1 amaliy mashg`ulоt


Foydalanish  uchun  internet saytlari



Download 349,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/51
Sana19.06.2021
Hajmi349,94 Kb.
#71223
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
adabiyot oqitish metodikasi

 

Foydalanish  uchun  internet saytlari 

1. www.ta’lim.uz 

2. www.talant.spb.ruG`wald.html 

3. www.school. edu. ru. 

4. www.inter – pedagogika. ru. 

5. www.obrozavaniye.ru 

6. www.wwings.ru 

7. www.ppf.uni.udm.ru 

8.    www.search.re.uz  -  O‘zbekistonning  axborotlarni  izlab  topish 

tizimi. 


9. www.pedagog.uz 

10.www.ref.uz. - Referatlar to‘plami 

11.www.ziyonet.uz. 

12.www.Google.uz 




 

32 


www.search.re.uz - O‘zbekistonning axborotlarni izlab topish tizi-

mi. 


9-mavzu:  

BADIIY ASARLARNI O‘QUV TAHLILI QILISH 

Reja: 

1. Badiiy tahlilning pеdagоgik asоslari. 

2. Badiiy tahlil turlari. 

3. Asar tahlili tamоyillari. 

4. Badiiy asar tahlili bоsqichlari. 

5. Badiiy asarlarni o‘rganish yo‘llari. 

Mavzuning  birinchi  rejasida  badiiy  tahlilning  pеdagоgik  asоslari 

ko‘rib  chiqiladi.  Maktab  adabiyotini  o‘qitishdagi  eng  asosiy  pedagogik 

tadbir badiiy asar tahlilidir. Badiiy asarni qabul qiladigan, undan ta’sirla-

nadigan,  tahlillay  oladigan  o‘quvchini  tarbiyalagan  muallimgina  bosh 

pedagogik  maqsadiga  erishgan  hisoblanadi.  Chunki  dasturda  o‘rganish 

ko‘zda  tutilgan  adabiy  materiallarni  shunchaki  o‘qib  ketaverish  bilan 

adabiyot o‘qitish yuzaga kelmaydi. Chunki hayot tajribasi juda kam, ba-

diiy didi yetarli shakllanmagan o‘quvchilar badiiy asarni mutlaqo  teska-

ri  tushinishlari mumkin.  Shu bois asar tahliliga  katta e’tibor zarur. Bu-

siz bolalarda ezgu ma’naviy sifatlar turg‘un qaror topmaydi. Badiiy tah-

lil badiiy asardagi tuyg‘u, hissiyot va fikrni o‘quvchi sezimlari va ongiga 

ko‘chirish demakdir.      

Ikkinchi  rejada  badiiy  tahlil  turlari  ishlab  chiqiladi.    Badiiy  tahlil: 

a)  ilmiy-filologik;  b)  o‘quv-didaktik  singari  ikki  katta  turga  bo‘linadi. 

Shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilar hamkorligida amalga oshirila-

digan  didaktik – o‘quv tahlilning o‘zi tahlilchilar miqdoriga ko‘ra; a) in-

dividual – yakkama-yakka; b) guruhiy; v) ommaviy kabi uch turga bo‘li-

nadi. 


Mavzuning uchinchi rejasida asar tahlili tamоyillari xususida suh-

batlashiladi. 

O‘quv  tahlilida  amal  qilinishi  shart  bo‘lgan  bir  qator  tamoyillar 

borki,  ularga  rioya  etilmay  turib,  tahlilda  kutilgan  natijaga  erishib  bo‘l-

maydi. Bu tamoyillarning asosiylari quyidagilar: 

1. Har bir tahlilning shaxsiy mulohaza ekanligi;    

2. To‘liq tahlilning bo‘lishi mumkin emasligi; 

3.  Biror  asar  bo‘yicha  butun  sinf  yoki  o‘quvchilar  guruhining  bir 

xil fikrga kelishi shart emasligi

4. Badiiy asarga yaxlit hodisa sifatida yondashish zarurligi




 

33 


5. Tahlilda asarning tur xususiyatlari hisobga olinishi zarurligi

6.  Asar  bo‘yicha  bildirilgan  har  qanday  fikr  faqat  asar  matnidan 

keltirib chiqarilishi lozimligi.  

O‘qituvchi  epik  turdagi  asarlar  o‘rganilayotganda,  matnni  tahlil-

lash uchun savollar tuzib olishi shart. Ko‘pincha adabiyot o‘qituvchilari 

avvaldan  savol  tuzib  olishmaydi.  O‘quvchilarga  beriladigan  savollarni 

tayyorlab olishga jiddiy ahamiyat qilishmaydi, oqibatda, o‘quvchilar ol-

diga  umumiy,  tahminiy  savollar  qo‘yiladi.  Bu  holga  o‘quvchilar  ham  

o‘rganib qolishadi. Savollarning aniq va matn ichini taftish qilishda yo‘-

naltirilmaganligi  o‘quvchilarlarni  badiiy  asarni  o‘zi  o‘qimay  turib,  u 

haqda  fikr  aytishga  odatlantiradi,  chunki  savol  aniq  berilmagach,  javob 

ham shunga yarasha bo‘ladi.  O‘qituvchi savol tuzishga qanchalik jiddiy 

yondashsa, bolalarning asarni o‘rganishi ham shunchalik muvaffaqiyatli 

bo‘ladi.  Har bir savolda asarning qaysi jihati o‘rganilishi hisobga olini-

shi, o‘quvchi beradigan javob ham ko‘zda tutilishi kerak. O‘qituvchilar-

ning javobi keyingi savolni keltirib chiqarsa, juda yaxshi bo‘ladi. Savol-

lar asarni o‘rganishdagi eng muhim jihatini o‘z ichiga olishi zarur.  

To‘rtinchi rejada badiiy asar tahlili bоsqichlari haqida mulohazalar 

o‘rtaga  tashlanadi.  Badiiy  tahlilda,  albatta,  3  bosqich  bo‘lishi  zarur:  1) 

asar bilan tanishish; 2) asarni tahlil qilish; 3) tahlilni umumlashtirish.  

Mavzuning  beshinchi  rejasida  badiiy  asarlarni  o‘rganish  yo‘llari 

yoritib beriladi. Yuqorida qayd qilib o‘tilgan bosqichlarga muvofiq tarz-

da  amaldagi  metodika  badiiy  asarni tahlil  qilishning quyidagi  yo‘llarini 

tavsiya  etadi:  1)  muallifga  ergashib  yoki  yaxlit  o‘rganish;  2)  obrazlar 

bo‘yicha  o‘rganish;  3)  muammoli  o‘rganish.  Badiiy  asarni  yaxlit  yoki 

muallifga ergashib tahlillash sujetga katta e’tibor berishni ko‘zda tutadi 

va 5-6-sinflarda ko‘proq ishlatiladi. Asarni tahlil etishning maskur usuli-

ga  ko‘ra,  badiiy  asar  o‘rta  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning    xarakter 

xususiyatlari, psixologik taraqqiyot darajalari, pedagogik tayyorgarligini 

hisobga olgan holda ishlatilib, matndagi voqealarga katta e’tibor berila-

di. Bu yoshdagi o‘quvchilarga voqea muhimroq. Demak, o‘qituvchi vo-

qea, sujet orqali o‘quvchilarning tuyg‘ulariga ta’sir etishi zarur.  

Badiiy asarni  o‘rganishning ikkinchi bir yo‘li  muammoli tahlildir. 

Bu  metod ko‘pincha yuqori sinflarda qo‘llaniladi. Bu metoddagi asosiy 

narsa  badiiy  asar  tahlilida  o‘quvchilar  oldiga  muammo  qo‘yilishidir. 

O‘quvchilar o‘sha muammoni yechish jarayonida asar matniga tayanadi, 

unga  estetik  baho  beradi.  Adabiy  asarni  muammoli  o‘rganishda  o‘quv-

chilar oldiga hayotiy va estetik masala qo‘yiladi va unga har bir o‘quv-




 

34 


chi o‘zicha javob beradi. Unda javoblar qancha xilma-xil bo‘lsa, o‘shan-

cha quvonmoq kerak, chunki qolipli fikrlash, bir xil xulosaga kelish fikr-

sizlikdir.  

6-sinfda “Zarbulmasal” asari o‘rganiladi. Bu asar haqida muayyan 

tushuncha  berilib,  o‘quvchilar  asar  matnini  o‘zlashtirishgach,  ularning 

oldiga:  “Gulhaniy  asarida  nima  sababdan  qushlar  tasviridan  foydalana-

di?”  –  degan  savol  qo‘yish  lozim.  Yoki  8-sinfda  X.Sultonov  qalamiga 

mansub  “Saodat  sohili”  qissasi  o‘rganiladi.  O‘quvchilar  asar  bilan  ta-

nishganidan  keyin  ular  oldiga:  “Asarda  tasvirlangan  shoh  Boburning 

shoir Bobur, xijronzoda Boburdan farqli jihatlari aks etgan o‘rinlarini to-

ping  va  sabablarini  tushuntiring”  tarzida  muammo  qo‘yish  mumkin. 

O‘smirlar qiziquvchan, o‘z fikrlarini bildirishni xush ko‘radigan, bu fikr-

lar  bilan  boshqalarning  ham  hisoblashishlarini  istaydigan  bo‘ladi.  Ular 

psixologiyasidagi  ayni  shu  holat  adabiy  asarni  muammoli  o‘rganishda 

qo‘l keladi. 

Badiiy  asarni  o‘rganishning  eng  keng  tarqalgan  usuli  uni  timsol 

(obraz)lar bo‘yicha o‘rganishdir. Badiiy adabiyotdagi asosiy unsur obraz 

ekani  bejiz  emas.  Adabiy  asarni  o‘rganishning  bu  metodi  turli  sinf 

o‘quvchilariga  tatbiqan  mos  kelaverishi  bilan  xarakterlanadi.  Ammo 

asarlarni  qahramonlar  bo‘yicha  o‘rganish  6-sinfdan  boshlab  yaxshi  sa-

mara beradi. Negaki, bu davrda o‘smirlarda ma’naviyat masalalariga qi-

ziqish keskin ortadi. Har bir bolada o‘ziga xos axloqiy mezon shakllana-

di. Ular har bir obrazning u yoki bu xarakteridagi ijtimoiy-axloqiy asos-

ni  bilishga  intiladilar.  Shu  boisdan  ham  badiiy  asarni  obrazlar  bo‘yicha 

o‘rganish 8-9-sinflarda katta salmoq kasb etadi.  

 

                                           Adabiyotlar



1.  Dоlimоv  S.,  Ubaydullaеv  Q.,  Ahmеdоv  Q.  Adabiyot  o‘qitish 

mеtоdikasi. T., “O‘qituvchi”, 1967. 

2. Yo‘ldоshеv Q., Madaеv О., Abdurazzоqоv A. Adabiyot o‘qitish 

mеtоdikasi. T., “Universitet”, 1994. 

3. To‘хliеv B.  Adabiyot o‘qitish mеtоdikasi. T., “Yangi  asr avlo-

di”, 2007-2010. 

4.  Богданова  О.Ю  и  др.  Методика  преподавания  литературы. 

Москва: 2008. 

5. Zunnunоv A . O‘zbek adabiyoti mеtоdikasi tarixidan o‘cherklar. 

T., “O‘qituvchi”, 1973. 




 

35 


6. Zunnunоv A., Хоtamоv N., Ibrоhimоv A., Esоnоv J. Adabiyot 

o‘qitish mеtоdikasi. Т., “ O‘qituvchi”, 1992. 

7. Yo‘ldоshеv Q. Adabiyоt o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari . T., 

“O‘qituvchi”, 1996. 

8.  Резь  З.  Я.  и  др.  Методика  преподавания  литературы.  -

Москва: 1995. 

9.  Yo‘ldosheva  N.,  Murodova  S.  Adabiyot  darslarida  zamonaviy 

pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning afzalligi. T., 2007. 

10.  To‘xliyev  B.  Adabiyot  o‘qitish  metodikasi.  (Amaliy  va 

laboratoriya mashg‘ulotlari) –T., 2012. 

11. Mirqosimova M. Adabiy tahlil metodikasi. T., 1993. 

12. Niyozmetova T. Adabiy ta’lim muammolari. T., 2012. 




Download 349,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish