1-amaliy mashg’ulot. Umumiy qoidalar, Ko‘prik variantlarini loyihalash ishlarining ketma-ketligi, Mahalliy sharoitlar va konstruksiyalashning umumiy masalalarini yechish. Umumiy qoidalar



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana14.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#671300
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-амалий иш.docx (2)

2.
 
Geologik qirqim 
Ko‘prikning o‘qi bo‘yicha qirqim zamin va poydevorlarning mumkin 
bo‘lgan turlarini, shuningdek, oraliq qurilmalarning mumkin bo‘lgan 
sistemalarini (statik aniq yoki statik noaniq) tanlab olishga imkoniyat beradi. 


1.1-rasm. Oraliqlari simmetrik joylashgan temirbeton ko‘priklarning sxemalari 
 
1.2-rasm. Oraliqlari simmetrik joylashgan metall ko‘priklarning sxemalari (qirg‘oq oraliq 
qurilmalari –temirbeton)
 
1.3-rasm. Oraliqlari nosimmetrik joylashgan temirbeton ko‘priklarning sxemalari 


1.4-rasm . Oraliqlari nosimmetrik joylashgan metall ko‘priklarning sxemalari (qirg‘oq 
oraliq qurilmalari – temirbeton) 
Zaminlarni 
qurishning 
soddaligi 
yoki 
murakkabligi 
ko‘prik 
tayanchlarining va, umuman olganda, ko‘prik inshootining narxini belgilab 
beradi. Shuning uchun zaminlar turini tanlab olish va ularni qo‘llanilayotgan 
oraliq qurilmalar bilan bog‘lash ko‘prik konstruksiyasi variantlarini tuzishda 
katta ahamiyat kasb etadi.
Loyihalash amaliyotida ko‘proq uchrab turadigan, turli statik sxemalarda 
qo‘llaniladigan zaminlar tiplari 1- jadvalda keltirilgan. 
Ko‘piklar zaminlarining tipi o‘tish joyining geologik shartlariga ko‘ra 
konstruktiv talablar va qurilish ishlarini bajarish usullarini hisobga olgan holda 
tanlanadi. Bunda, hozirgi paytda, katta miqdordagi ishchi kuchlari va qurilish 
materiallarini talab etadigan,lekin shunga qaramasdan ekspluatatsiya uchun 
ishonchli bo‘lgan, kesson va tushiriladigan quduqlar ustiga joylashgan chuqur 
poydevorlarni qo‘llamaslikka harakat qilish kerak bo‘ladi. Ularning o‘rniga 
uchlari 
kengaytirilgan 
temirbeton 
yoki po‘latdan yasalgan quvur 
ko‘rinishidagi qoziqlar, yoki oddiy temirbetondan tayyorlangan, baland yoki 
past joylashgan rostverkli, chuqur joylashgan qoziqli zaminlar qo‘llaniladi. 
Ushbu qoziqlar vibrotushirgichlar yordamida burab yoyoki burg‘ilab 
tushiriladi. Bulardan tashqari diametri 1 – 3 metr bo‘lgan (6 metrgacha), loyli 
qorishmada vibrotushirgich yordamida yoki burg‘ilash yo‘li bilan loyihaviy 
sathga tushiriladigan qoziq-obolochkalar ham qo‘llaniladi. 
Katta daryolar ustidan o‘tuvlarda daryoning kengligi bo‘yicha geologik 
shartlar va ishlarning bajarilish shartlari, odatda, bir hil bo‘lmaydi. SHuning 
uchun o‘zan tayanchlarining zaminlari qayir yoki qirg‘oq tayanchlari 
zaminlaridan boshqa tip zaminlar qo‘llaniladi. Masalan, o‘zandagi 
tayanchlarning zaminlari baland rostverkli qoziqlarda, qayir yoki qirg‘oq 
tayanchlari zaminlari esa past joylashgan rostverkli qoziqlarda bo‘lishi yoki 
o‘zan tayanchlari chuqur joylashgan poydevorlarda, qayir tayanchlari esa 
qoziqlarda o‘rnatilishi mumkin.
1.1- jadval 


Yer yuzasidan 
juda 
katta 
chuqurlikda
(20-25 m dan 
katta) 
a) osma qoziqlar 
ustida 
b) tushiriladigan 
quduqlar 
yoki 
kessonlar 
ustiga 
joylashgan 
poydevorlar 
Cho‘kuvchi 
bo‘lmagan gruntlar 
Cho‘kuvchan 
gruntlar 
Har 
qanday 
to‘sinli 
To‘sinli, statik 
aniq 
Har 
qanday 
to‘sinli 
Har 
qanday 
yaxlit devor-
li to‘sinli va 
statik 
aniq 
shaparak 
fermali 
Poydevorning yuqori sathi (obrez), odatda, suvning pastki sathidan (SPS) 
0,5 m pastda, suv bo‘lmagan joylarda esa grunt yuvilishidan keyingi sathda 
joylashtiriladi. Kema qatnovi bo‘lgan oraliqlarda kemalarning tayanch 
yaqinidan o‘tishi uchun suvning minimal chuqurligi ta’minlanishi kerak. 
Daryoning geologik qirqimi poydevorlarning turlarini tanlash bilan birga 
ularning ostki sathini ham belgilab olish imkoniyatini beradi. Poydevorlarning 
ostki sathi, odatda, materik gruntining yuqorigi sathidan 0,5-1 metr 
chuqurlikda joylashtiriladi, bunda grunt qatlamining balandlik bo‘yicha 
taqsimlanishi va uning sifatini doimiyligi inobatga olinishi kerak bo‘ladi. 
Bunda poydevor joylashishi minimal chuqurligining talablariga amal qilish 
kerak. Tabiiy zaminda joylashgan massiv poydevorlar uchun ushbu 
chuqurliklar quyida ko‘rsatilgan:
Gruntning yuvilishi bo‘lmaganda:
qoyatoshli gruntlardan boshqa barcha gruntlarda– 1,0 metr (daryo osti yoki 
grunt sathidan hisoblaganda); 
qoyatoshli gruntlarda – zaminning hisobiy qarshiligi poydevorning 
bosimidan kam bo‘lmagan sathdan boshlab 0,25 metr; 
Gruntning yuvilishi bo‘lganda:
balandligi 10 metrgacha bo‘lgan poydevorlar uchun 2,5 metr va undan katta, 
umumiy balandligi 10 metrdan katta bo‘lgan poydevorlar uchun 5,0 metr va 
undan katta (gruntning yuvilishdan so‘nggi sathidan boshlab).
Bulardan tashqari, ko‘pchiydigan gruntlarda (qoyatoshli, shag‘alli va yirik 
qumli gruntlardan tashqari barcha holatlarda) poydevor ostining sathi muzlash 
chuqurligidan 0,25 metr pastda bo‘lishi kerak. 
Tayanchlarni aniq loyihalashda past joylashgan qoziqli rostverk qo‘llanilsa 
plitaning gruntga kirish chuqurligi hisob-kitob orqali aniqlanadi. Eskiz 
loyihalashda esa, odatda, rostverk plitasining osti grunt yuvilishidan keyingi 
sathdan 1,5 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikka joylashtiriladi. 
Baland joylashgan qoziqli rostverk qo‘llanilganda rostverk plitasining 
qalinligi suv osti betoni qatlamini hisobga olmaganda 2 metrdan kam 
bo‘lmasligi kerak. 
Suv bilan qoplangan joylarda rostverk plitasining usti SPS gorizontidan 0,5 
metr pastda, plitaning osti esa muz gorizontidan muz qalinligi + 0,25 metrdan 


kam bo‘lmagan chuqurlikda joylashtiriladi. Suv bo‘lmagan joylarda rostverk 
plitasining osti quyidagi chuqurliklarda joylashtirilishi kerak: 
-katta-katta sinadigan gruntlarda, yirik va o‘rta kattalikdagi qumli 
gruntlarda rostverk plitasining osti har qanday sathda joylashtirilishi mumkin 
(sharti – ko‘rsatilgan gruntlarning qalinligi muzlash chuqurligidan pastda 
bo‘lishi va ular muzlagan paytda bosimli grunt suvlarining bo‘lmasligidir); 
-gilli, suglinokli, mayda qumli va changli gruntlarda rostverk plitasining 
osti muzlash chuqurligidan eng kamida 0,25 metr pastda bo‘lishi kerak. 
Yuvilish chuqurligi tayanch joylashgan erdagi suv chuqurligining foizlari 
ko‘rinishida aniqlanadi. Yuvilish koeffitsienti ko‘prik sof oralig‘ini hisoblash 
jarayonida aniqlanadi. Yuvilishdan so‘ng paydo bo‘lgan chuqurlik, odatda, 
o‘sha joydagi yuvilishgacha bo‘lgan suv chuqurligining 1,10 - 1,20 barobar 
qiymatiga teng bo‘ladi. Chuqur poydevorlarda yuvilish koeffitsientining 
qiymati 1,3 – 1,5 gacha etib borishi mumkin. Mahalliy yuvilish voronkasining 
chuqurligini oqimning tezligiga bog‘liq holda taxminan 0,5 – 1,5 metrga teng 
qabul qilish mumkin.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish