+
|
MTB (moddiy texnik baza)
|
+
|
Joy (territoriya)
|
+
|
Texnologiya (bi-lim, ma’lumotlar)
|
(kim?)
|
|
(nima yordamida?)
|
|
(qayerda?)
|
|
(qanday qilib?)
|
4.3-rasm. Animatsion loyihani amalga oshirish shakli
Joylashtirish ob’ektida kundalik animatsiya dasturi o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritishi mumkin:
kattalar uchun sport o‘yinlari va musobaqalar (plyajda yoki basseynda aerobika, voleybol, suv to‘pi, darts, armrectling, stol tennisi, komondan va pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish va boshq);
bolalar dasturlari (bolalar maydonchasi yoki basseynda o‘yinlar va konkurslar, kechki ko‘ngilochar dasturlari, tematik bayramlar);
kechki shou dasturlar (shou konkurslar, o‘yin shoulari, komik shoular, diskotekalar, estrada jamoalari, badiiy xavaskorlik chiqishlari, tematik oqshomlar o‘tkazish diskolari, jonli musiqa va h.k.).
Shunday qilib, o‘z ichiga animatsiya barcha turlarini qamrab olgan animatsion dasturlar xilma-xilligi animatsion komandalarning yuqori malakali, ishchan, xayrixoh va tashabbuskor ijodiy xodimlri tomonidan hayotga tadbiq etiladi. Bu muassasa obro‘sini oshirish imkonini beradi, uning raqobatbardoshligi ustunligini ta’minlaydi, mijozlarni ushbu mehmonxonaga yana kelishini kafolatlaydi, chunki mijoz aynan o‘ziga yoqib qolgan joyga qaytadi.
3. Animatsiya dasturi
Kurort ishi va turizm sohasi mutaxassislarining eng muhim vazifalaridan biri bu – rekreantlarning kurortlarda xordiq chiqarishini tashkillashtirish hisoblanadi. Ko‘pgina so‘rovlarning ko‘rsatishicha, kurortga keluvchilarning 50-70%ning asosiy maqsadi dam olishdan iborat bo‘ladi. Bu foiz ko‘rsatkichi dengiz bo‘yi kurortlar uchun ancha yuqori hamda tor ixtisoslashtirilgan kurortlar uchun esa past bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham, dam oluvchilar bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazishni tashkillashtirish murakkab masalardandir. Chunki bu, avvalo kurortda bo‘lish davomida mehmonxonalarda dam oluvchilarning bo‘sh vaqtining ko‘pligi bilan bog‘liq.
Oxirgi yillarda dam oluvchilar vaqtini maroqli o‘tkazishni tashkillashtirishda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Bu bir nechta sabablar bilan asoslanadi:
xorijiy kurortlarning tajribalaridan foydalanish;
aholining ta’lim va madaniyat darajasining oshishi;
xordiq chiqarish industriyasi yangi texnologiyalarini tadbiq etish;
bo‘sh vaqtdan foydalanish tizimining o‘zgarishi, professional teatr, kino va estradaning gastrol va konsert ishini faollashtirish.
Inson turizm sohasi xizmatlarining istiqbolli iste’molchisidir. U dengiz bo‘yi kurortini o‘zining ta’til o‘tkazish joyi qilib tanlaganida, shubhasiz, birinchi o‘rinda o‘z oldiga dam olish, bo‘shashish, kunlik muammolardan qutilish, ijobiy taassurotlar olish va keyingi hayoti uchun kuch yig‘ishni maqsad qilib qo‘yadi. Aynan psixologik holat, kayfiyat va taassurotlar belgilangan mehmonxonada o‘tkazilgan vaqtdan qoniqish hissini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |