Leksikografiya



Download 36,23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.07.2022
Hajmi36,23 Kb.
#835924
Bog'liq
Leksikografiya - Vikipediya



Leksikografiya
Leksikografiya
(
qadimgi yunoncha

λεξικόν
[leksika] va 
γράφω
[grafiya] - yozu) — 
lugʻatlar
tuzish, amaliy lugʻatchilik. Amaliy lug'atchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim
vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga 
tillarni
oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish (
izohli
,
imlo va boshqa turdagi lugatlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp
tilli lugʻatlar, soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish (
etimologik
, tarixiy lugʻatlar)
va boshqa leksikografiya lugʻat tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk
bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub)
soʻzning qanday maʼno anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan. Dastlabki tuzilgan
lugʻatlar umumlashgan, universal xususiyatga ega boʻlgan (lugʻatlarning turli shakllari,
koʻrinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan). Oʻzbek leksikografiyasi tarixi Mahmud
Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asaridan boshlangan deb aytish mumkin. Ushbu lugʻat
faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari,
geografik joylashuvi kabi keng maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Shu bilan birga u dastlabki ikki
tilli (turkiycha-arabcha) lugʻatlardandir. Mahmud Zamaxshariy oʻzining "Asos ul-balogʻa",
"Muqaddimat ul-adab" asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy leksikografiyaning rivojiga ulkan
hissa qoʻshdi. Alisher Navoiy ijodiga boʻlgan katta qiziqish XV asrdan keyingi davrda bir qancha
lugʻatlarning yaratilishiga sabab boʻldi: "Abushqa" (XVI asr, Turkiya) izohli lugʻati, Tole Imoni
Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat", Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lugʻot", Mirzo
Mahdiyxonning "Sangloh", shuningdek, Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma", "Sulaymon
Buxoriyning "Lugʻati chigʻatoiy va turki usmoniy" ("Chigʻatoycha-turkcha lugʻat"), Ishoqxon
Ibratning "Lugʻati sitta as-sina" ("Olti tilli lugʻat") kabi lugʻatlarini koʻrsatish mumkin. XIX asr oxiri
va XX asr 1-choragida turli xil sabab va ehtiyojlar, davr taqozosi bilan Turkistonda ikki tilli L. rivoj
topdi, oʻnlab ruscha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-ruscha lugʻatlar, soʻzlashgichlar tuzilib nashr etildi.
VM.Nalivkin va M.Na-livkinalarning 1884—1912-yillar mo-baynida bir necha marta nashr etilgan
"Russko-sartovskiy i sartovsko-russkiy slovar" ("Ruscha-sartcha va sart-charuscha lugʻat"),


Ashurali Zohiriy tomonidan 1927-yilda tuzilib, nashr ettirilgan 2 jildli "Ruscha-oʻzbekcha
mukammal lugʻat" keyingi davrlarda Oʻzbekistonda yaratilgan ikki tilli lugʻatlar uchun asos boʻldi.
Hozirgi kungacha 10 ga yaqin xorijiy til bilan oʻzbekchani qiyoslovchi koʻplab tarjima lugʻatlari,
fan sohalariga oid 100 dan ziyod bir, ikki va uch tilli terminologik lugʻatlar yaratildi. Oʻzbek xalqi
tarixida birinchi marta "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" tuzilib, nashr etildi (1981). XX asr oʻzbek
lugʻatchiligi rivojiga A.Zohiriy, A.Qodiriy, Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, S.Ibrohimov,
Olim Usmon, Z.Maʼrufov, Sh.T. Rahmatullayev, N.Mamatov, A.Hojiyev, T.Aliqulov va boshqa
munosib hissa qoʻshdilar. Respublika mustaqilligi tufayli oʻzbek L.si oldiga yangi davr talablariga
javob beradigan ensiklopedik va lingvistik lugʻatlar yaratish vazifasi qoʻyilgan va bu vazifa oʻz
oʻrni bilan amalga oshirilmoqda;2) tilshunoslikning lugʻatchilik nazariyasiga oid sohasi,
lugʻatshunoslik; lugʻat turlari va ularni tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Nazariy leksikografiya bir qancha muammolarni qamrab oladi: lugʻatlarning umumiy tipologiyasini
va yangi turdagi lugʻatlarni ishlab chiqish; lugʻat makrostrukturasini ishlab chiqish (soʻzlarni
tanlab olish, soʻz va lugʻat maqolalarini joylashtirish tartibi, omonimlarni belgilash, lugʻat
tarkibiga havola materiallarni kiritish); lugʻat mikrostrukturasini, yaʼni har bir lugʻat maqolasini
ishlab chiqish (soʻzga grammatik va fofuudfynetik izoh berish, soʻz maʼnolarini ajratish va
tasniflash, dalil sifatidagi illyustratsiyalar turlari, taʼriflash turlari, belgilar tizimi, soʻz
etimologiyasi haqidagi maʼlumotlar) va boshqa leksikografiya tilshunoslikning barcha boʻlimlari,
ayniqsa, leksikologiya bilan oʻzaro bogʻliq. Leksikografiya ham amaliy, ham nazariy soha sifatida
leksikologiya, uslubshunoslik, fonetikaga hamda til tarixi, tilning grammatik qurilishi haqidagi
taʼlimotga suyangan holda ish koʻradi. Zamonaviy leksikografiya muayyan davr jamiyatidagi
bilimlar majmuini aks ettiruvchi lugʻatlarning muhim ijtimoiy vazifasini alohida qayd etadi.
Leksikografiya lugʻatlar tipologiyasini ishlab chiqadi. Shu jihatdan bir tilli leksikografiya (izohli va
boshqa lugʻatlar), ikki tilli leksikografiya (tarjima lugʻatlar), oʻquv leksikografiyasi (til oʻrganishga
maxsuslashgan lugʻatlar), ilmiy-texnik leksikografiya (terminologik lugʻatlar) oʻzaro farqlanadi.
Tilshunoslik
Leksikograficheskiy sbornik, vip. 1 — 6, M., 1957-1963; Sherba L. V., Opit obshey teorii
leksikografii. V yego kn.: Yazikovaya sistema i rechevaya deyatelnost, L., 1974; Ojegov SI.,
Leksikologiya, Leksikografiya. Kultura rechi, M., 1974; Yuldashev A. A., Prinsipi sostavleniya
tyurksko-russkix slovarey, M., 1972. Abduvahob Madvaliyev.
[1]
Yana q.
Adabiyot
Manbalar

Download 36,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish