Kredit ob’ekti
Kredit sub’ekti
Qarzga berilgan qiymat yo‘nalishi
Qarz oluvchi
Kreditor
Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi:
1. Taqsimlash. Bo‘sh pul mablag‘larini qaytarish sharti bilan qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga oshiradi va ishlab chiqarish resurslarining ko‘chib yurishini ta’minlaydi.
2. Emissiya. Kredit asosida va unga bog‘lik xolda pul belgilari, pulga tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya qilinadi, xo‘jalik oborotiga kiritiladi.
3. Nazorat qilish. Kredit operasiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi.
4. Bo‘sh pul mablag‘larini harakatdagi, oborotdagi kapitalga aylantirish.
5. Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali tejamkorlik, iqtisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi.
Kredit resurslaridan korxona qo‘yidagi hollarda foydalanishi mumkin:
1) Korxona kreditni xarajatlarning biron turini amalga oshirish uchun, masalan, xom-ashyo, materiallar sotib olish, tugallanmagan ishlab chiqarish yoki jo‘natilgan tovarlar uchun olishi mumkin.
2) Korxona aylanma fondlarning doiraviy aylanishining barcha bosqichlarida kreditni jalb qilishi mumkin.
3) Korxonani kompleks kreditlashtirish zarur bo‘lganda amalga oshiriladi.
Kreditning harakat bosqichlari
Bk - Okz - Ik ….. Vr ….. Qk - Fks
Bk - Kreditning berilishi;
Okz – Kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish uchun olinishi;
Ik – Kreditning ishlatilishi;
Vr – Qarz oluvchi xo‘jaligida olingan qiymatning aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishidan chiqarilishi;
Qk – Kreditni qaytarish;
Fks – Kreditning qaytib kelishi, foiz bilan.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining doiraviy aylanishining to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to‘lov summasini olish obyektiv va subyektiv sabablar tufayli kechiktirilgan holda kreditning zarurligi kelib chiqadi.
Kredit qaysi usulda va muddatda, kim tomonidan berilishi va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, bir necha tur va shakllarga bo‘linadi.
A. Kreditning berilish muddatlariga qarab qo‘yidagi turlari qo‘llanilib kelinmoqda:
1. Qisqa muddatli kreditlash;
2. Uzoq muddatli kreditlash (investision loyihalarni moliyalashtirish).
Shuni ham aytish joizki, qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatda beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o‘lchovi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa va uzoq muddatli kredit berishning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi.
Kredit shartnomasi bo‘yicha bir tomon – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (qarz beruvchi) shartnomada nazarda tutilgan miqdor va shartlar bo‘yicha boshqa tomonga (qarz oluvchiga) mablag‘ (kredit) berishni va qarz oluvchi olingan pul miqdorini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
► Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak, uning bir nusxasi qarz oluvchiga beriladi.
Kreditning garov ta’minoti
Do'stlaringiz bilan baham: |