4.1-rasm. Animatsion-bo‘sh vaqt faoliyatini tashkil etish shakllari
Yuqoridagi rasmda keltirilgan animatsion bo‘sh vaqt faoliyatining aniq shaklini tanlash, mehmonxonaning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlari, uning joylashgan o‘rni va infratuzilmalari mavjudligi, dam oluvchilar soni, bo‘sh vaqt sohasi xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bo‘sh vaqtni tashkil etishning nisbatan an’anaviy shakli bu ommaviy sport ishlari, ekskursion ishlar, kinofilmlar ko‘rsatish, dam olish kechalarini o‘tkazish kabilar hisoblanadi.
Ommaviy sport ishlari ham mehmonxonaning o‘z xodimlari, ham tashqaridan jalb etilgan kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar kuchlari bilan o‘tkaziladi. Ekskursion ishlar ham mehmonxonaning o‘z kuchi bilan, ham ixtisolashgan turfirma tashkilotlari va ekskursion byurolarni jalb etish orqali amlaga oshirilishi mumkin. Tajribalar ko‘rsatadiki, ixtisoslashgan turistik ekskursion tashkilotlar xizmatidan foydalanish o‘z kuchi bilan tashkil etishdan ko‘ra maqbulroq.
So‘ng yillarda kurort mehmonxonalari xo‘jaligida dam oluvchilar uchun kinofilmlar ko‘rsatish yangi texnologiyalar va yo‘ldosh televediniye paydo bo‘lishi bilan ikkinchi darajaga tushib qoldi. Eng keyingi texnika vositalari bilan jihozlangan zallarda kichikroq auditoriyalar uchun kinofilmlar translyatsiyasi bundan mustasno.
Dam olish kechalari-bo‘sh vaqtni o‘tkazishning eng ommaviy shakllaridan hisoblanadi va ularni o‘tkazishning juda ko‘p variantlari bilan harakterlanadi. Bular uchrashuv kechalari, tansa (o‘yin) tadbirlari, jonli musiqa oqshomlari, bayram kechalari, konkurslar va h.k. bo‘lishi mumkin. Bu tadbirlar ko‘pincha mehmonxonalarning o‘z kuchlari bilan o‘tkaziladi, kamdan-kam hollarda esa professional mutaxassislar jalb etiladi.
Kutubxona xizmati-dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini o‘tkazishning ancha eski shakllaridan hisoblanadi. Kutubxona ishi ko‘pincha uch yo‘nalishda amalga oshiriladi: bo‘sh vaqtda o‘qish uchun davriy jurnallar, kitoblar va gazetalarni tavsiya etish; turli tematik tadbirlar o‘tkazish; sog‘lom tarmush atrzini targ‘ib qilish va boshqalar.
Bo‘sh vaqt faoliyatini tashkil etishning o‘yin shakllari ham kurortlarda juda ommalashgan. Dam oluvchilarga ham passiv (qo‘shimcha xodim jalb etmasdan shaxmat-shashka, bilyard), ham faol ko‘ngil ochar o‘yinlar (maxsus xodim va animatorlarni jalb etgan holda) taqdim etiladi.
Nisbatan yirik va mashhur mehmonxonalar yanada ahamiyatliroq tadbirlar o‘tkazishadi. Bunda taniqli estrada yulduzlarining konsertlari tashkil etiladi. Kino va teatr artistlari benifislari va ijodiy kechalari o‘tkaziladi. Turli festivallar, modalar namoyishi, ko‘rgazma va yarmarkalar, umummamlakat ahamiyatidagi konferensiyalar, simpiozumlar uyushtiriladi. Ana shunday tadbirlarni o‘tkazuvchi mashhur markazlar va boshqa ayrim kurort shaharlari hisoblanadi.
Dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishda animatsion servisni yangi yo‘nalish sifatida qarab chiqishga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash lozimki, animatsion-madaniy faoliyat ko‘proq G‘arbda to‘liqroq namoyon bo‘lmoqda. Xorijda asta-sekin aholining bo‘sh vaqti hajmi ko‘paymoqda, shunga muvofiq bo‘sh vaqt dasturlari va xizmatlari sifatiy ko‘payish jarayonlari kechmoqda.
U yerda ko‘ngil ochish industriyasi yarim asrdan avvalroq rivojlana boshlagandi, bo‘sh vaqtni tashkil etish tizimining rivojlanishi shuning natijasidir. Bu borada AQSH, Kanada, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Finlyandiya) ko‘p ishlarni bajarishga ulgurdilar.
Turistik animatsion servis nisbatan kurort zonalarida ancha taraqqiy etgan bo‘lib, bu yerda u turistik sayohatlar va dam olish sifatini faol oshirishga imkon beradi. Jahondagi barcha kurort zonalarida dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishda alohida o‘rin (rol) aynan animatsion servisga daxldor ekanligi chuqur anglab yetilmoqda: faol musobaqalar, o‘yin tadbirlari, turli shoular va bayramlar va h.k. G‘arbda animatsion sektorning asosiy faoliyati – kattalar va bolalar uchun bepul xizmatlarni o‘z ichiga olgan kundalik ko‘ngil ochish dasturlari hisoblanadi.
Shunga qaramay har bir mehmonxonaning animatsion bazasi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, animatsion tipdagi barcha xizmatlarni quyidagi tarzda strukturalash mumkin (4.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |