1-amaliy mashg’ulot. Umumiy qoidalar, Ko‘prik variantlarini loyihalash ishlarining ketma-ketligi, Mahalliy sharoitlar va konstruksiyalashning umumiy masalalarini yechish. Umumiy qoidalar



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana14.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#671300
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-амалий иш.docx (2)



1-amaliy mashg’ulot. Umumiy qoidalar, Ko‘prik variantlarini loyihalash 
ishlarining ketma-ketligi, Mahalliy sharoitlar va konstruksiyalashning 
umumiy masalalarini yechish. 
Umumiy qoidalar.
Ko‘prikning konstruktiv sxemasini loyihalashda 
uning bosh o‘lchamlarini belgilash, oraliq qurilmalarning eng maqbul 
uzunliklarini asoslash, zamin va tayanchlarning, oraliq qurilmalar 
sistemalarining, tayanchlar va oraliq qurilmalar materiallarining eng ratsional 
turlarini tanlab olish kompleks muxandislik masalasidir. Ushbu masalani 
to‘g‘ri echish inshootning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga va, asosan, 
ko‘prik qurilish narxiga, uning ishonchliligiga, uni ekspluatatsiya qilish 
qulayligiga va tashqi ko‘rinishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
 
Daryolar ustidan ko‘prik kechuvlarini loyihalashda, odatda, ko‘prik 
ostidagi suvning hisobiy sarfini o‘tkazishni ta’minlaydigan jonli kesimga 
asoslaniladi. Ko‘prikning sof oralig‘i suvning yuqori sathi gorizonti bo‘yicha 
o‘lchanadi. Ushbu kattalik o‘zanning konfiguratsiyasini, oqimning siqilish 
koeffitsientini, ruxsat etilgan yuvilishni va qayirlardagi gruntning kesilishini 
hisobga olgan holda tayanchlar orasidagi sof oraliqlar yig‘indisidan iborat 
bo‘ladi. Yuvilish koeffitsientalarini va gruntlarni qirqish yuzalarini normalar 
ruxsat etgan chegaralarda o‘zgartirib ayni bir ko‘prik o‘tuvi uchun turli 
o‘lchamlarni, sof oraliqlarni olish mumkin. Maqsadga eng muvofiq variantni 
tanlab olishda ko‘prikning sof oralig‘ini qisqartirish uning umumiy uzunligini 
kamaytiradi, lekin ayni paytda ko‘prik ostidagi suv oqimining tezlashishi 
oqibatida tayanchlar atrofida gruntning yuvilish chuqurligi kattalashib ketadi. 
Bu hol tayanchlar zamini konstruksiyasini murakkablashishiga va 
qimmatlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, bunday hollarda ancha 
murakkab va qimmat oqimni yo‘naltiruvchi dambalar (to‘g‘onlar) qurishga 
ham to‘g‘ri keladi. 
Estakada, viaduk va yo‘l o‘tkazgichlar kabi ko‘priksimon inshootlarni 
loyihalashda, odatda, ularning umumiy uzunligi loyihalash topshirig‘ida 
berilgan bo‘ladi. Ularning umumiy uzunligi umumiy planirovka 
mulohazalaridan (shahar estakadalari va yo‘l o‘tkazgichlari) yoki joyning 
relefi va balandligi katta bo‘lgan yaqinlashuv ko‘tarmasi va ko‘prik 
konstruksiyasining narxlarining nisbati bilan aniqlanadi (viaduklar uchun).
Ko‘prik inshootining konstruksiyasini loyihalash, odatda, uning bir qator 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlarini ishlab chiqishdan boshlanadi. 
Variantlarni ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zaro 
taqqoslab, berilgan mahalliy sharoitlar uchun inshootning maqsadga eng 
muvofiq varianti tanlab olinadi. 
Hozirgi paytda, ko‘priklarni loyihalashda, ushbu inshootining variantlarini 
ishlab chiqish va ularni o‘zaro taqqoslab eng to‘g‘ri qaror qabul qilishning 
birdan-bir uslubidir. Ko‘prik konstruksiyalarini tanlashga ta’sir qiladigan 
faktorlar (omillar) shunchalik ko‘p sonliki, odatda, berilgan mahalliy sharoitlar 


uchun inshootning qanday sxemasi eng ratsional bo‘lishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
javob olishning iloji bo‘lmaydi. Shu sababli, bir vaqtning o‘zida ko‘prik 
konstruksiyasining bir necha variantini ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Bunda 
ushbu konstruksiyalarning sxemalari, bir tomondan, mahalliy sharoitlardan 
(geologik, gidrologik, kema qatnovi, ishlab chiqarish va boshqa) kelib chiqib 
tamoman mantiqiy mulohazalar asosida qabul qilinadi, boshqa tomondan esa, 
u yoki bu konstruktiv qaror mutahassislarning ijodiy tashabbusi asosida qabul 
qilinadi.
Shunday qilib, ko‘prik variantlari konstruktiv sxemalarini tuzish ko‘p 
tomondan ijodiy akt (hodisa) hisoblanadi, ammo ba’zida ixtiro elementlarini 
ham o‘z ichiga olishi mumkin. 
Aytib o‘tish kerakki, variant loyihalashning ba’zi masalalarini (masalan, 
eng maqbul oraliq uzunligini, qatnov yuqoridan bo‘lganda oraliq qurilmalar 
bosh to‘sinlarining ratsional sonini, fermalar panellarining sonini aniqlash, 
oraliq qurilmalarning berilgan turi uchun tayanchlar zamini konstruksiyasini 
tanlash) echish uchun zamonaviy kompyuter dasturlaridan ham foydalanish 
mumkin bo‘ladi. 
Ammo, kompyuter dasturlaridan foydalanish ba’zi bir hollarda turli 
echimlarga keltirishi, ya’ni eng ratsional variantni tanlashda bir qator 
muammolarga ham olib kelishi mumkin. 
Masalan, variant narxi jihatidan eng maqbul bo‘lishi mumkin, ammo 
tanlangan ko‘prik konstruksiyasi noyob bo‘lgan metallning ko‘p sarfini yoki 
qurilish tashkiloti ega bo‘lmagan maxsus montaj qurilmalarini yoki jihozlarini
talab qilishi mumkindir. Bunday variant ayniqsa shahar ko‘piklari uchun 
arxitektura talablariga ham javob bermasligi mumkin. 
Shunday qilib, kompyuter dasturlaridan foydalanilganda ham odatdagi 
loyihalash uslublaridan voz kechib bo‘lmaydi, chunki unda mahalliy 
sharoitlarning barcha shartlarini jamlab ma’lumotlar sifatida kompyuter 
dasturiga kiritishning iloji har doim ham bo‘labermaydi. 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish