Qarz oluvchilar to‘lovni muddatidan oldin to‘lashga haqli.
Kreditni qaytarmaslik oqibatlari
Foiz va asosiy qarzni to‘lashning har bir kechiktirilgan kuni uchun bank penya hisoblaydi.
Agar qarzdor kreditni qaytarish majburiyatlarini bajarmasa, bank qarzdorga garovga qo‘yiladigan mulkka majburiy undiruvni qaratish tartibi boshlangani haqida xabar beradi.
1-topshiriq: Kreditning iqtisodiy kategoriya sifatidagi qator vazifalarni klasster usulida ifodalang.
2-topshiriq: Kreditning elementar tushunchalarini “Tushunchalar tahlili” metodi asosida izohlang.
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
Kredit
|
|
Emissiya
|
|
Garov
|
|
Kredit subyekti
|
|
Kredit obyekti
|
|
Ipoteka
|
|
Kredit shartnomasi
|
|
Ikramova Dono
4-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Smeta-davlat moliyaviy hujjat sifatida.
Reja:
1.Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi hujjatlari haqida.
2.Smeta hujjatlarini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizom
3. Smeta hujjatlarining tarkibi (umumiy qoidalar)
4.Smeta hujjatlari turlari
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Magistrlarga maktabgacha ta’lim tashkilotining xarajatlar smetasi haqida ma’lumotlar berish.
Ta’lim metodlari: Baliq skeleti, aqliy xujum, klaster, blits so‘rov.
Ta’lim vositalari: tayanch matn, ekspert topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: magistrlar MTT Smetasi xaqida , u qanday hujjat ekanligi va nimaga xizmat qilishi xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Kichik ma’ruza: Smeta(rus.)- oldindan tuzilgan kirim-chiqim hisobi.
Hisob -kitob hujjatlari inshootlarni , binolarni,korxonalarni qurish loyixasining majburiy qismi bo‘lib, unga alohida bo‘lim sifatida kiritilgan. Loyixalash ishlari buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida ushbu faoliyat turiga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Smeta hujjatlarini tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 15-dekabrdagi “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish,tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi ro‘yxat raqami 2634-sonli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi byudjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini , shuningdek byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya -buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu nizomga muvofiq:
-Byudjet tashkiloti va byudjet mablag‘lari oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xisobidan xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi.
-Byudjet tashkilotlari xarajatlarni qoplash uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan tashqari boshqa daromad manbalari mavjud bo‘lganda, mazkur ko‘ratilgan mablag‘lar bo‘yicha ham daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzadi.
-Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetalarini , daromadlar va xarajatlar smetalarini , shuningdek shtat jadvallarini normativ- huquqiy hujjatlar asosida mustaqil ravishda tuzadilar.
Umumta’lim maktablari , Maktabgacha ta’lim muassasalari va tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetalari , daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-buhgalteria xizmatlari tomonidan tuziladi, ro‘yxatga olinadi , shuningdek tegishli jamlanma smetalariga va shtat jadvallariga umumlashtiriladi.
Loyixa –Smeta hujjatlarini ishlab chiqish tartibi, shartnomaga ko‘ra , mijoz texnik topshiriqni pudratchiga topshirishi kerak. Unda obyektni qurish muddati ,uning parametrlari, loyixalash bosqichlari va ishlarni sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa dastlabki ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
Loyixa-Smeta hujjatlarini ishlab chiqish bir yoki ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi variant texnik jihatdan oddiy obyektlar, standart binolar va inshootlar,texnik qayta jihozlash obyektlari uchun qo‘llaniladi.
Keyinchalik murakkab obyektlar uchun hujjatlar 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchisida loyixa yaratiladi, ikkinchisida-ishchi hujjatlar. Birinchisi o‘z navbatida 2 qismdan iborat:
1)Arxitektura va qurilish chizmalari(shu jumladan ishni tashkil etish, muhandislik uskunalari va boshqalar)
2)Smeta va texnik –iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Loyiha tasdiqlangandan keyin ishlab chiqiladi.Ishchi hujjatlar chizmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi, ularga muvofiq chizmalar asos sifatida ishlab chiqariladi. Ular, shuningdek resurslarga bo‘lgan talablar bo‘yicha xulosa va mahalliy hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladi.
Narxni aniqlash uchun qurilish ishlari hisob-kitoblarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
- obyekt va mahalliy;
- yoqilgan ba’zi turlari xarajatlar;
- qurilish/ ta’mirlash xarajatlari.
Smeta hujjatlari turlari quyidagicha:
1)Xarajatlar Smetasi-maxsulot ishlab chiqarish,ishlatish, xizmatlarni bajarish bo‘yicha to‘liq xarajatlar hisobi;
2)Daromadlar va xarajatlar Smetasi- korxona, tashkilot ,muassasaning xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari tushumlari va ularni sarflash bo‘yicha hujjatlashtirilgan buxgalteriya rejasi. Ba’zan ishlab chiqarishga , obyektlarni qurishga alohida xarajatlar smetasi tuziladi.
3)Smeta bo‘yicha moliyalashtirish-xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan xarajatlar hisoblariga ko‘ra , davlat byudjetidan pul mablag‘lari ajratish.
1-topshiriq. Smeta hujjatlari turlarini Klaster metodi asosida ko‘rsatib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |