1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat", "madaniy dam olish faoliyati" tushunchalari



Download 313,68 Kb.
bet3/58
Sana12.05.2022
Hajmi313,68 Kb.
#602372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

adaptatsiya funksiyasi, kundalik tashvishlardan erkin, holi bo‘lib, bo‘sh vaqtga moslashishga imkoniyat yaratadi;

  • kompensatsiya funksiyasi, kishini kundalik turmushdagi ruhiy va jismoniy charchoqlardan xolos qiluvchi;

  • barqarorlashtirish funksiyasi, ijobiy hissiyot va ruhiy barqarorlikka rag‘batlantiruvchi;

  • sog‘lomlashtirish funksiyasi, kishining kundalik turmush faoliyatida (mehnatida) susaygan jismoniy quvvatini qayta tiklash va rivojlantirishga qaratilgan;

  • axborot funksiyasi, odamlar, region (mintaqa)lar, mamlakatlar va h.k. haqida yangi ma’lumotlarni olishga imkon beruvchi;

  • ta’limiy funksiyasi, atrof-muhit va olamdan olingan yangi bilim, ko‘nikmalar va yorqin taassurotlarni mustahkamlashga, bilimni boyitishga imkon beruvchi;

  • takomillashtirish funksiyasi, jismoniy va intellektual takomillashuvga olib keluvchi;

  • reklama funksiyasi, animatsion dastur orqali turistni mamlakat, region (mintaqa), turkompleks, mehmonxonalar, turfirmalar va h.k. haqida reklama tashuvchiga aylantirish imkonini beruvchi.



    2. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turist faoliyat", "madaniydam olish faoliyati" tushunchalari.

    Olimlarning ta’kidlashicha, zamonaviy sivilizatsiya rivojlanishi ilmiy va texnologik taraqqiyotga juda ham bog’liq emas, balki balki insonlarni takomillashtirishga ko’proq bog’liq. Shu munosabat bilan, "...shaxsni rivojlantirish, uning barcha asosiy vakolatlari nafaqat insonparvar ideal, balki jamiyatni rivojlantirishning zaruriy masalasi bo'ladi".


    Ishlab chiqarish va dam olish muassasalari sohasida shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni faol rivojlantirish shaxs manfaatlari, uning siyosiy, madaniy va ma'naviy rivojlanish ehtiyojlariga bog'liq.
    Bo'sh vaqtni tushunish uchun yondashuvlarning hech biri to'liq emas. Uning o'zida uchta pozitsiya bor:
    1) ishlash uchun bo’sh vaqtning bo’lishi, bunda bo’sh vaqt tushunchasi "dam olish" uchun emas, balki biror bir ishni bajarish uchun qabul qilinadi;
    2) "Bo'sh" va "bo'sh vaqt" tushunchalarini aniqlash;
    3) hordiq – bo’sh vaqt, shaxsni rivojlantirish biln bog’liq bo’lmagan dam olish va o'yin-kulgi.
    Bo'sh vaqt - (kun, hafta, yil davomida) ishdan tashqari vaqtning bir qismi, jamoaviy insonlar (guruh, jamoa) uchun doimiy, zaruriy xarajatlar. Bo'sh vaqt tarkibida faol ijodiy faoliyat (shu jumladan ijtimoiy), o'rganish; o'z-o'ziga ta'lim; madaniy (ma'naviy) iste'mol (kino, gazeta, kitob, ziyorat o'qish va hokazo); spor; bolalar bilan o'ynash; insonlar bilan aloqa kabilar bo’lishi mumkin.
    Qadim zamonlardan beri madaniy hordiq, turli uchrashuvlar maqsad va ehtiyojlarni qondirishning bir yo'lidir, deb qaralgan. 
    Biz turistlarning bo'sh vaqtlarini tavsiflash imkonini beruvchi umumiy qoidalarni sanab o’tamiz:
    1. Umuman olganda bo’sh vaqtning paydo bo’lishi, shuningdek ushbu vaqtda qilish lozim bo’lgan majburiy vazifalarning mavjud bo’lmasligi.
    2. Insolarning bo’sh vaqtlardagi faoliyati ob'ektiv sharoitlar, atrof-muhit va moddiy xavfsizlik, madaniy dam olish muassasalari, sayohatlar, mehmonxonalar va boshqalar bilan belgilanadi.
    3. Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda odamlarning bo'sh vaqtini samarali o’tkazish eng muhim zaruriyatdir, deb aytish mumkin, shuning uchun bizning hayotimiz ma'naviy yangilanishlardan iborat.
    4. Hordiq kishining turmush tarzidagi ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, kishining to'liq va mazmunli dam olishi uning faoliyat ko’rsatishi uchun muhim ahamiyatga ega. Mavjud sharoitlar insonning barcha maqsadlarini amalga oshirish uchun etarli emas, chunki inson talablarining qiymati juda yuqori darajada.
    5. Bundan tashqari, albatta shaxs individual bo'sh vaqtida faoliyatni erkin tanlash huquqiga egadir. Shuning uchun, sayyohlik, dam olish, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini anglash, aloqa, reabilitatsiya qilish bilan bog'liq shaxsning manfaatlarini amalga oshirish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bularning barchasi turistik madaniy tadbirlarning muhim ijtimoiy qismi hisoblanadi.
    6. Albatta, dam olish turli xil, qiziqarli, kulgili va oddiy bo'lishi kerak. Bunda mavjud imkoniyat va sharoitlardan foydalangan holda faol dam olish va ko'ngilochar tadbirlar shakllaridan foydalanish orqali erishish mumkin.
    7. Biz o’zimizning bo'sh vaqtimizni mazmunli o’tkazish bilan birga boshqalarning ham vaqtini samarali o’tkazishga yordamlashishimiz lozim. Binobarin, bo'sh vaqtdan foydalanish samaradorligi odamlarning shaxsiy madaniy manfaatlariga va boshqalarga bog'liq.
    8. Turistlarning bo’sh vaqtdagi faoliyati ularning qiziqishi, ijodiy aloqa, shaxsiy tashabbusi, tadbirlarda ko'ngilli ishtiroki, manfaatdorligi asosida belgilanadi.
    Shu munosabat bilan, shaxslarning dam olishlarida turli xillik va tipologik farqlar mavjud. Shuning uchun chora-tadbirlarni amalga oshirishda, uning mazmunini ishlab chiqishda guruhlar, jamoalar va shaxslarning psixologiyasi, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish lozim bo’ladi.
    Bugungi kunda, turizmda turli xil madaniy tadbirlar tobora keng ko'lamni qamrab bormoqda. Kishilarning ma’naviy salohiyati ham yuksalib borayotganligini ko’rish mumkin. Bugungi kunda insonlarning shaxsiy tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o'yin-kulgi, o’z-o’zini rivojlantirish dasturlari tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
    XIX asr oxirida Amerikada dastlabki 8 soatlik ish kuni, bayramlar munosabati bilan dam olish kunlari va “Rekreatsiya” tushunchasi joriy etildi. Bu aholining ommaviy dam masalalarini hal qilishda muhim qadam bo’ldi.
    “Rekreatsiya” so’zi Lotinchadan olingan bo’lib, yangilash va qayta tiklash ma’nolarini anglatadi.
    Rekratsion turizm (dam olish va davolanish) bir qator davlatlarda ko‘proq ommaviy shakllardan hisoblanadi. Sayyohlar Ispaniya, Italiya, Fransiya, Avstraliyaga safar qilishar ekan, avvalo dam olish va davolanishni ko‘zda tutadilar. Turizmning bu turiga xos harakter sayyohatning davomiyligidir. Yo‘nalishga kiruvchi shaharlar sonining kamligi turistning bir joyda uzoq muddatda bo‘lishga imkon yaratadi. Ommaviy safarning boshqa xususiyati esa dam olish safariga borganda, sayyohning joylashishida xonaga bo‘lgan talabidadir.
    Ma’lumki, ko‘ngilochish turizmi butun jahonda mashhurdir. Turizmning bu turi rang-barangligiga qaramay, uning turlari davomiyligi uncha kata emas, boru-yo‘g‘i 3-4 kun hisoblanadi. Yevropada mamlakatlarida rojdestvo bayrami - turlari keng tarqalgan. Bu turlar dasturi asosan ko‘ngilochish (bayram tadbirlariga, restoranlar, konsertlar va boshqalarga tashrif buyurish) tadbirlaridan iborat.

    Download 313,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish