Qand, g/100 ml |
Nordonligi,
g/100l da
|
Kuchli likerlar
|
30-45
|
32-50
|
0,30-0,35
|
Desert likerlar
|
25-30
|
35-50
|
0,25-0,60
|
Kremlar
|
20-23
|
50-60
|
0,35-0,44
|
Nalivki
|
18-20
|
28-40
|
0,30-0,70
|
Shirin nastoykalar
|
16-24
|
16-30
|
0,22-0,45
|
Yarim shirin nastoykalar
|
30-40
|
2-10
|
0,40-0,65
|
Achchiq nastoyka va balzamlar
|
25-47
|
-
|
-
|
Maxsus aroq
|
40-45
|
-
|
-
|
Punshlar
|
17
|
40gacha
|
0,50-0,99
|
Desert ichimliklar
|
12-16
|
18-30
|
0,40-0,85
|
Liker-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ozuqaviy xom ashyolardan tayyorlangan rektifikastiya qilingan spirt, quritilgan meva va rezavor mevalar, xushbo’y o’tlar, ildizlar, uruglar, gullar, sitrus mevalarining po’stloqlari, qand, suv va boshqa xom ashyolar ishlatiladi.
Qo’shimcha xom ashyo sifatida esa origanik kislotaldar, efir moylari, aromatik moddalar, bo’yoq moddalari va boshqalar ishlatladi. Liker-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’llaniladigan suv toza ichimlik suvi talablariga javob berishi kerak.
Ba’zi bir liker-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda esa konyak, portveyn, qora rangli pivo, tabiiy asal va boshqa mahsulotlar ishlatiladi.
Asosiy va qo’shimcha xom ashyolardan liker-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan spirtlangan sharbat, spirtlangan mors, aromatik spirtlar, nastoykalar sing’ari polufabrikatlar tayyorlanadi.
Spirtlangan sharbat – bu meva va rezavor mevalarning sifatli sharbati bo’lib unga 25 % gacha yuqori arajada tozalangan etil spirti qo’shiladi. Sharbat zamburug yoki bakteriyalar bilan kasallanmagan mevalardan tayyorlangan bo’lishi kerak. Yaxshi pishib etilmagan, chirigan, bijg’ish belg’ilari mavjud bo’lgan mevalar bunday sharbat ishlab chiqarish uchun qo’llanilmasligi kerak.
Shuningdek, har xil sharbatlarni aralashtirish, ulariga sun’iy bo’yoq va aromatik moddalar, origanik kislotalar, konservantlar ham qo’shishga ruxsat etilmaydi.
Spirt qo’shilgandan so’ngra sharbatlar yaxshi tinishi uchun 10-20 kun davomida tindirib qo’yiladi. Spirtlangan sharbat tiniq, cho’kmalarsiz, hidi va ta’mi qaysi mevalardan tayyorlangan bo’lsa o’sha mevaning turiga mos bo’lishi kerak.
Spirtlangan mors yuqori sifatli ho’l yoki quritilgan mevalarning suv-spirt aralashmasidagi damlamasi hisoblanadi. Bunda xom ashyo saralanadi va maydalanadi, danakli mevalarni butunlay maydalab yuborish maqsadga muvofiq emas. Chunki, danakli mevalar tarkibida bo’ladigan glyukozid amidalin morsga yoqimsiz achchiq ta’m berishi mumkin.
Ho’l mevalardan tayyorlangan, spirtlangan morslarning sifati muzlatilgan yoki quritilgan mevalardan tayyorlangan mevalarning sifatiga qaraganda birmuncha yuqori bo’ladi. Buning sababi shundaki, quritish va muzlatish jarayonida mevalar o’ziga xos xushbo’y aromatik moddalarning bir qismini yo’qotadi.
Xushbo’ylantirilgan spirt – bu o’simlik xom ashyolariga 50-60 foizli spirtni ta’sir ettirib damlamani xaydash yo’li bilan olingan etil spirti hisoblanadi. Bu spirtda efir moylarining va boshqa aromatik moddalaring’ hidi yaqqol sezilib turadi.
Qand sharbati – bu xom ashyo liker-aroq mahsulotlariga ularning shirinligini oshirish, achchiqligini yumshatish uchun qo’llaniladi. Unda saxarozaning kristallanishining oldini olish uchun limon kislotasi yordamida saxaroza gidrolizlanadi.
Liker-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish. Liker-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish xom ashyoning alohida qismlarini va yarim fabrikatlarni bir-biriga aralashtirish (kupajlangan), obdon aralashtirish, filtrlash va ma’lum davr ushlab turish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Aralashmani hosil qilishda texnologik instrukstiyaga qat’iy rioya qilinadi.
Ba’zi bir liker mahsulotlarining sifatini oshirish uchun ularni eman yog’ochidan tayyorlangan bochkalarda 6 oydan 2 yilgacha muddatda saqlab turiladi.
Yuqori sifatli aromatli spirtlar, spirtli sharbat va morslardan tayyorlangan va origanoleptik ko’rsatkichlari ham yuqori bo’lgan likerlar yaxshi etiladi. Likerlarning etilishida boradigan jarayonlar ham vinolarning etilishida boradigan jarayonlariga o’xshaydi. Bu erda kislorod spirt, oshlovchi, bo’yoq va boshqa moddalarni oksidlab, perekislar hosil qiladi. Masalan, likerlarda xusho’ylik beruvchi moddalarning hosil bo’lishi quyidagi reakstiya bilan tushuntiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |