2-Modul. Animatsion faoliyat tarixi Reja: 1. Madaniy dam olish faoliyatining tarixiy jihatlari. 2. Ibtidoiy jamiyatda dam olish faoliyati turlari. 3. Qadimgi dunyoda dam olish faoliyati. 4. O'rta asrlarda dam olish faoliyati. 5. XVIII-XIX asrlarda madaniy dam olish faoliyati.
Madaniy dam olish faoliyatining tarixiy jihatlari
Animatsiyaning qadimgi manbalari sifatida urf-odatlar, an’analar, marosimlarni aytib o’tishimiz mumkin. Qadimgi davrda eramizdan avvalgi 3-4 ming yilliklarda insonlar hayoti va dam olishda o’zgarishlar kuzatila boshlandi. Doimiy turar joylar va davlatlar shakllana boshlandi. Natijada yangi kasblar yuzaga keldi (artist, rassom, musiqachi va boshqalar). Vaqt o’tishi bilan insonlar bo’sh vaqtlarini stol ustidagi o’yinlarni o’ynash bilan o’tkaza boshlashdi. Misol uchun qadimgi Hindistonda loto o’yini va keyinchalik shaxmat. Qadimgi hind adabiyotlarida musiqachilar, akrobatlar, janglyorlar, sehrgarllar, ilonbozlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qadimgi o’yin vositalaridan biri suyaklar bo’lgan. Ularning namunalari Misr, Gretsiya, Rimda topilgan. Rim yaqinidan topilgan 3 ming yil tarixga ega etrusk suyaklarini aytishimiz mumkin. Misr fir’avni Ramzes III Metinet Xabu ehromi devorlariga shuni chizib qo’yishni buyurgan. Suyaklarni shamanlar hayotga olib kirishgan.
Bu bilan ular kelajakni bashorat qilishgan yoki fol ochishgan. Shu bilan birga qadimda ochiq joylarda guruhli (Navzruz, Boysun bahori) chiqishlar boshlandi.
Qadimgi Sharq hududida miloddan avvalgi XI-VII ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyati rivojlanishining ibtidosi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim jarayonlar ro‘y beradi. Bu davrda Sharqda madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot,san’at, fan, birinchi jahon dini buddizm paydo bo‘ladi. Bu boshlang‘ich jarayonsiz insoniyat madaniyatining keyingi barcha taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin.
Qadimgi Sharq tushunchasi Sharq haqidagi hozirgi tasavvurlarga mos kelmaydi. Negaki, Qadimgi Sharq yer sharining Misrdan to Xitoygacha bo‘lgan keng mintaqasini o‘z ichiga olib, bu yerda mil. avv. VII ming yillikdan boshlab insoniyat tarixida dastlabki sivilizatsiya vujudga kela boshladi.
Madaniyatning shakllanishi eng yirik daryolar – Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi vodiysida, ya’ni dehqonchilik rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo‘lgan joylarda ro‘y berdi. Xuddi shu joylarda dastlabki davlatchilik tuzilmasi, siyosiy, diniy va savdo markazi sifatida shaharlar, yozuv vujudga kelgan. Bu yerda dastlab ma’naviy madaniyat ishlab chiqaruvchi mehnat faoliyatidan bevosita ajralib mustaqil faoliyatga aylanadi. Jamiyat hayotida alohida kishilar qatlami - boshqaruv, ta’lim, ma’lumotlarni to‘plovchi va uzatuvchi sohalarda shug‘ullanuvchilar ajraladi va ko‘payib boradi.
Misr, Mesopotamiya, Hind va Xitoy sivilizatsiyalari eng ko‘hna va yirik madaniyatlar edi. Bu madaniyatlar ta’sirida Urartu, Finikiya, Xett, Elam sivilizatsiyalari shakllanib, insoniyat madaniyati tarixida sezilarli ta’sirga ega bo‘ldi.