1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat", "madaniy dam olish faoliyati" tushunchalari


Turistik xizmatlarda animatsion faoliyat tushunchasi



Download 313,68 Kb.
bet4/58
Sana12.05.2022
Hajmi313,68 Kb.
#602372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

3. Turistik xizmatlarda animatsion faoliyat tushunchasi

Animatsion faoliyati, animatorlik dasturlari yo‘nalishi Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo – Tinch okeani mamlakatlari hududida tarkib topgan. Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizmning muhim jihatlari shundaki, unda ichki hududiy safarlar, asosiy tarzda qo‘shni mamlakatlarda, hududlararo safarlardan ustun turadi. 90-yillar davomida chiqish turistik oqimida ularning nisbati o‘zgargani yo‘q va 82:18 ni tashkil etgan. Yevropada ichki hudud turistik oqimlarga hamma jo‘nab ketishlarning 90 % to‘g‘ri keladi. Amerika va Osiyoda chiqish turizmi tarkibida hududlararo safarlar o‘z o‘rnini mustahkam saqlab turibdi. BTT prognozlari bo‘yicha, uchinchi ming yillik boshlarida jahonda ichki va hududlararo turistik oqimlar biroz o‘zgaradi, hududlararo turistik almashishuv ichki hududga nisbatan jadal rivojlanadi. Osiyo-Tinch okeani hududidan Amerika va Yevropaga jo‘nab ketuvchi turistlar soni nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi kutilmoqda. Bu ko‘p jihatdan umumiy manzarani belgilab beradi. Natijada 2020 yilga borib, hududlararo turistik safarlar ulushi 24 % ortadi, ichki hududiy safarlar tegishli ravishda 76 % gacha kamayadi. Ichki hududiy almashinuvlarning mustahkamlik rolidan tashqari ko‘ngil ochish va dam olish maqsadiga xalqaro turizmning yana ikki xususiyatini ajratish lozim. Ulardan biri turistik oqimlarni merdional yo‘nalishda ekanligidan iborat. Shimoliy mamlakatlarda turistlar iliq dengiz qirg‘oqlarida dam olishni xush ko‘radilar. Amerikaliklar va kanadaliklar Karib xududi mamlakatlari kurortlarining asosiy tashrif buyuruvchilari hisoblanishadi. Yevropada turizmning cho‘milish – plyajlari turi O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida to‘plangan. Bu yerda asosan norvegiyaliklar, daniyaliklar, finlar, shvedlar, irlandlar o‘z ta’tillarini o‘tkazadilar. Keyingi vaqtlarda qarma-qarshi turistik oqimlarni janubdan shimolga kengayishi kuzatilmoqda. Turistik yo‘nalish sifatida Shimoliy Yevropaning jozibadorligi ko‘p jihatdan Skandinaviya va bir qator davlatlarda valyuta devolvatsiyasi bilan izohlanadi. Shuningdek, ularda xavfsizlik, tabiiy muhitning yaxshi saqlanib qolganligi ham turistlarni jalb etadi.


Nihoyat, birinchisining qat’iy o‘rni saqlanib qolgan holda sobiq metropoliya va ularning mustamlakalari o‘rtasida turistlar almashinuvi rivojlanmoqda. An’anaviy aloqalarning mustahkamlanishi va til to‘siqlarining yo‘qligi, eng avvalo iqtisodiy va madaniy sohalarda ular o‘rtasida turistik munosabatlar kengayishidan dalolat beruvchi muhim belgilardan hisoblanadi. Mahalliy madaniyatning o‘ziga xos betakrorligi, yevropaliklarni jalb etayotgan xususiyatlardir. Inglizlar va niderlandlar, ispanlar va portugallarni tarixiy o‘tmishga va hozirgi sobiq mustamlakalarga qiziqish safarga chorlamoqda.
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizmning eng yirik bozori Yevropada hosil bo‘lgan. Uning asosan ikki qismi G‘arbiy va Janubiy subregioni alohida ajralib turadi. Hududga keluvchi barcha turistlarning 60% ularga to‘g‘ri keladi. Bu yerda Yevropa turistik oqimining asosi shakllanadi. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada kirish turistik oqimida ichki hududiy safarlar ulushi chiqishga nisbatan ancha kam. Bu ulushlar kattaligi boshqa turistik hududlarda ham mos kelmaydi.
Yevropada ichki hududiy turizm harakteri jahoning boshqa hududlariga qaraganda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Maydoni hududiga nisbatan kichik qo‘shni bo‘lib zich joylashgan juda ko‘p davlatlar o‘rtasida mustahkam iqtisodiy, madaniy, etnik aloqalar, ajoyib yer usti transport kommunikatsiyalari, turistik bordi-keldilarda ortiqcha rasmiyatchiliklarning yo‘qligi, turistik infratuzilmaning rivojlanganligi, diqqatga sazovar joylarning ko‘pligi ichki Yevropa turistik almashinuvlarga katta imkoniyatlar yaratadi. Yevropaga barcha kelishlarning 4/5 uning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dunyo miqyosi bo‘yicha hududlararo turistik almashinuv zaif rivojlangan. Unda Amerika qit’asi, ayniqsa AQSH muhim rol o‘ynaydi va Yevropaga kelishlar soni bo‘yicha o‘nlikka kiruvchi yevropalik bo‘lmagan yagona mamlakat hisoboblanadi. Yevropa va dunyoda eng ko‘p turistlar tashrif buyuruvchi mamlakat-Fransiya hisoblanadi. U asosan YEI mamlakatlaridan va ko‘hna dunyoda dam oluvchi har beshinchi turistni qabul qiladi. Nisbatan jadal turistik almashinuv Germaniya, Buyuk Britaniya va Benilyuks mamlakatlarida mavdud.
Keyingi vaqtda chiqish turizmining fransuz bozorida yangi tendensiyasi paydo bo‘ldi. Shengen bitimi qabul qilingandan va birlashgan Yevropa mamlakatlari o‘rtasida viza rejimi bekor qilingandan so‘ng Fransiyada qisqa muddatli safarlar ulushi o‘smoqda. Uzoq muddatli safarlar salmog‘i esa kamayapti. Fransiya hamon dunyoda eng ommaviy turistik yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Ammo uzoq muddatli dam olish joyi sifatida jozibasini yo‘qotmoqda va turistlar asosiy ta’tillarini boshqa mamlakatlarda o‘tkazishmoqda.
Fransiyadan tashqari Ispaniya xorijlik turistlarni qabul qiluvchi bosh Yevropa mamlakatlari bo‘lib hisoblanmoqda. Bu ikki mamlakatda har yili 80 mln. dan ziyod cho‘milish – plyaj va dam olishiga keluvchilarni qayd etilmoqda. Asosiy turistlar oqimi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ispaniyada har beshinchi dam oluvchi Germaniya yoki Buyukbritaniya fuqarosidir. Italiyada sobiq Yugoslaviya respublikasi, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Avstriya fuqarolari ta’tillarini o‘tkazishadi.
Bugun Fransiya, Ispaniya va Italiyada ichki turistik almashinuv kuchli kechayapti. BTT prognozlariga ko‘ra, 2020 yilga borib ularning turistik birinchiligi o‘rniga yevropaliklarning O‘rta yer dengizi Yevropa qismi turisttik markazlariga sayohat qilishi egallaydi. Asta-sekin turizmning olis bozorlari, xususan Yaponiya, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerika birinchi o‘ringa intila boshlaydilar. Turistlarni jalb qilish uchun ular turistik mahsulotlarni yangilashga intilishadi. O‘zlarining savdo markazlarini almashtiradilar, istiqbolli kambag‘al bozorlarni izlashni faollashtiradilar. Ularning ayrimlari hozirdanoq tegishli chora-tadbirlarni ko‘rmoqdalar. Uchinchi ming yillik arafasida Ispaniya turizm sohasida o‘z davlat siyosatini ko‘rib chiqdi. Bu unga jahon turizm bozorida mavqeini ancha mustahkamlashga imkon yaratdi. Yevropada chiqish turizmi geografiyasida Amerika ulushi kamayadi va tashqaridagi hududlar – Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda ulushi ortadi.
Chiqish turizmining eng yirik bozori Germaniyada shakllandi. So‘nggi yillarda nemislar 80 mln.ga yaqin xorijiy safarni amalga oshirishdi. Ularning soni yiliga o‘rtacha 5 % ga ko‘payayapti. BTT prognozlari bo‘yicha 2020 yilga borib Germaniyada chiqish turizmi 2 martadan ko‘proqqa ortadi va 163,5 mln. safarni tashkil qiladi. Jahonda har o‘n safardan biri nemis fuqarolari ulushiga to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya o‘zining yetakchiligini saqlab qoladi.
Chiqish turizmining nemis bozorida avj olishi harakterlidir. 90 % dan ortiq safarlar Yevropa hududi doirasida amalga oshiriladi. BTT ma’lumotlarga ko‘ra, eng yirik o‘nta turistik oqimlarning beshtasi Germaniyada tashkil qilinadi.
Nemislar o‘z ta’tillarini G‘arbiy va Janubiy Yevropada: Ispaniya, Italiya, Avstriya, Fransiya, Gresiya, Niderlandiya, Shveysariyada o‘tkazishni ma’qul ko‘rishadi. Keyingi vaqtlarda turistlar uchun Markaziy va Sharqiy Yevropa – Polsha, Chexiya, Vengriya ommaviy turizmda mashhur bo‘lib bormoqda. Turstik yo‘nalish sifatida bu mamlakatlar bosh ustunliklaridan biri ularning nisbatan arzonligidir. Misol uchun, chegara rayonlarida yashovchi ko‘pchilik nemislar tushlik paytida ovqatlanish uchun Chexiyaga borishadi.
Demokratlashtirish jarayonlari turistik talablar geografiyasiga sezilarli o‘zgartirishlar kiritdi. Ular bir tomondan G‘arbiy Yevropa, ikkinchi tomondan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlar o‘rtasida ichki hududiy almashinuv ulushining ortishiga imkon yaratdi. Totalitor rejimning qulashi va «Temir pardalar»ning olib tashlanishi sobiq sotsialistik mamlakatlar fuqarolariga g‘arb qadriyatlari bilan yaqinroq tanishishga sharoit yaratdi. Shuningdek shopping maqsadlar bilan sayohat qilishga imkon berdi. Chexiya aholisining turistik faolligi keskin oshdi, chiqish turizmi hajmi bo‘yicha Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya va boshqa Yevropa mamlakatlarini quvib o‘tdi. Chexiya Respublikasi statistik xizmat mahkamasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yili chex fuqarolari xorijga 40 mln. ga yaqin turistik safar uyushtirishgan. Turistik bozor Polsha, Vengriya, Ruminiya, Slovaniya va boshqa davlatlarda taraqqiy etmoqda.
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadida turizm Amerikada ham keng rivojlanib bormoqda. Kelishlar bo‘yicha Yevropadan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan Amerika hududi butun jahondan turistlarni jalb etadi. Kirish turistik oqimi to‘rt subregion o‘rtasida taqsimlanadi: Shimoliy Amerikaning Karib hududi, orol davlatlari, Janubiy Amerika va Markaziy Amerika. Har o‘n turistik kelishlarning yettitasi g‘arbiy yarim sharda Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi. Uning ulushi asta-sekin kamayib borayotganiga qaramay, hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ayni vaqtda Karib havzasi mamlakatlari, Markaziy va ayniqsa Janubiy Amerika salmog‘i ko‘payapti.



Download 313,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish