1-amaliy mashg’ulot mavzu: Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga


-topshiriq: «6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi ko’rsatkichlarini dastur asosida ifodalang»



Download 43,85 Kb.
bet22/22
Sana01.02.2022
Hajmi43,85 Kb.
#423460
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
TOPSHIRIQLAR

1-topshiriq: «6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi ko’rsatkichlarini dastur asosida ifodalang»
5- Amaliy mashg‘ulot . Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga psixologik tayyorligi TOPSHIRIQLAR. 1.Bolalarda 6-7 yosh davrida qanday psixologik o’zgarishlar bo’ladi? 2. Bolalarni psixologik maktab ta’limiga tayyorlashda nimalarga axamiyat berish zarur? 3.Bola ruxiy sog’lom bo’lishiga qanday omillar ta’sir qiladi? 4. Tez asabiylashadigan, jaxldor, yig’loqi, xissiyotlarini jilovloy olmaydigan bolalar bilan qanday ishlash kerak? 5.Yuqoridagi savollarga innovatsion metodlarni qo’llab javob beradilar. Qisqa ma’ruza. Психик жараёнларнинг ривожланиши. Bu yosh bosqichining o’ziga xos tomoni bo’lib bilishga doir va fikriy psixik jarayonlarning faol rivojlanishi hisoblanadi. Bola kuzatishga qarab izlash kabi ixtiyoriy harakatlarni bajaradi. Mana shu yoshda sensor etalonlar – shakl, rang, o’lcham to’la o’zlashtiriladi. Maydon-makonni anglashning rivojlanishi davom etadi. Bola pastga, tepaga, boshqa tomonga kabi tushunchalar bilan amallarni bajara boshlaydi. SHuningdek, endilikda o’ng va chap tomonni tasavvur qilish aniq shakllangan bo’lishi lozim. Biroq, bu yoshdagi bolalarda bir vaqtning o’zida turli xildagi belgilarning hisobga olinishi lozim bo’ladigan paytlarda xatolikka yo’l qo’yishlari uchrashi mumkin. Diqqat. Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola diqqatini ongli ravishda ma’lum bir predmetlarga va ob’ektlarga yo’naltirib va jamlab tura oladi. Diqqatning barqarorligi ortishi – 20-25 daqiqa, diqqat hajmi 7-8 ta predmetni qamrab oladi. Bola ikkiyoqlama tasvirlarni ko’ra olishi mumkin. Xotira. Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari paydo bo’ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo’ladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola o’zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda – eslab qolish va eslash holatlarda namoyon bo’ladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama rag’batlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar – anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bo’lishi vositalangan xotiraning – eslab qolishning eng mahsuldor shakli rivojlanishiga yordam beradi. Bu yo’ldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning o’ziga xosliklari – yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko’rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va guruhlash usullariga maqsadli ravishda o’rgatish mumkin. Fikrlash. Ilgarigidek, yetakchi bo’lib ko’rgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi, lekin maktabgacha yosh oxiriga kelib so’zli-mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi. U so’zlarn ishlata bilish, fikr-mulohazalar mantig’ini tushuna olish mahoratining rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu yerda albatta katta yoshlilarning yordami zarur bo’lib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan, predmetlar kattaligi yoki sonini taqqoslashlaridagi bolalarcha fikr-mulohazalarining nomantiqiyligi mavjud bo’lishi ma’lumdir. Maktabgacha bo’lgan yoshda tushunchalarning rivojlanishi boshlanadi. To’la holda so’zli-mantiqiy, tushunchali yoki abstrakt fikrlash o’smirlik yoshiga kelib shakllanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi, muammoli vaziyatlar yechimini topa olishi mumkin bo’ladi. Tasavvur. Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning o’ziga xos faolligi bilan tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo’ladi, ya’ni, bironbir ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo’ladi, keyinchalik esa butunlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bo’lgan ijodiy tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o’ta muhimdir. Nutq. Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo’la boradi. So’z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan birga ko’p o’qilsa va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo’ladi. Yozma nutq shakllana boshlaydi. So’z boyligi taxminan 3 000 ta so’zgacha boyib boradi. Shaxs rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ongidagi asosiy o’zgarish bo’lib “harakatlar ichki rejasi”ning paydo bo’lishi hisoblanib, u bolaga nafaqat ko’rgazmali tarzda, balki ongli ravishda ham turli xildagi tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi. Bolaning o’z-o’zini anglashida “Men” obrazini anglashi refleksif qobiliyatini belgilaydi, ya’ni, tahlil qilishi, o’z harakatlarining maqsadlari va natijalari uchun javob bera olishi, shu jumladan, o’z kechinmalari, hissiyotlarini anglashi. Aynan shu yangilanish bolaning ma’nan rivojlanishining asosi bo’lib hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida rivojlanishining eng muhim yangi hosilasi sifatida motivlarning bo’ysundirilishi hisoblanadi. “Men qilishim kerak”, “men qila olaman” motivlarining anglanishi “men xohlayman” motivi ustidan ustunlik qila boshlaydi. O’z “Men”ini anglash va mana shu asosida maktab yoshi oxiriga kelib ichki hissiyotlarning paydo bo’lishi yangi ehtiyojlarni tug’diradi. Butun maktabgacha yosh davomidagi faoliyatning yetakchi turi bo’lib hisoblangan o’yin mana shuning natijasida endi bolaning ehtiyojlarini to’la qondira olmay qoladi. Bolada endilikda o’z bolalarcha hayoti doirasidan tashqariga chiqishga intilish, ijtimoiy-ahamiyatli faoliyatda o’z o’rnini egallash istagi yuzaga keladi, ya’ni, bola yangi ijtimoiy hissiyotni – “maktab o’quvchisi o’rnini”ni egallashga intiladi, bu esa 6-7 yoshli bolalarning shaxsiy hamda psixik rivojlanishidagi eng muhim natija va o’ziga xosligi bo’lib sanaladi. 6-7 yoshda bola o’zini nafaqat uning o’zi hosil qilgan amaliy harakatlar chegaralarida anglay boshlaydi, balki u o’zining atrof-muhitga va boshqa kishilar orasidagi o’z o’rniga nisbatan munosabatlarini tushuna olish hamda tahlil qila olishga (bu yosh uchun xos bo’lgan shaklda) qobil bo’ladi: o’zini ijtimoiy munosabatlar tizimidagi sub’ekt sifatida tushunish – o’zining ijtimoiy “Men”ini anglash paydo bo’ladi. O’z-o’zini baholash bu yoshdagi bolada qoidaga ko’ra, o’zini ko’ra olish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Bunda bola tashqi baholashga juda bog’liq bo’ladi, chunki u o’zi haqida ob’ektiv fikrni tuza olish imkoniga ega bo’lmaydi, u o’zining qiyofasini tengdoshlari va kattalar o’z nomiga eshitgan baholardan kelib chiqib tuzadi. Maktabgacha yoshda bo’lgan bolalar yaxshi, va birinchi bo’lishga jon-dili bilan intiladilar, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda xafa bo’ladilar, kattalarning munosabati, kayfiyati o’zgarib qolishiga yorqin va emotsionalь ravishda reaktsiya ko’rsatadilar. Bu davrda bolalarning guruhda taniqli va yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq namoyon bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi ehtiyoji bo’lib ham o’z tengdoshlar, ham kattalar bilan muloqoti sanaladi. Oldingi yosh davridagidek yetakchi faoliyat bo’lib syujetli-rolli o’yinlar qolaveradi. Bu yoshdagi o’yinlarning o’ziga xosligi bo’lib shu narsa hisoblanadiki, bunda bolalar kishilarning murakkab o’zaro harakatlarini o’zlashtirishni va uni amalga oshirib ko’rishni, atrof-muhitdagi asosiy hayotiy vaziyatlarni sinab ko’rishni boshlaydilar. O’yinlar murakkablasha boradi, ba’zan kattalar har doim ham tushuna olmaydigan alohida mazmunga ega bo’ladi. Bunda bolalar butun o’yin maydonini to’la kuzatib turishga, o’yindagi barcha ishtirokchilarni ko’rib turishga va zaruriy o’yin harakatlariga bog’liq bo’ladigan o’z xulq-atvori yoki rolini o’zgartirib turishga qodir bo’ladilar. 6-7 yoshli bolaning muloqoti Bu yoshdagi muloqot vaziyatli-shaxsiy, ya’ni, berilgan konkret vaqtdagi vaziyatni emas, balki “nima bo’ldi” yoki “nima bo’ladi” tarzidagi vaziyatni aks ettiruvchi sifatida bo’ladi. Muloqotning asosiy mazmuni kishilar dunyosi, xulq-ator qoidalari, tabiiy hodisalardan iborat bo’ladi. Kattalar dunyo tabiatini ochuvchi ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy kontaktlar va odamlar orasidagi qoidalarning tashuvchisi bo’lib sanaladi. muloqot jarayonidagi yetakchi ehtiyoj – o’zaro tushunish, his-tuyg’ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan o’zining ham ijobiy, ham salbiy yorqin kechinmalari bilan o’rtoqlashadi. Ota-onalar hamda pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emotsiyalarini ularning bola hayoti uchun ahamiyatliligini kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir. Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon bo’lishi ifodalanadi: muloqot tashabbusini boshlash; birinchi yaqinlik; biri-biriga, tan olinishga va hurmatga ehtiyoj; musobaqalashuv tarzidagi taqlid qilish; sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik (ranjish, qarshilik, janjal); guruhda bolalarning tutgan o’rni bo’yicha farqlanishi paydo bo’ladi. 7 yoshlarga kelib bolada maktabgacha bo’lgan yosh davri tugaydi. Bu davrdagi asosiy ko’nikmalar bo’ilb quyidagilar sanaladi: bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining o’zlashtirilishi; boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyati; “maktab o’quvchisi ichki hissiyoti”ning shakllanishi, ya’ni, ongli ravishda, u nima qilish kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to’la tushuna olish bilan bolaning maktabga borish istagining paydo bo’lishi. Maktabgacha yoshda davomida bolalar narsalar dunyosini kishilik madaniyatining predmetlari sifatida o’zlashtiradilar; boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qilishni o’rganadilar; ularda jinsiy identifikatsiyalanish rivojlanadi, maktab o’quvchisi pozitsiyasi shakllanadi. Maktabgacha bo’lgan yosh oxiriga kelib bola endilikda bilishga doir va shaxsiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo’lib, bu unga maktabda keyinchalik muvaffaqiyatli o’qishga imkon beradi. Xushchaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar – sangvinik temperamentga mansub bo‘ladilar. Ko‘pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar – melanxolik temperamentga kiradilar. Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar – flegmatiklardir. Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar – xolerik hisoblanadilar. Bolalar kattalarning yordamiga muhtoj bo‘lishiga qarab ham birbirlaridan farq qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti-harakatni bajarishni bir necha marta ko‘rsatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. Boshqa bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba ko‘rsatilsa yetarli bo‘ladi. Shunday bolalar ham borki, ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar. Bolalar o‘zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar ko‘p savol beradilar va harakatchan bo‘ladilar, ba’zi bolalarni esa hech narsa qiziqtirmaydi. Ota-onalar bolalaridagi o‘ziga xosliklarni qanchalik chuqur bilsalar, ularga o‘rgatishni muvaffaqiyatli tashkil qila oladilar. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va mukammal bo‘lib rivojlangan bo‘lishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, o`ylaymanki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruhida, yetuk inson bo‘lib etishadilar. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his-tuyg`ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq namunalarini o‘rgatish ancha oson kechadi.
5- Amaliy mashg‘ulot . Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorligi taxlili. TOPSHIRIQLAR. 1. 6-7 yoshdagi maktabgacha bo’lgan bolaning umumiy asosiy kompetentsiyalari taxlil qiling 2. Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish sohasi kompetentsiyalarini tushuntiring. 3. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetentsiyalarini taxlil qilish 4. .«Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetentsiyalari 5. .”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetentsiyalari 6. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetentsiyalari“ Qisqa ma’ruza. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limida kompetentlilik yondashuvi Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limida kompetentlilik yondashuvi bolaning o’suvchi shaxsini hayotga, shu jumladan, maktabda o’qishga tayyorlashni, unda ma’naviy qadriyatlar va me’yorlarni o’zlashtirish, boshqa kishilar bilan muloqot qilish, o’z menini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo’ladigan faoliyat usullarini ko’zda tutadi. Boshlang’ich asosiy kompetentsiyalar faoliyat va xulq-atvor sub’ekti sifatida bolaning yaxlit rivojlanishini talab qiladi. 6-7 yoshdagi maktabgacha bo’lgan bolaning umumiy asosiy kompetentsiyalari Kommunikativ kompetentsiya–muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko’nikmasi. O’yin kompetentsiyasi – bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko’nikmalardan ijodiy foydalanishi. O’quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetentsiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tuta olish mahorati. Bilish kompetentsiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlardan o’quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Bola rivojlanishi sohalarining kompetentsiyalari Bola kompetentsiyalari uning quyidagi rivojlanish sohalarida aniqlanadi: jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish; Ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o’qish va yozish ko’nikmalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish. 1. Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish sohasi kompetentsiyalari “ Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish” sohasida o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakunida 6-7 yoshli bola : jismoniy rivojlanishdagi o’z imkoniyatlari va yosh me’yorlariga mos holda jismoniy faollikni namoyon qiladi; koordinatsiyalashgan va maqsadli holda harakatli faollikning har xil turlarini amalga oshira oladi; turli hayotiy va o’quv vaziyatlarida mayda motorika ko’nikmalaridan foydalanadi; sezgi organlari yordamida o’z harakatlarini tartibga soladi; shaxsiy gigiena ko’nikmalarini qo’llaydi; sog’lom turmush va to’g’ri ovqatlanish asoslarini biladi; xavfsiz hayotiy faoliyati qoidalariga rioya qiladi. 2. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetentsiyalari “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: o’z “Men”i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi; o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi. 3.«Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetentsiyalari “Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari” sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: nutqni eshitadi va tushunadi; o’z nutqida to’g’ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruktsiyalaridan foydalanadi; ikkinchi tilni o’rganishga qiziqish namoyon qiladi; ikkinchi tilni egallash bo’yicha dastlabki bilimlarini ko’rsatadi; badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; so’zning lug’aviy, bo’g’inli va fonetik tuzilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi; turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so’zlab berishni biladi; yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. 4.”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetentsiyalari Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi; o’quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi; predmetlar, voqealar va ko’rinishlar o’rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo’llaydi; makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi; atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko’rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi; atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g’amxo’r munosabatni namoyon etadi. 5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetentsiyalari “Ijodiy rivojlanish” sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi; milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi; san’atning muayyan turini afzal ko’rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; olingan bilim va ko’nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o’z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi; insonning dunyoni o’zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
6- Amaliy mashg‘ulot . Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorligini tashxislash usullari. TOPSHIRIQLAR. 1.Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari axamiyatini yoritish. 1. Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi. 2. Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish suhbati; - Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar; - Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ). 3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: Qisqa ma’ruza. Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari. Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash bu tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning qaysi jihatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti yoshlining muvaffaqiyatlari va kamchiliklariga qanday yondashishda, shu maqsadda u tarbiyachilarga, qolaversa, 1-sinf o‘qituvchilari uchun ham kerak. Bolani o‘qitish uchun uni har tomonlama bilish kerak. Afsuski, bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini oqlamagan turli xil shakllarni ko‘pligi ta’lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmoqda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini belgilovchi asosiy ko‘rsatgich sifatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va undan ham oshik so‘z) ilgari surilmoqda. Vaholanki, bu ko‘nikma maktabgacha ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o‘qishga urgangan bo`lsa yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida qabul qilinmasligi kerak. Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim lishga tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning barchasini qo‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suhbat yoki o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola o‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini so‘ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul. Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy bo‘lgan hamda ota-onalarning ham bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jihatlarni chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi: 1. Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi. 2. Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish suhbati; - Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar; - Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ). 3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: - bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik); - bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma; - bolalarning ogzaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi savolnoma. 4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllari: - ko‘rish xotirasi; - eshitish xotirasi; - mazmun xotirasi; - tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji; - ogzaki – mantiqiy fikrlash rivoji; - ma’lum joyda, hududda mo‘ljal olish rivoji; - matematik tushunchalari rivoji; - tasvirlash faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va uddalashi rivoji; - o‘zi va o‘zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash. Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash. Maktabga qabul qilinishdan oldin barcha bolalar o‘z yashash joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bo‘yicha shifokorlardan iborat bo‘lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan utishi shart. Ular bolaning sog`ligi va maktabga tayyorgarligi haqida o‘z xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta bahorda o‘tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida dispanserizatsiyada to‘ldirib olish imkonini beradi. Harakatning asosiy turlari, qo‘l muskullari sport o‘yinlarining oddiy ko‘nikmalari, harakat sifati rivojlanganligini musobaqa, estafeta tarzida o‘tkaziladigan sport va harakatli o‘yinlar davomida tekshirish mumkin. Bolaning shaxsiy–psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash. Tashxislash suhbati savollari: 1. Familiyangni, ismingni, otangni ismini ayt. 2. Ota – onangning familiyasi, ismi, otasining ismini ayt. 3. Sen qizmi yoki o‘g‘il ? Katta bo‘lsang kim bo‘lasan: xolami, tog‘ami? 4. Sening akang (opang) bormi, kim katta ? 5. Yoshing nechada ? Bir yildan keyin nechaga kirasan, iki yildan keyin- hi? Topshiriq; namuna bo’yicha 20 ta savol tuzing. Kern-Irasek uslubi bo‘yicha tashxis o‘tkazish. Bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish 4 topshiriqdan iborat bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad ulardagi maktab uchun zarur bo‘lan faoliyatlari rivojidagi, jumladan, bosh miya chanog‘ini analitik va sintetik vazifalari, motorikalaridagi yetishmovchilikni aniqlash. Kern-Irasek metodi bo‘yicha bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligi darajasini aniqlash alohida yoki 10-15 boladan iborat guruh bilan bir vaqtning o‘zida olib borilishi mumkin. To‘rtinchi topshiriq esa har bir bola bilan alohida, maxsus ajratilgan xonalarda ajratiladi. Bolaga (yoki guruhdagi 10-15 bolaga) oddiy qog‘ozdan toza bir varoq beriladi. Qog‘ozning yuqoridan o‘ng burchagiga tadqiqot bilan qamrab olingan bolaning ismi, familiyasi, yoshi hamda tekshirish o‘tkazilayotgan sana yozib quyiladi. Ish qog‘ozi tagiga qattiq qog‘oz qo`yiladi. Qalam bolaning oldiga shunday qo‘yilishi kerakki, unga o‘ng va chap qo‘l bilan ham olish o‘ng‘ay bo‘lsin. Tashxis o‘tkazish uch topshiriqdan iborat: 1. Odam rasmi. 2. Uch so‘zidan iborat, chizilgan qisqa ibora (U osh yedi). 3. Chizilgan nuqtalar guruhi. Varaqning yuz qismi birinchi topshiriqni bajarish uchun ajratiladi. Birinchi topshiriqqa quyidagi yo‘riqnoma beriladi: «Bu yerga (har biriga qaergaligi ko‘rsatiladi) biror-bir erkakning (tog‘angning) rasmini bilganlaringizcha chizinglar». Shundan so‘ng tushuncha (yordam) berish, rasmning kamchiligi va xatosi yuzasidan ogohlantirish taqiqlanadi. Boladan tushadigan har bir savolga quyidagicha javob berish lozim. «O‘zing bilganingday qilib chiz». Agar bola ishni boshlay olmay tursa, quyidagicha unga dalda berish kerak: «Ko‘ryapsanmi, sen qanday yaxshi boshlading», «Chizishda davom et». «Xola»ni chizsam bo‘ladimi? Degan savolga barchamiz tog‘ani chizyapmiz deya tushuntirish kerak. Agar bola ayol figurasini chiza boshlagan bo‘lsa, uni oxirigacha etkazishni kutib turib, keyin yonidan erkak kishining rasmini chizishni so‘rash kerak. Bola rasm chizishni yakunlagach, ish qog‘ozi teskari ag‘dariladi. Uning orqa tarafi ko‘ndalang chiziq bilan teng ikkiga bo‘linadi (buni oldindan qilish ham mumkin). 2-topshirqni bajarish uchun 10-15 ta kartochka (7-8sm ga 13-14 sm o‘lchamda) kerak bo‘ladi. Unga «U osh edi» iborasi qo‘lyozmada yoziladi (harflar o‘lchami-1 sm, bosh harf-1, sm ). Ibora yozilgan kartochka bolaning oldiga, ish qog‘ozdan sal yuqoriroqqa qo`yiladi. Ikkinchi topshiriq quyidagicha izohlanadi: «Qaranglar, bu erda nimadir yozilgan. Sen hali yozishni bilmaysan. Shuning uchun buni chizishga harakat qil. Yaxshilab ko‘rib olgin, bu qanday yozilagn va varaqning yuqori qismiga (qaergaligini ko‘rsating) xuddi shunday qilib yozing». Agar bolalardan birortasi qator o‘zunligi hisobini ololmay uchinchi so‘zni sig‘dira olmasa, unga uchinchi so‘zni pastdan yoki tepadan yozish mumkinligini aytish lozim. Yuqoridagi o‘lchamli kartochkalarni uchinchi topshiriqni bajarish uchun ham tayyorlab qo‘yish kerak. Ulardan nuqtalar guruhi tasvirlangan bo‘lib, ular oralig‘i vertikal va gorizontal bo‘yicha – 1 sm, nuqtalar diametri-2mm: Bola 2-topshiriqni bajarib bo‘lgan birinchi kartochka undan olinib, o‘rniga ikkinchi (nuqtalari bor) kartochka shunday qo`yiladiki, unda nuqtalar orqali tasvirlangan besh burchakli o‘tkir burchagi pastga qaragan bo‘lishi kerak. Uchinchi topshiriqqa quyidagicha yo‘riqnoma beriladi: «Bu yerda nuqtalar chizilgan. Xuddi shunday qilib varaqning pastki qismiga (qayergaligini ko‘rsating) o‘zing chizishga harakat qil».

1


2.

3


4


5


6


7


8


9


10


11


12


Download 43,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish