Foydalanish uchun internet saytlari
1. www.ta’lim.uz
2. www.talant.spb.ruG`wald.html
3. www.school. edu. ru.
4. www.inter – pedagogika. ru.
5. www.obrozavaniye.ru
6. www.wwings.ru
7. www.ppf.uni.udm.ru
8. www.search.re.uz - O‘zbekistonning axborotlarni izlab topish
tizimi.
9. www.pedagog.uz
10.www.ref.uz. - Referatlar to‘plami
11.www.ziyonet.uz.
12.www.Google.uz
32
www.search.re.uz - O‘zbekistonning axborotlarni izlab topish tizi-
mi.
9-mavzu:
BADIIY ASARLARNI O‘QUV TAHLILI QILISH
Reja:
1. Badiiy tahlilning pеdagоgik asоslari.
2. Badiiy tahlil turlari.
3. Asar tahlili tamоyillari.
4. Badiiy asar tahlili bоsqichlari.
5. Badiiy asarlarni o‘rganish yo‘llari.
Mavzuning birinchi rejasida badiiy tahlilning pеdagоgik asоslari
ko‘rib chiqiladi. Maktab adabiyotini o‘qitishdagi eng asosiy pedagogik
tadbir badiiy asar tahlilidir. Badiiy asarni qabul qiladigan, undan ta’sirla-
nadigan, tahlillay oladigan o‘quvchini tarbiyalagan muallimgina bosh
pedagogik maqsadiga erishgan hisoblanadi. Chunki dasturda o‘rganish
ko‘zda tutilgan adabiy materiallarni shunchaki o‘qib ketaverish bilan
adabiyot o‘qitish yuzaga kelmaydi. Chunki hayot tajribasi juda kam, ba-
diiy didi yetarli shakllanmagan o‘quvchilar badiiy asarni mutlaqo teska-
ri tushinishlari mumkin. Shu bois asar tahliliga katta e’tibor zarur. Bu-
siz bolalarda ezgu ma’naviy sifatlar turg‘un qaror topmaydi. Badiiy tah-
lil badiiy asardagi tuyg‘u, hissiyot va fikrni o‘quvchi sezimlari va ongiga
ko‘chirish demakdir.
Ikkinchi rejada badiiy tahlil turlari ishlab chiqiladi. Badiiy tahlil:
a) ilmiy-filologik; b) o‘quv-didaktik singari ikki katta turga bo‘linadi.
Shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilar hamkorligida amalga oshirila-
digan didaktik – o‘quv tahlilning o‘zi tahlilchilar miqdoriga ko‘ra; a) in-
dividual – yakkama-yakka; b) guruhiy; v) ommaviy kabi uch turga bo‘li-
nadi.
Mavzuning uchinchi rejasida asar tahlili tamоyillari xususida suh-
batlashiladi.
O‘quv tahlilida amal qilinishi shart bo‘lgan bir qator tamoyillar
borki, ularga rioya etilmay turib, tahlilda kutilgan natijaga erishib bo‘l-
maydi. Bu tamoyillarning asosiylari quyidagilar:
1. Har bir tahlilning shaxsiy mulohaza ekanligi;
2. To‘liq tahlilning bo‘lishi mumkin emasligi;
3. Biror asar bo‘yicha butun sinf yoki o‘quvchilar guruhining bir
xil fikrga kelishi shart emasligi;
4. Badiiy asarga yaxlit hodisa sifatida yondashish zarurligi;
33
5. Tahlilda asarning tur xususiyatlari hisobga olinishi zarurligi;
6. Asar bo‘yicha bildirilgan har qanday fikr faqat asar matnidan
keltirib chiqarilishi lozimligi.
O‘qituvchi epik turdagi asarlar o‘rganilayotganda, matnni tahlil-
lash uchun savollar tuzib olishi shart. Ko‘pincha adabiyot o‘qituvchilari
avvaldan savol tuzib olishmaydi. O‘quvchilarga beriladigan savollarni
tayyorlab olishga jiddiy ahamiyat qilishmaydi, oqibatda, o‘quvchilar ol-
diga umumiy, tahminiy savollar qo‘yiladi. Bu holga o‘quvchilar ham
o‘rganib qolishadi. Savollarning aniq va matn ichini taftish qilishda yo‘-
naltirilmaganligi o‘quvchilarlarni badiiy asarni o‘zi o‘qimay turib, u
haqda fikr aytishga odatlantiradi, chunki savol aniq berilmagach, javob
ham shunga yarasha bo‘ladi. O‘qituvchi savol tuzishga qanchalik jiddiy
yondashsa, bolalarning asarni o‘rganishi ham shunchalik muvaffaqiyatli
bo‘ladi. Har bir savolda asarning qaysi jihati o‘rganilishi hisobga olini-
shi, o‘quvchi beradigan javob ham ko‘zda tutilishi kerak. O‘qituvchilar-
ning javobi keyingi savolni keltirib chiqarsa, juda yaxshi bo‘ladi. Savol-
lar asarni o‘rganishdagi eng muhim jihatini o‘z ichiga olishi zarur.
To‘rtinchi rejada badiiy asar tahlili bоsqichlari haqida mulohazalar
o‘rtaga tashlanadi. Badiiy tahlilda, albatta, 3 bosqich bo‘lishi zarur: 1)
asar bilan tanishish; 2) asarni tahlil qilish; 3) tahlilni umumlashtirish.
Mavzuning beshinchi rejasida badiiy asarlarni o‘rganish yo‘llari
yoritib beriladi. Yuqorida qayd qilib o‘tilgan bosqichlarga muvofiq tarz-
da amaldagi metodika badiiy asarni tahlil qilishning quyidagi yo‘llarini
tavsiya etadi: 1) muallifga ergashib yoki yaxlit o‘rganish; 2) obrazlar
bo‘yicha o‘rganish; 3) muammoli o‘rganish. Badiiy asarni yaxlit yoki
muallifga ergashib tahlillash sujetga katta e’tibor berishni ko‘zda tutadi
va 5-6-sinflarda ko‘proq ishlatiladi. Asarni tahlil etishning maskur usuli-
ga ko‘ra, badiiy asar o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilarning xarakter
xususiyatlari, psixologik taraqqiyot darajalari, pedagogik tayyorgarligini
hisobga olgan holda ishlatilib, matndagi voqealarga katta e’tibor berila-
di. Bu yoshdagi o‘quvchilarga voqea muhimroq. Demak, o‘qituvchi vo-
qea, sujet orqali o‘quvchilarning tuyg‘ulariga ta’sir etishi zarur.
Badiiy asarni o‘rganishning ikkinchi bir yo‘li muammoli tahlildir.
Bu metod ko‘pincha yuqori sinflarda qo‘llaniladi. Bu metoddagi asosiy
narsa badiiy asar tahlilida o‘quvchilar oldiga muammo qo‘yilishidir.
O‘quvchilar o‘sha muammoni yechish jarayonida asar matniga tayanadi,
unga estetik baho beradi. Adabiy asarni muammoli o‘rganishda o‘quv-
chilar oldiga hayotiy va estetik masala qo‘yiladi va unga har bir o‘quv-
34
chi o‘zicha javob beradi. Unda javoblar qancha xilma-xil bo‘lsa, o‘shan-
cha quvonmoq kerak, chunki qolipli fikrlash, bir xil xulosaga kelish fikr-
sizlikdir.
6-sinfda “Zarbulmasal” asari o‘rganiladi. Bu asar haqida muayyan
tushuncha berilib, o‘quvchilar asar matnini o‘zlashtirishgach, ularning
oldiga: “Gulhaniy asarida nima sababdan qushlar tasviridan foydalana-
di?” – degan savol qo‘yish lozim. Yoki 8-sinfda X.Sultonov qalamiga
mansub “Saodat sohili” qissasi o‘rganiladi. O‘quvchilar asar bilan ta-
nishganidan keyin ular oldiga: “Asarda tasvirlangan shoh Boburning
shoir Bobur, xijronzoda Boburdan farqli jihatlari aks etgan o‘rinlarini to-
ping va sabablarini tushuntiring” tarzida muammo qo‘yish mumkin.
O‘smirlar qiziquvchan, o‘z fikrlarini bildirishni xush ko‘radigan, bu fikr-
lar bilan boshqalarning ham hisoblashishlarini istaydigan bo‘ladi. Ular
psixologiyasidagi ayni shu holat adabiy asarni muammoli o‘rganishda
qo‘l keladi.
Badiiy asarni o‘rganishning eng keng tarqalgan usuli uni timsol
(obraz)lar bo‘yicha o‘rganishdir. Badiiy adabiyotdagi asosiy unsur obraz
ekani bejiz emas. Adabiy asarni o‘rganishning bu metodi turli sinf
o‘quvchilariga tatbiqan mos kelaverishi bilan xarakterlanadi. Ammo
asarlarni qahramonlar bo‘yicha o‘rganish 6-sinfdan boshlab yaxshi sa-
mara beradi. Negaki, bu davrda o‘smirlarda ma’naviyat masalalariga qi-
ziqish keskin ortadi. Har bir bolada o‘ziga xos axloqiy mezon shakllana-
di. Ular har bir obrazning u yoki bu xarakteridagi ijtimoiy-axloqiy asos-
ni bilishga intiladilar. Shu boisdan ham badiiy asarni obrazlar bo‘yicha
o‘rganish 8-9-sinflarda katta salmoq kasb etadi.
Adabiyotlar:
1. Dоlimоv S., Ubaydullaеv Q., Ahmеdоv Q. Adabiyot o‘qitish
mеtоdikasi. T., “O‘qituvchi”, 1967.
2. Yo‘ldоshеv Q., Madaеv О., Abdurazzоqоv A. Adabiyot o‘qitish
mеtоdikasi. T., “Universitet”, 1994.
3. To‘хliеv B. Adabiyot o‘qitish mеtоdikasi. T., “Yangi asr avlo-
di”, 2007-2010.
4. Богданова О.Ю и др. Методика преподавания литературы.
Москва: 2008.
5. Zunnunоv A . O‘zbek adabiyoti mеtоdikasi tarixidan o‘cherklar.
T., “O‘qituvchi”, 1973.
35
6. Zunnunоv A., Хоtamоv N., Ibrоhimоv A., Esоnоv J. Adabiyot
o‘qitish mеtоdikasi. Т., “ O‘qituvchi”, 1992.
7. Yo‘ldоshеv Q. Adabiyоt o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari . T.,
“O‘qituvchi”, 1996.
8. Резь З. Я. и др. Методика преподавания литературы. -
Москва: 1995.
9. Yo‘ldosheva N., Murodova S. Adabiyot darslarida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning afzalligi. T., 2007.
10. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. (Amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlari) –T., 2012.
11. Mirqosimova M. Adabiy tahlil metodikasi. T., 1993.
12. Niyozmetova T. Adabiy ta’lim muammolari. T., 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |