5-amaliy mashg’ulot.Ekologik ta’lim va tarbiyada ong va tafakkur tushunchasi.
Mashg’ulotning maqsadi: Ekologik ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarga ekologik tarbiya, ekologik tafakkur, va ekologik ong juda muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish.
Mashg’ulotning mazmuni: Jamiyatimiz rivojlanib borayotgani, aholi ehtiyojlarining ortib borishida, ekologik tafakkur va ekologik odob katta o’rin tutadi. Gegelning aytishicha ekologik tafakkur, kishilar uchun birinchi navbatda tushunish va anglash kerak bo’lgan omildir.
Ekologik tafakkur ilmiy-texnik taraqqyotiga salbiy ta’sir etadimi degan savol tug’lishi tabiiydir. Lekin, yer sharida fan-texnikani rivojlantirmaslik yoki kosmosni egallamaslik kerak degani emas, balki bu ishlarni amalga oshirishda birinchi navbatda insonlarda ekologik tafakkur juda rivojlangan bo’lishi kerak. Demak inson, o’z hayoti davrida, shu vaqtgacha bo’lib kelgan xo’jasizlarcha munosabatga chek qo’yib, atrof-muhit holatiga loqayd qaramasliklari kerak.
Atrof – muhitga, tabiat in’omlariga mehr-shavqat va hurmat bilan qarash, undan oqilona foydalanish o’rniga, bu manbalardan noo’rin foydalanish, ishlab chiqarishda isrofgarchilikga yo’l qo’yish, qurollanish poygasini oshirish, boylik orttirish, shon-shavkat orqasidan quvish kabi salbiy harakatlarni amalga oshirishni to’xtatish, juda bo’lmaganda bu jarayonni sekinlashtirish yoki butunlay to’xtatish kerak. Shunday qilingandagina, insoniyat yashaydigan zaminning kelajagi saqlab qolinadi va tanazzulga yuz tutishining oldi olinadi, chunki bizdan keying avlodga ham toza suv, toza havo, toza zamin, meros bolib qolishi kerak.
Ma’lumki, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida insoniyat, tabiatga turlicha munosabatda bo’lib kelingan. Inson paydo bo’libdiki tabiatga mutlaqo qaram bo’lgan davrda, uning yashash uchun kurash bilan bog’liq iqtisodiy manfaatlari tabiatga zarar etkazmagan.
Keyinchalik, insonning hayot tarsi o’zgarib mehnat qurollarining takomillashuvi bilan, inson tabiat ustidan xukmronlik qila boshladi. Oxir-oqibatda “Jamiyat tabiat majmualari o’rtasidagi muvozanat buzilib, tabiatni muhofaza qilish zaruriyati paydo bo’ldi”. Bunday zaruriyat, o’z navbatida ushbu masalani hal qilishning nazariy yo’nalishlarini mukammallashtirishni taqazo qildi.
Ekologik ong ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy qadriyatlar majmuasidir. Ekologik ongni kishilarning amaliy va nazariy faoliyat maqsadlarining, tabiatni muhofaza qilishdek yuksak manfaatlar bilan bog’lanish va shu asosda faoliyat yuritish deb qarash mumkin.
Tabiat muhofazasining o’z vaqtida qondirilmagan mahalliy, milliy ehtiyojlari chuqurlashib, global ehtiyojlarga aylanib ketishi mumkin. Atrof-muhitni muhofaza qilish ehtiyojlari o’z mazmuniga ko’ra moddiy va ma’naviy ehtiyojga ajralgan.
Таbiiy resurslardan, ayniqsa qarta tiklanmaydiganlaridan tejab-tergab foydalanish, tiklanadigan tabiiy resurslarning ekologik muvozanatini saqlash, kabilarni boshqarish moddiy ekologik ehtiyojlar hisoblanadi. Tabiiy boyliklarimizning bitmas- tuganmas deb hisoblab kelinganligi, asossiz ekanligi, o’Zining ham nazariy, ham amaliy isbotini topgan. Shuning uchun, iqtisodiy ehtiyojlarni ekologik moddiy ehtiyojlar sifatida cheklash maqsadga muvofiqdir. Inson o’zining imkoniyatlarini amalga oshirishda, ehtiyojlarini qondirishda, ongli faoliyat olib borishi zarur, faqat qorin to’yg’azish, kiyinish uchungina tabiat muhofaza qilinmaydi. Chunki tabiat inson uchun faqat moddiy manfaatlar manbai emas, balki ma’naviy hayotning ham asosidir. Ekologik ma’naviy ehtiyojlar,tarixiy jihatdan ekologik moddiy ehtiyojlarga bog’liq hisoblanadi. Bu bir tomondan bo’lsa, ikkinchi tomondan, tabiatni muhofaza qiluishning ma’naviy ehtiyojlari, iqtisodiy munosabatlarning ekologik jihatlarini rivojlantirib, boshqarib, hamda muqobillashtirib turishning omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |