Qays» singari dostonlar turli poetik shakl va janrdagi (qasida, masnaviy, g‘azal, madhiya, ruboiy) adabiy asarlar, hikoya va ertaklar to‘plamlari, («1001 kecha ertaklari», «Kalila va Dimna») latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatura bezagiga boy kitoblar, musiqa san’ati va raqsning xilma-xil janrlari xalq orasida keng tarqaldi.
Ko‘chmanchilar orasida turli musiqa asboblarida kuyga solib aytiladigan (baxshi va oqinlar tomonidan) xalq og‘zaki ijodining yirik badiiy shakllari - epos, dostonlar yaratish ustuvorlik qildi. Shahar, ritsarlik, dunyoviy, monaxlik va so‘fiylik kabi submadaniyatlarning paydo bo‘lishi madaniyatni sezilarli boyitdi, yanada rivojlanishida ko‘plab yo‘nalishlar yaratdi hamda Renessans (Uyg‘onish) deb atalgan yuksak taraqqiyotga zamin tug‘dirdi.
Uyg‘onish davri tadqiqotchilar asarlarida turlicha baholanib, turlicha yondoshuvlarga sabab bo‘ldi. Xususan, Uyg‘onish yo‘nalishi umumjahon jarayoni sifatida Xitoyda VII-VIII asrlarda boshlanib, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqni qamrab oldi, XIV-XVI asrlarda Yevropada takomiliga yetdi. Shuningdek, tadqiqotchilar Uyg‘onish davrining bosh maslakdoshi haqiqiy gumanizm bo‘lganligini bir ovozdan e’tirof qiladilar. Xitoyda «insonparvarlik» so‘zining sinonimi «jen», Sharqda «odamiyat» atamalari hisoblanadi.
Uyg‘onish davri madaniyati -diniy madaniyat taraqqiyoti va yangi texnika madaniyati rivojini bog‘lovchi ko‘prikdir.
Olimpiya o‘yinlari 776-yildan to eramizdan avvalgi 394-yilgacha 1000 yil o‘tkazilgan bo‘lsa, XIX asming oxirida Per de Kuverton tomonidan tiklanib, hozirgi hayotimizning eng go‘zal va nufuzli sport bayramiga aylandi.
Yunonistonning ko‘p sonli bayramlari ichida, eng yorqin, har to’lonlama tashkil qilingan bog‘dorchilik xudosi Dionisga bag‘ishlangan bayramlar alohida o‘rinni egallaydi. Bu bayramlarda elladaliklar hayotidagi miflar (afsonalar) va real
hayot bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu davrdan boshlab, bayramlar tarixiga «tomosha» - (maxsus toshdan qurilgan teatrlardagi tomosha) va «kamaval»-«karrus navalis»-«kema charxpalagi» (Diontsning rang-barang bayramona kelishi) iboralari kirib kelgan
D.P.Kallistov o‘zining ilmiy izlanishlarida «Dionis bayramlari oddiy bayram kuni emas, balki bayram qilish kuni bo‘lgan»—deb ta’kidlaydi. Bu bayramlarda turli urf-odat va marosimlar bir-birini to’ldirib, xalq ommasi faol ishtirok etib, har bir qatnashchiga musiqa, sport, xor va dramatik musobaqalarda to'liq, erkin qatnashish huquqi berilgan edi.
Dionis bayramlarida asosiy uch qismni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) Dionisga bag‘ishlab qurbonlik qilish marosimi;
2) yugurish, kurash, qo‘shiq, raqs bo‘yicha umumfuqaro musobaqalari;
3) professional mimlar, jonglyorlar, qiziqchilar tomoshalari.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Dionis bayramlari faqatgina qo‘shiq, raqs, teatr tomoshasidangina iborat bo‘lmay, balki ommaviy xatti-harakat sifatida tarixda chuqur iz qoldirgan. Afinada o‘tkazilgan Dionis bayramlari o‘zining ommaviyligi bilan ajralib, unda asosan shahar fuqarolari qatnashishgan. Bu bayramlarga shaharning har bir tumani (fila) xor musobaqasida qatnashish uchun o‘z guruhlarini tayyorlashgan. Musobaqa jarayoni esa teatrlashtirilgan holda o‘tkazilgan. Musobaqada musobaqa hakamlari va qatnashchilaming tantanali o‘tishlaridan boshlanib, musobaqadoshlar qo‘shiq, rechtativ dialog, raqsni bir-birlariga qarshi xatti-harakat orqali ijro qilingan. Guruhlarning bunday teatrlashtirilgan tortishuvlarida bir-birlariga hazil-mutoyiba qilishlari o‘ziga ko‘plab xalq ommasini jalb qilib, bayramona muhitni vujudga keltirar edi.
Eramizdan oldingi VI asming ikkinchi yarmida Afina taxtiga o‘tirgan Pisistrat Dionis bayramini rasman davlat bayrami deb e’lon qiladi.
Jan Jak Russo qadimgi Ellada tomosha san’ati tog‘risida shunday deb yozadi: «Butun xalq ommasi oldida, ochiq havoda namoyish etilgan, ajoyib spektakllarda kurashlar, g‘alabalar, mukofotlar-voqealarning ko‘rsatilishi minglab yunonlaming qalbidagi cho‘g‘ni alangalatib, mardlikka da’vat qilgan».
Qisqa qilib aytganda, qadimgi Yunoniston bayramlarida birinchilardan bo‘lib tashkillashtirilgan ommaviy xatti-harakatda, ommaviylik, komplekslilik, tomoshaviylik o‘yinlar xarakteri namunalari namoyon bo’lgan».
Qadimgi Rim Yunoniston bilan qo‘shni bo‘lishiga qaramay, o‘tkaziladigan bayramlar shakli va ko‘rinishi jihatidan tubdan farq qilgan. Yunoniston bayramlarida Afina fuqarolari faol qatnashishgan bo‘lsa, qadimgi Rim tomoshalarida tomoshabin bilan ishtirokchi ajratilgan.
Aynan shu davrdan boshlab «tomosha» so‘zi «bayram» so‘zining sinonimiga aylangan.
Rim imperiyasi davrida qattiq sinfiy kurash yuzaga kelgani, imperiyani kuch bilan boshqarilayotganligi sababli, aholini chalg‘itish maqsadida tomoshalar yuzaga keladi.
Qadimgi Rim imperiyasi tomoshalarida sahna texnikasi, ta’sirchan vositalar ancha rivojlandi. Ayniqsa, Rimda qurilgan mashhur Kolizey tomoshagohi hozirgacha insonlami hayratga solib kelmoqda. Kolizey nafaqat kattaligi, balki harakatga keluvchi arenasi, sahna mexanizmlari orqali arenani ko’lga yoki o‘rmonga aylantira olish kabi jihatlari bilan butun jahonga mashhur.
Ayniqsa, qadimgi Rimda dushman ustidan qozonilgan g‘alabaga bag‘ishlangan Triumf paradlari o‘ziga xos teatrlashtirilgan harbiy parad edi.
Bundan tashqari, gladiatorlar janglari, sirk poygalari, artistlar musobaqalari, dengiz janglari, luperkali, «kichik triumf»-olqishlash kabi tomoshalar mashhur bo‘lgan. O‘rta asrlarda ommaviy bayramlarning tabaqalashishi intensiv ravishda rivojlandi. Ayniqsa, feodal davlatning kuch-qudratini ko‘klarga ko‘taruvchi diniy bayramlar rivojlandi. Shu bilan bir qatorda, shahar maydonlarida o‘tkaziladigan hazil-mutoyibaga qurilgan bayramlar xalqning eng sevimli bayram tomoshalari bo‘lib, ko‘plab xalq ommasini to‘plab, ularning kelajakka intilishi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchining kurtagi sifatida namoyon bo‘lgan.
Rasmiy bayramlar, bu bayramlarning aksi o’laroq, hukmron tabaqaning manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan edi. Ommaviy bayramiarga bunday yondashish, «dam olish» degan tushunchaning o‘zgarishiga olib keldi. O‘rta asrlarda shaxsning dam olishi, o‘z xohishiga qarab erkin bo'lmay, cherkov, din arboblari tomonidan boshqarilgan. Bu davrda diniy bayramlarning o‘zi 115 ta bo’lgan.
Katta yer maydonlariga, ulkan siyosiy kuchga ega bo'lgan cherkov, bayramlarni ham o‘z qo’liga kiritib, xalq oldida o‘z ustunligini namoyish etib, o‘zining tashviqot quroliga aylantirgan. Cherkovning badavlatligi bu bayramlarda kostyumlarning turli-tum an rang-barangligini ta’minlab, o‘ziga xos teatrlashtirishni vujudga keltirgan, bu esa cherkov marosimlarini ommaviy bayram darajasiga olib chiqishiga yordam bergan.
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining ham eng qadimgi davrlardan shakllana boshlagan asrlar bo'yi avloddan-avlodga o‘tib kamol topib bebaho merosiga aylangan bayramlari ko‘p. Bu bayramlar eng qadimiy davrlarda xalq ommasi ehtiyoji bilan shakllana borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivoj topgan va boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan.
Ta’til so‘zining ruscha muqobili — “kanikul”ning tarixi juda qiziq. Aslida u Sirius yulduzining lotincha nomi – “Kanikula”(mitti kuchukcha degan ma’noni beradi) so‘zidan kelib chiqqan. Mazkur yulduz yozning eng issiq paytida ko‘kda paydo bo‘lgan. Qadimgi Rim senati aynan shu payt — “Kanikula” osmonda yuz ko‘rsatganda fuqarolar uchun dam olish kunlarini e’lon qilgan. Demak, o‘sha davrlardayoq yozda hordiq chiqarish ko‘nikmasi paydo bo‘lgan hamda bu odat bugungi kungacha davom etmoqda. Biroq yozgi ta’til muddati barcha mamlakatlarda bir xil emas. Jumladan, respublikamiz yoshlari uchun yoz oylarining ma’lum kunlari ta’til hisoblanadi.
Olimpiya oʻyinlari — har toʻrt yilda oʻtkaziluvchi zamonamizning eng yirik xalqaro majmuaviy sport bellashuvlari. Olimpiya oʻyinlari Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi vasiyligi ostida 4 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarining Yozgi va qishki oʻyinlari mavjud.
Olimpiada oʻyinlari - 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari 2) gʻildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, sanʼat konkursi. Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 y.gacha har 4 yilda Olimpiya shaxrida xudo Zevs sharafiga oʻtkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Oʻyinlar 5 kun davom etgan;
2) Yunonistonning Olimpiya oʻyinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896-yil (Olimpiadaning 1-yili) dan boshlab oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, qoidalari Olimpiya hartiyasida belgilab berilgan. Bu hartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi Pyer de Kuberten (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894 yil Parijda Xalqaro sport kongressi hartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). Oʻyinlar Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. Oʻyinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi oʻyinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qitʼaning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qitʼaning kamida 40 davlatida tarqalgan) boʻlishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, ogʻir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosport, futbol, basketbol musobaqalari kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini oʻtkazib keladi. Bu tadbirlar sanʼat vositasida olimpiadaning xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targʻib qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya oʻyinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida oʻtkaziladi (Qishki olimpiada).
Olimpiada shiori "Tezroq, balandroq, kuchliroq" (lot. "Citius, altius, Sortius") 1920-yildan olimpiada emblemasiga kiradi.
Olimpiya oʻyinlarining ramzi - besh qit'ani ifoda etuvchi beshta birikkan xalqadan iborat. 5 halqa — olimpiada harakatiga birlashgan 5 ta qitʼa ramzi. Yuqori qatordagi ranglar: havorang - Yevropa, qora - Afrika, qizil - Amerika, pastki qatorda: sariq - Osiyo, yashil - Avstraliya.
Beshta Olimpiya xalqasi 1913-yilda yaratilib, 1914-yili qabul qilingan va 1920-yili AntverpendagiYozgi Olimpiya oʻyinlarida debyutlagan.
Olimpiada bayrogʻi — Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha Olimpiya oʻyinlarida koʻtariladi. Olimpiya oʻyinlarining anʼanaviy atributa Olimpiada mashʼalasidir. U Alfey daryosi vodiysidagi Kronos togʻ yon bagʻrida quyosh nurlaridan yondirilib, oʻyinlarning tantanali ochilishiga estafeta bilan olib kelinadi va olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda oʻyinlar yopilguncha (16 kun) yonib turadi.
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi Olimpiya oʻyinlari eramizdan avvalgi 776-yilda oʻtkazilgan. Oʻyinlar antik olimpiya xudolariga bagʻishlangan boʻlib, oʻyin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida oʻtkazilgan. Asrlar oʻtib eramizning 393-yili Olimpiya oʻyinlari imperator Feodosiya buyrugʻi bilan toʻxtatilgan. Antik Olimpiya oʻyinlari Pelopones gʻarbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada oʻtkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga koʻra, Olimpik oʻyinlar asosi Pelopsa orollarida vujudga kelgan. Qadimgi Olimpiya oʻzining goʻzal tabiati, maftunkorligi bilan, shuningdek, oʻzining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni oʻtkazishga xizmat qilgan joy hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning togʻrisida esa Geri ibodatxonasi qad koʻtargan. Olimpiya oʻyinlari Zevsga sigʻinish, diniy marosimlar bilan chambarchars bogʻliq edi. Soʻzsiz oʻyinlar yuqori saviyada oʻtkazilib, grek shaharlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya oʻyinlarining tugʻilishi yarimxudo Gerakl nomi bilan bogʻliq.
12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya oʻzining qadimiy oʻyinlar oʻtkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya gʻalabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida barcha ozod erkaklar — Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega boʻlgan. Megardan general Orsip, choʻpon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi aʼzosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari boʻlishgan.
Dunyoda minglab sport turlari mavjud. Ayrim sport turlari shunchalik ommaviyki, ularning ixlosmandlari butun dunyoda topiladi. Ba’zi turlari esa so‘nggi yillarda rivojlanib, o‘z shinavandalariga ega bo‘lib bormoqda. Badminton shunday sport turlaridan biri hisoblanadi. Insondan chaqqonlik, epchillik, tezkor fikrlash kabi xususiyatlarni talab etadigan badminton bilan bugun dunyoda 500 milliondan ortiq odam muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
XIX asrda Hindistonda xizmat qilgan ingliz zobitlari mahalliy aholining patli koptokni urib o‘ynaladigan puna deb nomlangan o‘yinini o‘z vataniga “olib kelishdi”. 1873 yilda angliyalik gersog Bofort ushbu o‘yinga biroz o‘zgarishlar kiritdi va o‘zi yashaydigan Badminton-xaus degan qishloqchada ilk badminton maydonchasini barpo etdi. 1893 yilda esa Angliya badminton uyushmasi o‘yinning rasmiy qoidalarini qabul qildi. XX boshlarida badminton bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkazila boshlandi. 1934 yilda esa Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) tashkil etildi. Tashkilotning birinchi prezidenti etib badminton va tennis bo‘yicha bir necha bor Uimbdon turniri g‘olibi Jorj Tomas saylandi. 1947 yildan beri erkaklar o‘rtasida badminton bo‘yicha o‘tkazilib kelinayotgan eng yirik musobaqa Tomas kubogi deb nomlanadi. Ayollar o‘rtasidagi eng yirik badminton musobaqasi hisoblangan Uber kubogi 1955 yildan buyon uyushtirilib kelinadi.
Hozirgi vaqtda Xalqaro badminton federatsiyasiga dunyo bo‘ylab 140 dan ortiq mamlakat a’zo. 1967 yilda Yevropa badminton uyushmasi tashkil etilgan bo‘lsa, bir yil o‘tib Boxum shahri (Germaniya)da ilk marta Yevropa chempionati o‘tkazildi. 1977 yilda birinchi marta badminton bo‘yicha shaxsiy jahon chempionati tashkil etildi. 1992 yilda Barselonada bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarida ilk marta badminton musobaqalari o‘tkazildi. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda dunyoda osiyolik badmintonchilar yetakchilik qilishmoqda. Asosan Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya vakillari jahon chempionatlari va xalqaro musobaqalardagi 90 foiz medallarni qo‘lga kiritishmoqda. Ulardan keyin esa Yevropa mamlakatlari (Daniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya) badmintonchilari borishmoqda.
Har yili dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Kanada, Meksika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polshada egizaklar festivallari o‘tkazib turiladi. Ammo bu kabi festivallarning eng mashhuri har yili avgust oyida AQShning Tvinsburg shahrida minglab egizaklar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Bu shaharga butun dunyodan egizaklar tashrif buyuradi. Har yili o‘tadigan shouga nafaqat egizaklar, balki psixolog, shifokorlar, olimlar ham katta qiziqish bilan qaraydi. Olimlarning fikricha, ilmiy tadqiqotlar uchun ayni shu festival katta ahamiyat kasb etadi. Bu yilgi festival 5 avgustda boshlandi. Har yili festival biror-bir mavzuga bag‘ishlanadi. Bu yilgi tadbir fazoviy sarguzashtlarga bag‘ishlandi. Fantastik filmlar qahramonlari, robotlar, astronavtlar, g‘alati maxluqotlar bu yil shahar ko‘chalarini «egallab» oldi.
Tvinsburg shahriga 19-asrning boshlarida asos solingan. Nomi Milsvill bo‘lgan shaharga ilk bor tashrif buyurganlar orasida aka-uka Aaron va Moisey Uilkoslarning borligi bois ham shahar shuhrat qozondi. Millsvil nomi allaqachon odamlarning yodidan ko‘tarilgan. Aka-ukalar birgalikda ish yuritishar ekan, ahil-inoqlikda bir uyda istiqomat qilishgan va opa-singillarga uylanishgan. Boyliklari ham o‘rtada bo‘lgan. Farzandlarining soni ham bir xil bo‘lgan. Ular o‘zlari amalga oshirayotgan barcha ishlardan faxrlanishgan. Moisey va Aaron Uilkoks shu qadar o‘xshash edilarki, ularning eng yaqin do‘stlari ham ajratishga qiynalishardi. (Shuni oldindan aytib o‘tish kerakki, ular bir xil kasallikka chalinishgan va bir kunda vafot etishgan, shu sababli ham bitta qabristonga dafn etilgan).
Ular 1819 yilda, agar shahar nomi Tvinsburg deb o‘zgartiriladigan bo‘lsa, u xolda maktab uchun yerlarini taqdim qilishga va mablag‘ berishga va’da berishdi. Shahar ma’muriyati ularning qo‘li ochiqligidan foydalanib qolishga qaror qildi va shu tariqa shahar nomi o‘zgartirildi.
Oradan 100 yil o‘tib, ya’ni 1976 yilda shahar rasmiylari Egizaklar festivalini o‘tkazishga qaror qildi. O‘shanda uyushtirilgan tadbirda ilk bor 36 juft mahalliy egizak ishtirok etgan edi. Bu tadbir butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. Shov-shuvlar o‘z samarasini berdi. Oradan bir yil o‘tib festivalga qiziquvchilar ko‘paydi. 2015 yilda butun dunyodan kelgan 18 ming juft egizak qatnashdi. Shu tariqa kichik shaharning nomi butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Shahar Ogayo shtatida joylashgan. Har yili bu yerga nafaqat ikki nafar aka-uka, opa-singil, aka-singil, opa-uka, balki uchlik,to‘rtiliklar ham keladi.
Festival doirasida turli tuman quvnoq konkurslar o‘tkaziladi. Unda egizak bo‘lmish yoshu qari ishtirok etadi. Har bir ishtirokchi festivaldan nimalardir olishga va nimadir qo‘shishga intiladi.
Festival o‘tkazish an’anasiga qiziqish shu qadar kuchaydiki, rasmiylar Tvinsburg shahrida Egizaklar Muzeyi ochishga qaror qildi.
Tadbirda egizak bo‘lmaganlar ham ishtirok etib, zavq olishi mumkin. Buning uchun bir kunga 3 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. Festivalda ishtirok etishdan avval, egizaklar albatta ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Ro‘yxatga olish tadbiri festivalning birinchi ish kuni erta tongda bo‘lib o‘tadi. Ikki egizak 15 dollar, uch egizak esa 22,50 dollar to‘lashi kerak. To‘rt egizak bo‘lib tug‘ilganlar esa 30 dollar to‘lab ro‘yxatdan o‘tadi. Beshovlon esa 37,50 dollar to‘laydi.
Festivalga tashrif buyurganlarning boshi aylanib ketishi mumkin. Ular har qadamda bir xil libosdagi, bir xil chehralarni ko‘rishga majbur. Bir necha kun davomida Tvinsburg egizaklar poytaxtiga aylanadi. Turli jins va yoshdagi egizaklar o‘zlarining iqtidor va qobiliyatlarini namoyish qilishga intiladilar.
Tvinsburgda egizaklar tez-tez dunyoga keladi. Ammo bu borada Braziliyaning Kandidu-Godoy shahriga yeta olmasa kerak. Ayni damda olimlar bu masala ustida bosh qotirishmoqda.
Teatr (yunoncha "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari o‘tkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash o‘rinli).
Teatr sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
Teatr sintetik sanʼat boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat, raqs, meʼmorlik ajralmas birlikni tashkil etadi. T.ning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi soʻzlarini oʻzlashtirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi.
Teatr sanʼati uzoq tarixga ega boʻlib, uning asosiy unsurlari (boshqa qiyofaga kirish, dialog , toʻqnashuv kabi) insoniyatning ibtidoiy davrlarida ovchilik, mehnat va liniy marosim, bayramlar bilan, totemizm, animizm kabi ibtidoiy dunyoqarash va ajdodlarning ruhlariga sigʻinish bilan bogʻliq holda shakllangan. Yunoniston, Hindiston, Turonda mil. av. 5 asrdayoq teatr jamiyat hayotida muhim oʻrin tutgan. Hindistonda teatr sanskrit teatr, xalq teatri shakllarida hamda "Mahobhorat" va "Ramayana" dostonlari bilan bogʻliq holda rivojlangan; dramaturgiya va sahna sanʼati haqida "Natyashastra" nomli risola yaratilgan. Keyinroq teatr Yaqin Sharq va Rimga ham yoyildi. Ayniqsa, Rimda teatrning yangi shakl va turlari yaratildi.
Gʻarbiy Yevropada teatr sanʼatining dastlabki namunalari sayyor aktyorlarvjonglyorlar ijodida, Rossiyada skomoroxlar faoliyatida yuzaga kelgan. Uygʻonish davrida vujudga kelgan drama yangi shakldagi professional trning shakllanishiga zamin yaratdi. 16-asrdan opera, 18-asr oʻrtalaridan balet, 19-asr oʻrtalaridan operetta mustaqil teatr turi sifatida rivojlana boshladi. Teatrning keyingi taraqqiyoti klassitsizmning keng yoyilishi bilan bogʻliq. 18-asrda maʼrifatchilik oqimidagi teatr taraqqiy etdi. Asta-sekin realistik tendensiya kuchaydi. Ayniqsa, K. Goltsoni, G. Lessing , P. Bomarshe, F. Shiller ijodida realizm yorqin namoyon boʻldi. 18-asrning oxirlariga kelib, drama, melodrama, vodevillarda satirik yoʻnalishning yuzaga kelishi teatrda demokratik asosning kuchayishiga sabab boʻldi. Teatr gʻoyaviy va badiiy kurashlar maydoniga aylandi.
Qadimgi Rimda tomoshabinlar dilini xushnud etish uchun gladiatorlar jangi o‘tkazilgan. Bu akrobatlar, dorbozlar chiqishlari yoki musiqiy va teatr tomoshalari singari odatiy hol bo‘lgan. Farqi shuki, gladiatorlar janglari albatta qon to‘kish bilan tugagan. Bir gladiator boshqasini o‘ldirgan. Ommaga bunday tomosha yoqar va xalq unga guras-guras bo‘lib kelardi. O‘lim bilan tugaydigan bunday olishuvlardan faqat oddiy xalq huzur qilib qolmasdi. Tomoshabinlarning birinchi qatorida patritsiylar, rimlik aslzodalar vakillari o‘tirishardi. Sahnada halokatli jang olib borayotgan odamlar esa gladiatorlar deb atalardi. Bu nom lotincha «Gladius» qilich so‘zidan kelib chiqqan. Boisi — gladiatorlar o‘tkir charxlangan qilichlar bilan jang qilishardi.
Har bir jangda o‘nlab, yuzlab odamlar halok bo‘lar, ularning o‘rnini boshqa gladiatorlar to‘ldirishardi.
Gladiatorlarni qayerdan topishardi va ular nima sababli bunday dahshatli«ishga» rozi bo‘lishardi?
Gladiatorlar, birinchi navbatda, o‘z harbiy qudrati bilan shuhrat topgan Rimda doimo ko‘p bo‘ladigan harbiy asirlar orasidan tanlab olinardi.
Jinoyatchilarni, ya'ni qaroqchilik, isyon, qotillik va boshqalar uchun jazo tayinlangan fuqarolarni ham gladiator bo‘lishga majbur etishardi: ularni qamoqqa jo‘natmay, «qilich»ga — «ad gladium»ga hukm qilishardi. Bir kun Yahudo podshosi Agrippa (o‘sha paytda Yahudo ham Rim imperiyasi tarkibiga kirardi) Bayrutdagi amfiteatrda har tomondan 700 kishidan iborat bo‘lgan jinoyatchilar guruhini jangga tushirishni amr qiladi. Shu tariqa barcha jinoyatchilar qilichbozlik qilib, bir-birini o‘ldirib yuboradi.
Gladiatorlar orasida qullar ham ko‘p bo‘lgan. Biroq ba'zan ozod fuqarolar ham o‘z xohishi bilan gladiatorlikni tanlashardi. Ba'zi hollarda esa hatto ayollar ham gladiatorlar guruhiga kelishardi. Fasos orolilik Gekateyaning nomi ma'lum: bu ayol ko‘ngilli ravishda gladiatorlikni tanlagan. Ayrim ozod fuqarolar muhtojlik yoki hayotdan hafsalasi pir bo‘lganligi bois gladiatorlikni tanlashga majbur bo‘lishardi. Lekin ba'zan hayotdan zerikkanlar ham bo‘lardi-ki, ular gladiatorlar jangidagi dahshatdan lazzat olishardi.
O‘zbek xalqi bayramlarini davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan:
a) ibtidoiy davrda vujudga kelgan bayram shakllari (bunga ovchilik o‘yinlari, zoofagik (ya’ni totem hisoblangan ayiq, yovvoyi echki, sigir, bu esa ot kabilarga sig‘inish) bayramlar, mehnat o'yinlari, orgaist bayramlari va boshqa bayramlarni kiritish mumkin);
b) O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy (istilogacha bo‘lgan) bayramlar;
d) o’rta asrlardan inqilobgacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek bayramlari.
Jumladan, o’zbekistonda tabiat bayramlaridan keng nishonlanganlaridan biri bu — «Navro‘z» bayramidir. Bu bayramlar haqida X-XI asrlarda yashagan buyuk qomisiy olim Abu Rayhon Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida batafsil to'xtalib, uning mohiyatini ochib, «Navro’zning kelib chiqishi haqida turli afsonalar mavjud, lekin bu masalaga ilmiy yondashilsa, «Navro‘z»ning paydo bo‘lishi har to’lonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, kecha va kunduzning vaqt jihatidan barobar bo'lishi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi, bahorning kelishi sabab bo’lgan.
«Navro‘z»ning chuqur ildiziga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda ibtidoiy odamlarning dehqonchilikka o‘tganidan so‘ng dalalarda yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan bahor bayramlariga borib taqaladi».
Vaqtlar o'tib bu bayram rivojlanib, unga mos kun aniqlanib «yil boshi» vazifasini o‘tay boshlagan. «Navro‘z» bayramini nishonlash bir oyga cho‘zilgan. Bu haqida Beruniy quyidagicha yozadi: «Keyingi podshohlar bu oy, ya’ni farvardin mohning barchasi (kunlarini)ni hayitga aylantirib, ulami oltiga taqsim etadilar. Birinchi besh kun podshohlar uchun, ikkinchisi ulug‘ kishilar uchun, uchinchisi podshohlarning g‘ulomlari uchun, to‘rtinchisi xizmatkorlar uchun, beshinchisi xalq ommasi uchun, oltinchisi cho‘ponlar uchun»
Istilogacha bo‘lgan «Navro‘z»dagi oddiy xalqqa tegishli bo’lgan odatlar ham diqqatga sazovordir. Bayram kuni odamlarning bir-biriga shakar va shirinliklar hadya etishi (hayotingiz shirin bo‘lsin degan ma’noda), gullar taqdim etishi (go‘zal bo‘ling ma'nosida), bir-birlariga suv sepishlari (bu yil suv ko‘p bo‘lsin, mo‘l hosil bo'lsin ma’nosida) kabi boshqa bir qator odatlar shakllangan.
«Navro‘z»ga tayyorgarlik ko‘rish odatlari orasida bug‘doy yoki arpa donini yog‘och idishda o'stirib, bahor darakchisi sifatida dasturxonning markaziga qo‘yishgan.
«Navro‘z» asrlar davo’lida yanada rivojlanib, ommaviy tus olib, bizning davrimizgacha o‘zining yana yaxshi urf-odatiari bilan yetib keldi. «Navro‘z»da tabiat jonlanibgina qolmay, inson tabiati ham uyg‘onar edi»,- deydi Sadriddin Ayniy. Ayniqsa, «Sumalak sayli» «Navro‘z» bayramining eng asosiy an’anasi hisoblanadi.
«Sumalak sayli» asosan ikki qismdan: Sumalak tayyorlash va sumalakxo‘rlikdan iborat bo’lgan. Sumalakni asosan ayollar tayyorlab, tayyorlash jarayonida o‘yin-kulgi. xursandchilik qilingan.
Sumalak sayli qadimdan insonlarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan.
Tabiat bayramlaridan yana bin «Mehrjon» — kuz mavsumida nishonlanadigan bayramdir. «Mehrjon» so‘zining ma’nosi, birinchisi - «jon sevgisi», ikkinchisi «quyosh» demakdir». «Navro‘z» bahorda kun bilan tunning baravar kelishida nishonlansa, «Mehrjon»—kuzdagi bu holatni nishonlaydigan bayramdir. «Mehrjon» kuni o‘suvchi narsalarning (yetilishi) chegarasiga yetib, o‘sish moddalarining undan uzilishi va hayvonlaming nasllanishdan to‘xtalishi sodir bo‘lgan».
Beruniy bergan ma’lumotga qaraganda, «sug‘diylarning Ashixida oyining 18-kuni «Boboxvara» («Bo’lixvora») nomli hayiti bo‘lib, uning ma’nosi uzumdan siqib olingan xolis shirani ichishdir»
Shu oyning 26-kuni «Garm-Xvara — uzum yeyish hayiti bo'lgan. Yettinchi oyning 15-kuni yana uzumga bag‘ishlangan ko‘p kunli bayram boshlanib, u navbatdagi oyning 9-kuni yakunlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bog'dorchilik keng tarqalgan sug‘diylarda uzumga va uzum sharbatidan tayyorlangan musallasga bag‘ishlangan butun bir sistemali hayitlar bo’lgan.
Bundan tashqari, O’zbekistonda—«Qurbon hayit», «Ramazon hayit», «Suv sayli», «Gul sayli», «Qovun sayli», «Xirmon to'yi» kabi bayramlar juda ham ommabop bolgan.
Darhaqiqat, bayram inson hayotidagi shunday ruhiy-emotsional kayfiyatini vujudga keltiradiki, bu kun barcha hamma tashvishlarni unutib, shod, xursand, baxtiyor boladi.
«Bayram—deb yozadi A.L. Mazayev, —bu ma’lum vaqtdagi ideal hayotdir» Bayramlarning inson hayotida tutgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-pedagogik va ijtimoiy-psixologik o‘rni juda ham katta. Bayram hamma uchun, bu kuni hamma dam oladi, xursandchilik qiladi.
Qadimdan, insoniyat paydo bo'lgan zamondan boshlab, bayramlar shaxsning hayotdagi muvaffaqiyatlari, orzu-umidi, voqea, hodisalar, mehnatdagi va boshqa sohalardagi yutuqlari, bosib o‘tgan yollarini chuqur anglash, g‘alabalardan faxrlanish, ertangi kunga umid bilan yashash, bayram arafasida bir-birini qutlash, kelajak hayot uchun yaxshi istaklar bildirish, ishlariga omad, baxt tilash, o‘zligini, millatini anglash, milliy mafkurasiga ega bo’lishdek g'oyalami ilgari surgan. Bayramlar vaqt qadriga yetish, uni e’zozlash uchun sharoit yaratadi. Bayramlar hayotning eng yaxshi to’lonlarini aks ettiradigan «ko‘zgu»dir. Bayram insonlaming estetik kechinmalariga ta’sir qilib, shaxsning ma’naviy dunyosini boyitadigan vositadir. Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmat, ehtirom egallab, insonlarga badiiylik, san’at orqali estetik zavq bag‘ishlashdek vazifalar ustuvor turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa, ssenariychi, rejissyor ishlatilayotgan materiallarning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularning badiiy uslublari yordamida sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta javobgarlikni talab qiladi. Bunday tadbirlar insonlaming ijtimoiy-psixologik talablariga javob berib, mayda guruhlardan ommaviylikka otib, shaxslarning ommaviy harakatidagi faolliklarini oshirib, bayramona dam olishdek sharoitni yaratishga turtki bo’ladi.
Stadionlarda, maydonlarda, bog‘larda, ko‘chalarda o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar nafaqat ommaviy xatti-harakatni yuzaga keltiradi, balki karnavallar, sayillar, festivallarda estetik zavq bag‘ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini oshirib. bayramona kayfiyatni vujudga keltiradi.
Chunonchi, bayramlarda insonlar yangi, go‘zal kiyimlar kiyishadi, lazzatli taomlar tayyorlashadi, hamma ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi. Bayram kuni yomonlar-yaxshi, xasislar-saxiy, xunuklar-go'zal bo’ladi. Bayramlarning afzalliklari haqida qancha gapirsak oz, u keng xalq ommasini o‘ziga jalb qilib, madaniy. ma’naviy ozuqa berib, hayotimizning barcha jabhalarini keng namoyish qiladi.
Chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan ijtimoiy hodisa sifatida dam olish faoliyati Tosh asri davridan boshlanadi. O’sha davrda qadimiy ovchilarning ovdan qaytishi qabilada katta bayram sifatida nishonlanilgan. Ko’chmanchi va qishloq xo'jaligida ish bilan band bo’lgan o’troq qabilalarning ham butun bir bayramlar tizimi mavjud edi.
Vaqt o’tishi bilan, faoliyatlari bilan mos ravishda aholining turli udum va an’analari murakkab ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanishining turli bosqichlarida rivojlanib brogan va ularning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, madaniy, etnik va ma'naviy hayotini aks ettirishning vositasi bo’lgan. Ma'naviy va moddiy madaniyatning konsentrlangan ifodasi sifatida dam olish faoliyati ham etnik o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga vaqt inson madaniyati, tarixiy va madaniy aloqalar ta'sirini aks ettiradi.
Qadim zamonlardan beri barcha jamiyatlarda dam olish ijtimoiy mavjudlikning zaruriy sharti hisoblanadi. M.M.Baxtinning ta’kidlashicha “Bayramlar (ommaviy) - inson madaniyatining muhim asosiy shaklidir”.
Bayramlar inson madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida murakkabligi va xilma-xilligi kishilarning ijtimoiy serqirra faoliyatida ifodasini topadi. Shunday qilib, bayramning quyidagi xususiyatlari mavjud: hayotni tantanali yangilash; kommunikativ va normativ vazifalari, hissiy psixologik, axloqiy va ta'lim vazifalari. Bu yo’nalishlarning har biri bizga bayramlarning mohiyatini tushunish va madaniyatning rivojida o'z rolini kengaytirmoqda.
Shunga qaramasdan, odamlarning dam olish faoliyati ulaning hordiq chiqarishi bilan emas, balki madaniy jihati bilan ko’proq ahamiyat kasb etadi.
IX asrning oxiri X asr boshlarida davlatchilik paydo bo’lgan vaqtlarda slavyanlarda madaniy bayramlar yaxshi rivojlangan edi. Bayramlarning ko’pchiligi ishning qizg’in pallalari - kech kuzda, qishda va erta bahorda nishonlanar edi.



Download 364,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish