1. ahvo bu… + yaxlitlik, hodisa, voqelik, oqibat



Download 72,98 Kb.
bet1/17
Sana20.07.2022
Hajmi72,98 Kb.
#830532
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
HO‘AT


1.AHVO – bu…
+ yaxlitlik, hodisa, voqelik, oqibat
- yakkalik, hodisa, vaqtiylik, oqibat
-yakkalik, hodisa, voqelik, ochiqlik
-alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat
2. Lisoniy birliklarni belgilang.
+ fonema, leksema, morfonema, qolip
- fonema, leksema, morfema, qolip
- fonema, leksema, morfema, me’yor
- fon, leksema, morfema, qolip
3. Paradigma so‘zining ma’nosi
+ namuna
- o‘xshashlik
- qator
- tizim
4. Paradigmatik munosabatda zarur belgini belgilang…
+ o‘xshashliklar
- o‘xshashlik va farqlar
- farqlar
- farq va tafovutlar
5.Qaysi ziddiyatda lisoniy belgisi o‘sishi ko‘rinadi?
+ muntazam
- noto‘liq
- darajali
- teng qiymatli
6. So‘zning obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi dastlabki ma‘nosiga nima deyiladi?
+leksik ma’no
- ko‘chma ma’no
- grammatikma‘no
- Oʻz ma’no
7. Ziddiyat ikki a’zoli bo‘lsa, qanday a’zoli deyiladi?
+ Binar oppozitsiya
- terner oppozitsiya
- ko‘p a’zoli oppozitsiya
- Ekvipolent oppozitsiya
8. Leksema ko‘chma ma’noda qo‘llanganda, uning asosan qaysi semasida sifat o‘zgarishi yuz beradi?
+ atash semasida
- ifoda semasida
- vazifa semasida
- barcha semasida
9. Iyerarxik munosabatda zarur belgi:
+ tobelik va farqlilik
- “...ga kiradi, ...dan iborat”
- tenglik va o‘xshashlik
- Tobelik
10. Sintagmatik munosabatda zarur belgi:
+ hodisaviylik
- Imkoniyatlilik
- Voqelanganlik
- Xususiylashganlik
11. Morfologik paradigma nima?
+ Morfologik kategoriya
- Nokategorialshakllar
- So’zning morfologik shakllari
- So’z turkumlari

12. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining jamiga?


+ Nutq apparati deyiladi
- Nutq formulasi deyiladi
- Faol nutq a’zolari deyiladi
- Nutq artikulyatsiyasi deyiladi

13. Undoshlarning oppozitiv belgisi:


+ artikulyatsiya o‘rni
- ovoz va shovqin darajasi
- yumshoq|qattiqlik
- artikulyatsiya o‘rni, ovoz va shovqin darajasi

14. Leksema va qo‘shimchani farqlovchi belgi


+ mustaqil shakl, nomustaqil shakl
- paradigma tashkil etish-etmaslik
- Barqarorli, beqarorlik
- miqdoran cheksizlik-cheklanganlik

15. Qaysi leksemalar leksik (lug‘aviy) ma’noga ega?


+ Mustaqil leksemalar
- Yordamchi leksemalar
- Undov va taqlidlar
- mustaqil, undov va taqlidlar

16. So’z boyligi, asosiy lug’at tarkibi, ularning ma’no turlari, so’z ma’nolarining ifodalanish yo’llarini o’rganuvchi bo’lim tilshunoslikning qaysi bo’limi hisoblanadi?


+ Leksikologiya
- Leksikografiya
- Orfografiya
- Orfoepiya

17. So‘z atayotgan predmet nima deb yuritiladi?


+ denotat
- referent
- signifikat
- tushuncha

18. Polisemantik leksema ma’nolarini farqlovchi omil


+ sinonimik va antonimik qator
- uyadoshlik va graduonimik qator
- variantdoshlik va omonimik qator
- ko‘chish usuli

19. Bir predmetdagi tashqi belgining boshqa bir predmetdagi xuddi shunday belgiga o‘xshashligiga ko‘ra so‘z ma‘nosining ko‘chimi qanday nomlanadi?


+ metafora
- metonimiya
- sinekdoxa
- vazifadoshlik

20. Metafora yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan leksemani aniqlang.


+ Samolarga usharman, yulduzlarni qucharman
- Qahraton qish boshlandi.
- Tuyog‘imiz ko‘paysa ko‘paydiki, kamaygani yo‘q.
- To‘g‘riga zavol yo‘q.

21. Soyaga qarab to‘n bichma maqolidagi to‘n bichmoq iborasining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?


+ Baho bermoq
- Andaza olmoq
- rag‘batlantirmaslik
- Xato ish qilmoq

22. Nutq zanjiridagi eng yirik fonetik birlik nima?


+ Takt
- Bo‘g‘in
- Fraza
- Tovush

23. Paronim leksemalarni toping


+ otalik – otaliq
- shabada – shabboda
- vafo – jafo
- ko‘ylak – ko‘ynak

24. O‘zaro sinonim bo‘lmagan leksemalardan hosil bo‘lgan juft leksemani toping.


+ ur–yiqit
- kuch–quvvat
- o‘y–xayol
- or–nomus

25. Ikki yoki undan ortiq leksemaning shakliy munosabati va talaffuziga ko‘ra o‘zaro birlik hosil qilishi qaysi hodisalar uchun xos?


+ omonimlar uchun xos
- sinonimlar uchun xos
- antonimlar va ko‘p ma’nolilik uchun xos
- paronimlar uchun xos

26. Ma‘lum soha guruhlari tomonidan qo‘llanib, boshqalar uchun sir tutiladigan so‘zlarga nima deyiladi?


+ Argo
- Jargon
- Varvarizm
- Termin

27. Hududiy nuqtayi nazardan chegaralangan leksika birligi nima?


+ Dialektizm
- Arxaizm
- Istorizm
- Neologizm

28.Kinoyaviy ma’noi fodalovchi leksema yozuvda qanday beriladi?


+ so‘z qo‘shtirnoqqaolinadi
- so‘z qavs ichida izohlanadi
- so‘z bosh harf bilanyoziladi
- so‘z ostiga chizib qo‘yiladi

29. Ko‘p ma’noli leksemalarni toping.


+ tomir, yoqa
- men, sen
- besh, o‘n
- ota, ona

30. Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal. Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so’zidagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang?


+ 3
- 2
- 1
- 4

31. Qo’shma fe’lni aniqlang.


+ olib chiqdi
- quvonib ketdi
- o’qib chiqdi
- chiza oldi

32. Qaysi qatorda ot va sifat yasovchi shakldosh qo’shimchalar berilgan?


+ sezgi , kunduzgi
- boyi , qishloqi
- Maqtanchoq, qo’g’irchoq
- ko’chki, tepki

33. Qaysi qatorda so’zning ma’noli qismlari odatdagi tartibda joylashmagan?


+ o’chirg’ichlarni
- uzumzorgacha
- kitobxonlardan
- tepaliklarda

34. Qaysi bandda tub so’z berilgan?


+ badarg’a
- bahaybat
- badavlat
- batafsil

35. Fe’llarning zamon, mayl va shaxs-son qo`shimchalari ..... shakllari deyiladi?


+ Munosabat
- Vazifa
- Nisbat
- Funksional

36. Qaysi qatordagi fe’l birgalik nisbatdagi fe’lga mansub ekanligini aniqlang.


+ tayinlashmoq
- ommalashmoq
- hazillashmoq
- go‘zallashmoq

37. Fe’l asosli otni toping.


+ ochqich
- yaxshilik
- sharshara
- paxtazor

38. Qaysi qatorda “ng”tovushi ishtirok etgan so’zlar berilgan?


+ shudring, yanga, dengiz
- singil, menga, ko’ngil
- kongress, yengil, shtanga
- kenglik, ingramoq, tungi

39. Qo‘shma fe’l ishtirok etgan gapni toping.


+ Bozordan u-bu narsa sotib olibdi.
- Ammam menga bir kulib qo‘ydi.
- Bu kitobni allaqachon o‘qib chiqqanman.
- U keyinchalik do‘sti bilan kelishib ketdi.

40. Tub so‘zni belgilang.


+ so‘lim
- chiziq
- kesim
- qo‘nim

41. Qaysi so‘zlar tarkibida bir tovushdan iborat so‘z yasovchilar mavjud? 1. kurak; 2. sanoqsiz; 3. sabotli;4. achchiq; 5. badavlat; 6. unumli 7. bo‘yoqsiz 8. qoraymoq.


+ 1, 2, 4, 7, 8
- 2, 3, 4, 7, 8
- 3, 4, 5, 6, 8
- 3, 4, 5, 6, 8

42. "Terimchilarga" so‘zi uchun yasovchi asos qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


+ terim
- terimchi
- ter
- terimchilar

43. Qaysi qatordagi so‘zlarda shakldoshlik (omonimlik) so‘z yasovchi bilan shakl yasovchi qo‘shimchalar doirasida kuzatiladi?


+ ekin, kiyin
- tinchi, sen-chi
- qo‘shin, bo‘yin
- chiqit, ko‘chat

44. Qaysi so‘z -oq qo‘shimchasi bilan yasalgan?


+ qoloq
- shildiroq
- uzoq
- suvoq

45. -gach (-kach, -qach)---, ----a(-y)--- ----guncha--- ---(-kunch--- qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?


+ lug’aviy shakl yasovchi
- so‘z yasovchi
- sintaktik shakli yasovchi
- sodda qo‘shimcha

46. Men uning bu uyda qiynalib yashaganligini angladim. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.


+ 3 ta
- 2 ta
- 1 ta
- 4 ta

47. So‘z yasalish hodisasi qaysi so‘z turkumlariga xos?


+ ot, sifat, fe’l, ravish turkumlariga
- mustaqil so‘z turkumlariga
- faqat ot va fe’l turkumlariga
- barcha so‘z turkumlariga xos

48. Qaysi so’zlar grammatik ma’noga ega emas?


+ barcha so’zlar grammatik ma’noga ega
- olmosh
- barcha yordamchi so’zlar
- modal taqlid va undov so’zlar

49. Unli va sirg’aluvchilar ishtirok etgan so’z berilgan qatorni aniqlang?


+ vazifa
- sichqon
- qiyosiy
- lazgi

50. Sodda yasama so’zlar berilgan qatorni aniqlang?


+ toshloq, tinimsiz, boylik
- tun-kun issiq-sovuq achchiq-chuchuk
- xola-xola, mingoyoq,tog’olcha
- quyosh ,tosh, temir

51. Quyidagi antonimik birikmalardan o‘zaro grammatik antonimiya hosil qilgan qatorni toping.


+ Besabr – matonatli
- Badavlat – kambag‘al
- Do‘st – dushman
- Achchiq – mazali

52. Grammatik formaning tiplari qaysi javobda to’liq ko’rsatilgan?


+ sintetik, analitik, juft va takroriy formalar
- affikslar bilan hosil bo’luvchi sintetik forma
- sintetik, juft va takroriy forma
- takroriy forma

53. Otning birlik va ko’plik formalari qanday yasaladi?


+ Odatda nol ko’rsatkichli forma birlik, -lar affiksli so’z ko’plik sanaladi.
- Birlik va ko’plik forma o’rtasiga angiq chegara qo’yib bo’lmaydi.
- Ko’plik forma –lar affiksi orqali yasaladi, birlik formaning maxsus affiksi yo’q
- Takroriy formalar ko’plik hosil qiladi.

54. Egalik affikslarining ma'nosi qaysi javobda izchil yoritilgan?


+ qarashlilik, shaxs va son
- shaxs va son
- taalluqlilik
- faqat qarashlilik

55. Otning sintetik funksional formalari qaysi javobda to’liq ifodalangan?


+ kichraytirish, erkalash, o’rin belgisi, hurmat, qarashlilik, chegara o’xshatish
- o’rin belgisi, chegara, o’xshatish
- kichraytirish, erkalash, hurmat, qarashlilik
- Egalik, kelishik, koʻplik

56. Sifatning orttirma daraja formasi qanday usullar bilan yasalishi qaysi javobda to’liq ko’rsatilgan?


+ maxsus kuchaytiruvchi so’zlar, juft va takroriy so’zlar, so’z birikmalari va ideomatik iboralarni predmet bildiruvchi so’zlar oldidan keltirish orqali
- fonetik, leksik, morfologik, leksik-semantik usul orqali
- asosan fonetik va leksik usul orqali
- fonetik usul orqali

57. Yarqirama sifati qaysi qatorda morfemaga to‘g‘ri ajratilgan?


+ yarq- o‘zak morfema, -ira, -ma- so‘z yasovchi morfema
- yarq- o‘zak morfema, -ira so‘z yasovchi morfema, -ma- shakl yasovchi morfema
- yarqira - o‘zak morfema, -ma bo‘lishsizlik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha
- Yarqira — o‘zak morfema, -ma— so‘z yasovchi morfema.

58. -in ma’no va vazifasiga ko‘ra qanday morfema?


+ shakl yasovchi, ot va sifat yasovchi
- o‘zlik va majhul nisbatni hosil qiluvchi
- nisbat shaklini hosil qiluvchi va ot yasovchi
- o‘zlik nisbatini hosil qiluvchi

59. Qaysi gapda no- old qo‘shimchasini derivatsion morfema sifatida ajratib bo‘lmaydi?


+ O‘zini bilimdon deydigan nodondan qoch.
- Noto‘g‘ri narsani bo‘yab ko‘rsatishni rad etmoq darkor.
- Noo‘rin savol xunuk javobga sabab bo‘ldi.
- Agarda til har narsani valdirayversa, hamma o‘zini noqulay sezadi.

60. Derivatsion morfemani aniqlang


+ -dor, be-, -zor, -cha, -xo‘r
- -tir, -gach, -lar, -ib, -zor
- -la, -li, -lan, -dan, -paz
- -gay, -gina, -li, -man, -siz

61. Fe’lnig tasniflovchi kategoriyalari


+ nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik
- nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son
- nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, zamon
- nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, kesimlik 1) nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, modallik

62. Grammatik ma’no tarkibi


+ kategorial, yondosh, hamroh
- kategorial, nokategorial, yondosh
- kategorial, yondosh, tajalli
- kategorial, oraliq, yondosh

63. Grammatik kategoriya haqida toʻgʻri ma’lumotni aniqlang.


+ kamida ikki shakldan iborat bo‘ladi
- kamida bir shakldan iborat bo‘ladi
- kamida uch shakldan iborat bo‘ladi
- kamida to‘rt shakldan iborat bo‘ladi

64. Fe’lning harakat obyektiga munosabatiga ko’ra turi


+ o‘timli, o‘timsiz
- harakat, holat
- faoliyat, tafakkur
- lug’aviy va aloqa munosabat shakli

65. Qaysi biri to‘g’ri?


+ tuslanish fe’lga xos
- tuslanish otga xos
- tuslanish songa xos
- tuslanish kesimga xos

66. Kelishik umumiy grammatik ma’nosi


+ oldingi so‘zni keyingisiga tobelash
- ot turkumiga oid so‘zni turlash
- keyingi so‘zni oldingisiga bog‘lash
- gap bo‘laklarini shakllantirish

67. Kesimlik umumiy grammatik ma’nosi


+ gap markazini shakllantirish
- oldingi so‘zni keyingisiga tobelash
- keyingi so‘zno oldingisiga bog‘lash
- fe’l turkumiga oid so‘zni tuslash

68. Lug‘aviy shakl yasovchi:


+ son, nisbat, tarz
- kelishik, egalik, kesimlik
- qarashlilik, o‘zgalovchi
son, egalik, kesimlik

69. Hamroh ma’no qanday xususiyatga ega?


+ nutqiy
- lisoniy
- lisoniy-nutqiy
- kategorial

70.Egalik kategoriyasining umumiy grammatik ma’nosi:


+ keyingi so‘zni oldingisiga bog‘lash
- oldingi so‘zni keyingisiga tobelash
- ot turkumiga oid so‘zni turlash
- gap bo‘laklarini shakllantirish

71. Taqliddan yasalgan sifat berilgan qatorni toping.


+ do‘rildoq, chiyildoq, likildoq
- jizza, qahqaha, sharshara
- yaltiroq, yarqiroq, so‘lqildoq
- qiltiroq, shildiroq, g’ildirak

72. Ritorik so‘roq gapni toping.


+ Farmon bibining uylari shumi? Shunday go‘zal vatan bormi dunyoda?
- Siz qaerdan, mehmon?
- Farmon bibining uylari shumi?
- Sen mening gapimga quloq solgin.

73. Gapda sira, aslo, zinhor, birorta ham kabi so‘zlar ishtirok etgan bo‘lsa, kesim qanday shaklda bo‘ladi?


+ inkor shaklida
- tasdiq
- tasdiq va inkor shaklida
- berilgan so‘zlar egaga bog‘langanligi sababli kesimning shakliga aloqasi yo‘q.

74. Gap bo'laklarining o'zgargan tartibi qaysi javobda qo'llangan?


+ Nega muncha go'zal ko'rinar olam?
- Mehnat sharafli yakun bilan fazilatlidir.
- O'z kasbini sevmagan baxtiyor bo'lmaydi.
- Halol mehnatimizning ulug' sharafi xalqimizga muborak bo'lsin.

75. Suv bor yerda hayot bor - Mazkur gapning bosh bo‘laklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.


+ Hayot-ega, bor - kesim
- Suv bor - ega, hayot bor-kesim
- Suv, hayot - ega, bor, - kesim
- suv bor, hayot bor - kesim, ega ifodalanmagan

76. 1.Suvni nimaga quymoqchisan? 2. Sen nimaga kechikding? Ushbu gaplarda nimaga so‘zi qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?


+ birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda hol
- har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi
- har ikkala gapda ham hol
- har ikkala gapda ham aniqlovchi

77.Ibora bilan ifodalangan to‘ldiruvchili gapni toping.


+ Qachon bo‘lmasin qing‘ir ishning misi chiqishini hamma biladi.
- Yomonga yondashma, yaxshidan adashma.
- Urgan kishidan bola nafratlanadi.
- Kulganni kulib yengasan.

78. To‘liqsiz gapni toping.


+ - Familiyangiz nima? - A‘zamxonova
- Bo‘ka tumanida istiqomat qilayotgan Ozodaxon Abdullaxonovani taniysizmi?
- Sabr – umr xazinasi.
- Ertaga Qorabuloqqa borar ekansizda?

79. Fe’l kesimli gapni toping.


+ Ertaga Qorabuloqqa borar ekansiz-da?
- Familiyangiz nima? - A‘zamxonova.
- Bo‘ka tumanida istiqomat qilayotgan Ozodaxon Abdullaxonovani taniysizmi?
- Sabr – umr xazinasi.

80. Daryo tiniq, osmon beg‘ubor. Ushbu gap tuzilishiga ko‘ra qanday gap?


+ qo‘shma gap
- sodda
- uyushiq kesimli gap
- murakkab gap

81. Bizning zarbimizga dushman dosh berolmay qoldi. Ushbu gapning kesimi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.


+ dosh berolmay qoldi
- berolmay qoldi
- qoldi
- zarbimizga dosh berolmay qoldi

82. Guzar ustida yangi g‘ovur-g‘uvur ko‘tarildi. Ushbu gapdagi taqlid so‘z qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?


+ ega
- kesim
- to‘ldiruvchi
- hol

83. Muhayyo, Surayyo, Ra‘no, Muqaddas, ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas. Gapdagi egani toping.


+ ega ifodalanmagan
- ko‘zimni
- atlas
- Muhayyo, Surayyo, Ra‘no, Muqaddas

84.Yurak tandir emaski, o‘t yoqib qizdirsa. Gap haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?


+ kesim tobe gapli qo‘shma gap
- bog‘lovchisiz qo‘shma gap
- murakkablashgan sodda gap
- aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap

85. Gapning axborot vazifasi nuqtayi nazaridan tuzilishi…deyiladi


aktual bo’linish
+ tema
- rema
- mahmul

86. Valentlik nima?


+ til birliklarining birikuvchanlik imkoniyatlari
- kesimninng bo‘sh o‘rinlari
- so‘zlarning birikish imkoniyatlari
- faqat mustaqil so‘z turkumlarining birikish imkoniyatlari

87.Sintaktik qoliplar


+ cheklangan
- cheklanmagan
- ko‘p va xilma-xil
- miqdori noaniq

88. O‘zbek tilshunosligida formal-funksional yo‘nalishning namoyondasi kim?


+ H.Ne’matov
- A.G‘ulomov
- M.Asqarova
- G‘.Abdurahmonov

89. Sintaktik shakl yasovchilar – bu…


+ munosabat shakllaridir
- so’z yasovchilardir
- lug’aviy shakl yasovchilardir
- qo’shimchalardir

90.“O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi” kimlar tomonidan nashr qilingan?


+ A.Nurmonov, N.Mahmudov
- F.Abdullayev, S.Usmonov
- M.Asqarova, G‘.Abduraxmonov
- M.Mirzayev, M.Mirtojiyev

91. Sintaksisning asosiy birligi nima?


+ gap
- so‘z
- so‘z qo‘shilmasi
- matn

92. Qaysi bo‘laklar asosiy gap bo‘laklari hisoblanmaydi?


+kirish so‘z,undalmalar
- bosh bo‘laklar
- ikkinchi darajali bo‘laklar
- hol

93. Gap bo‘laklarining darajalanishi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?


+ bosh bo‘laklar, ikkinchi darajali bo‘laklar
- ega, to‘ldiruvchi, kesim
- aniqlovchi, kesim
- hol, kesim

94. Asosiy sintaktik birliklar qaysi javobda to‘la berilgan?


+ gap, so‘z birikmasi
- so‘z, sintagma
- gap, so‘z
- so‘z birkmasi

95. Hukmning ifodalanish shakli qaysi javobda berilgan?


+ gap
- to‘ldiruvchi
- aloqa
- so‘z birikmasi

96. Hajm belgisiga ko`ra matnning qanday turlari bor?


+ makro va mikromatn
- kichik va yirik matn
- qisqa va uzun matn
- Bir tarkibli va ko’p tarkibli

97. Qaysi gapda tеma-rеmatik munosabat to’g’ri bеlgilangan?


+ Do’stimga // tug’ilgan kunida kitob sovg’a qildim.
- Do’stimga tug’ilgan kunida // kitob sovg’a qildim.
- Do’stimga tug’ilgan kunida //kitob// sovg’a qildim.
- Do’stimga tug’ilgan kunida kitob sovg’a // qildim.

98. Qaysi gapda ajratilgan boʻlak qoʻllangan?


+Uyda koʻp ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.
- Bosh turmushim toʻri, koʻnglimning joʻri – bularning hammasi sensan, Vatanim.
- Gulzorning narigi tomonida daroyi, husayni, yakdona, charos, kishmish – turli uzum ishkomlari bor edi.
- Berilgan gaplarda ajratilgan boʻlak qoʻllanmagan.

99. Toʻldiruvchi ajratilgan gapni belgilang.


+ U kitoblar orasidan taxlanib yotgan varaqni, bir paytlar yozilgan qaydlarini, topib oldi.
- Biz, yoshlar, yurtimizning qanotimiz.
- Bolani cholning, soch-soqoldan iborat basharaning, koʻzlari qoʻrqitib yubordi.
- Mashina yoʻl chetida, shundoq choyxona oldida, toʻxtadi.

100. Navbatchi, xushmuomalagina, uyqusiragan bir kampir, choy damlash uchun objoʻshni qayerdan olishni ham koʻrsatib qoʻydi.


Berilgan gap haqidagi qaysi hukm toʻgʻri?
+ ajratilgan boʻlakli gap
- qismlari uyushgan murakkab qoʻshma gap
- bogʻlovchisiz qoʻshma gap
- kirish soʻzli gap

101. Quyida keltirilgan gapning qaysi boʻlagi ajratilgan?


Qoʻllar ishlar – tez, moʻjizakor
+ hol
- kesim
- aniqlovchi
- toʻldiruvchi

102. Quyidagi gaplardan qaysi biri shaxsi (egasi) noma’lum gap hisoblanadi?


- Tarbiyachi va oʻqituvchi boʻlish uchun chidam bilan oʻqiladi.
- Kiyinishda oliftalikdan qochib, yoqimtoy boʻlishga harakat qiling.
- Vokzalda togʻam menga toʻgʻri kelib qoldi.
- Koʻp oʻtmay tandirkabobni ochish marosimini boshlashdi.

103. Qaysi qatorda egali gap berilgan?


+ Murojaat matni yozildi, imzolar chekildi.
- Eshik ochiq boʻlsa ham, soʻrab kir.
- Bugun toʻgarakka borishimiz lozim edi.
- Dam olish kuni kitobxonlar yigʻiniga borish kerak.

104. Egasi umumlashgan gap qaysi qatorda berilgan?


+ Hurmat qilsang, hurmat koʻrasan.
- Xonaga kirgan avval salom beradi.
- Topshiriqni vaqtida bajarish kerak
- Manzilga mana shu yoʻldan boriladi.

105. Faqat tub soʻzlardan tarkib topgan egasi noma’lum gapni aniqlang.


+ Kadrlarni oʻz oʻrniga qoʻyish ishiga hanuz kirishilmadi.
- Har qanday soʻzni oʻylab gapirish kerak.
- Bilmagan ishga urinib tuzoqqa ilinma.
- Hozircha shu shaharchada yashashga toʻgʻri keldi.

106. Nisbiy soʻzlar yordamida bogʻlangan hol ergash gapli qoʻshma gap berilgan javobni toping.


+ Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz boʻladi.
- Har kim oʻz ogʻzining qorovuli boʻlsa, uning nafasi hech qachon boʻgʻilmaydi.
- Nima roʻzgʻorga kerak boʻlsa, dadam oʻshani bozordan keltiraverar edi.
- Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat beshga tayin qilganmiz.

107. Qaysi bogʻlovchi “bosh gap ← ergash gap” qolipli qoʻshma gap turida ishtirok etmaydi?


+ deb
- negaki
- toki
- -ki

108. Bu suvni ichgandan soʻng kim yolgʻon gapirsa, qulogʻi oʻsib ketarmish.


Ushbu ergash gap turi qaysi qatorda toʻgʻri izohlangan?
+ aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gap
- hol ergash gapli qoʻshma gap
- toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap
- ega ergash gapli qoʻshma gap

109. Berilgan gapda holning qaysi tur(lar)i ishtirok etgan?


Hammani kuldirish uchun ataylab shunday kiyindi.
+ maqsad holi, ravish holi
- ravish holi
- sabab holi
- maqsad holi

110. Qaysi qatordagi gapda ikkita payt holi va bitta oʻrin holi qoʻllangan?


- Kecha Salimalarnikiga bordim, koʻpdan beri bormagan edim.
- Avtobus qosh qorayganda shaharga kirib keldi.
- Ertalab togʻning etagiga kelib, bir choyxona yonida toʻxtadik.
- Tokchadagi chiroq hamon ojiz lipillar, tepamda oyim, bobom, Komil tabib engashib turishardi.

111. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi yasama fe’llarning sintaktik vazifasi koʻrsatilgan?


Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitilardi.
+ payt holi, ravish holi
- sabab holi, ravish holi
- kesim, ravish holi
- faqat ravish holi

112. Qaysi gapda hol holga tobelangan?


+ Moʻtabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi.
- Dadam mehribon odamlar haqida suhbatlashishdan zavqlanar edi.
- Qoʻshni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi.
- Sen bugungi ishni ertaga qoldirma.

113. Qaysi gapda sifatdoshga bogʻlanib kelgan sof koʻmakchi sabab holini shakllantirgan?


+ Yaxshi oʻqigani uchun u mukofotlandi.
- Maktabga oʻqigani kelgani haqida gapirdi.
- Ba’zilar ovqatlanish uchun yashaydilar
- Uydan kelib qolgani sababini tushuntirdi.

114. Berilgan soʻroqlarning qaysi biriga ham hol, ham aniqlovchi javob boʻla oladi?


+ qanday? nechta? qancha?
- qachon? qanday? nima uchun?
- qayerdagi? qaysi? nechta?
- nechta? qancha? qayerdagi?

115. Qaysi javobda chiqish kelishigi shaklidagi soʻz bilan qoʻllana oladigan koʻmakchi berilgan?


+ avval
- boʻylab
- qarab
- binoan
116.Qaysi bogʻlovchilardan oldin vergul qoʻllanmaydi?
+ shart bogʻlovchilari
- chogʻishtiruv bogʻlovchilari
- aniqlov bogʻlovchilari
- sabab bogʻlovchilari

117. Qaysi javobda keltirilgan vazifadosh bogʻlovchilardan keyin vergul qoʻyilishi mumkin?


+ -u(-yu), -da
- -u(-yu), -da, -ku, ya’ni
- ammo, lekin, biroq, balki
-u(-yu), -da, balki

118. Qaysi qatorda faqat sof bogʻlovchilar berilgan?


+ yoki, garchi, basharti
- balki, yo, ammo
- ya’ni, hamda, goʻyo
- lekin, chunki, bilan

119. Yuklamalar berilgan javobni belgilang.


+ atigi, sira, faqat
- hatto, garchi, sira
- naq, zero, ham
- goʻyoki, ya’ni, hech
120. Paronimlarni qoʻllash bilan bogʻliq xatoga yoʻl qoʻyilgan javobni toping.
+ Ayni bizbob ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz.
- Sizning har bir soʻzingiz biz uchun tilladan afzal.
- Mirzakarimboyni Toshkentning toʻrt dahasi biladi.
- Ularning tub maqsadini bilib olishimiz kerak.

121. Qaysi javobda “doʻppisini osmonga otmoq” iborasiga zid ma’noli soʻz keltirilgan?


+ xafa
- gʻazablanmoq
- xursand
- hayratlanmoq

122. Shakldosh soʻzlar berilgan qatorni toping.


+ yoy, yoq, yon
- muzlar, noma, pul
- tort, dangasa, tanho
- gʻamsiz, tong, och

123. Kamarlar odatda togʻning belida, shamoldan pana, atrof yaxshi koʻrinadigan yerda boʻladi.


Ushbu gapda qanday ma’no koʻchishi kuzatiladi?
+ metafora
- metonimiya
- sinekdoxa
- vazifadoshlik
124. Quyidagilardan qaysi soʻzlar mustaqil ma’noli soʻzlarga ishora qiladi?
+ olmoshlar
- koʻmakchilar
- yuklamalar
- undov soʻzlar

125.Javoblarning qaysi birida metonimiya usulida ma’nosi koʻchgan soʻz mavjud?


+ Balki, tush koʻrganday qolursiz hayron,
Eshitib Toshkentning sabr-u toqatin.
- Manglayi tirishar zinapoyaning, Panjara kuylaydi misoli chiltor…
- Terlab ketganini koʻrsang oynaning… Hamma narsa seni kutar intizor.
- Qutlugʻ joy koʻp erur ushbu dunyoda,
Yulduzni koʻzlagan lochin ham talay.

126. Ochilgan paxtani bir boshdan teringlar.


Ushbu gapda qanday ma’no koʻchishi yuz bergan?
+ metafora
- metonimiya
- sinekdoxa
- vazifadoshlik

127. Modal soʻz qatnashgan gapni toping.


+ – Nachora, kuni bitganda, – dedi dadam tomogʻini boʻgʻgan koʻz yoshidan ovozi xirillab.
- Bobomning ehtimoli toʻgʻri chiqdi.
- Toʻgʻri yoʻllarda ham mashaqqat bor.
- Hamida, bunday qilishga qanday jur’at etding?

128. Qaysi javobdagi ot xato yozilgan?


+ Sharq gullari firmasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Osiyo Taraqqiyot Banki
- Oliy xoʻjalik sudi

129. Qaysi gapdagi -lar qoʻshimchasi ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash vazifasini bajargan?


+Hissiyotlarimni ta’riflab berolmayman, - dedi Sultonali hayajonlanib.
- Men borganimda Ibrohimjon Bahromlarnikiga ketgan ekan.
- Soʻnggi kunlarda yuz bergan voqealar kishini hayratga soladi.
- Doʻkonlarimizda sotilayotgan deyarli barcha yogʻlar oʻzimizda ishlab chiqarilgan.

130. Son va ravishga mansub omonim qoʻshimchalar qatorini toping.


+ -lab, -larcha
-ov, -ovlon
-ona, -dek, -day
-ta, -tadan

131. Qaysi gapda ibora bilan ifodalangan kesim ishtirok etgan?+Ishingiz oʻngidan kelavermayaptimi, demak, birovlarga qilgan baxilligingiz uchun javob beryapsiz.


- Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir.
- Rejasiz ish – qolipsiz gʻisht.
- Odamlarga nisbatan baxilligingni toʻxtat, shu oʻzingga sadaqa boʻladi.

132. Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz,


Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidir.
Ushbu baytda hosil boʻlish usuliga koʻra turli guruhlarga mansub undoshlardan iborat nechta yopiq boʻgʻin mavjud?
+ 6 ta
- 4 ta
- 8 ta
- 5

133. Quyidagi soʻzlardan nechtasining talaffuzida jarangli tovushlar jarangsizlashadi?


izsiz, avtomat, mard, maktab, farq, qadriyat
+ toʻrttasida
- uchtasida
- beshtasida
- oltitasida
134. Qaysi hukm notoʻgʻri?
+ Soʻz oʻrtasida qator kelgan undoshlardan biri talaffuzda tushirilishi mumkin
- Soʻz oxirida qator kelgan undoshlardan biri talaffuzda tushirilishi mumkin
- Soʻz boshida qator kelgan undoshlar oʻrtasida talaffuzda qisqa “i” unlisi orttirilishi mumkin
- Soʻz boshida qator kelgan undoshlar oldidan talaffuzda qisqa “i” unlisi orttirilishi mumkin

135. Uch tomondan ham umumiy belgilarga ega tovushlar mavjud qatorni koʻrsating.


+ r, gʻ
- b, y
- d, m
- j, s

136. Shu chogʻ artilleriya qismlari ogʻir toʻplar bilan ota boshladi. (Oybek) Ushbu gapda til oldi, sirgʻaluvchi, jarangsiz undoshlar necha marta qoʻllangan?


+ 3 marta
- 2 marta
- 4 marta
- 5 marta

137. Qaysi javobdagi undoshlar faqat birlashtiruvchi belgilarga ega?


+ r, l, y
- p, k, f
- gʻ, g, ng
- ch, sh, s

138. Undoshlarning hosil boʻlishida qaysi nutq a’zolari muhim ahamiyatga ega?


1. boʻgʻiz boʻshligʻi 2. ogʻiz boʻshligʻi 3. til 4. tish 5. lablar
+ 1, 2, 3
- 1, 2, 3, 5
- 2, 3, 5
- 1, 4, 5

139. Tong otar chogʻida juda sogʻinib Bedil oʻqir edim. Ushbu gapda sirgʻaluvchi, jarangsiz til undoshlari nechta?


+ 1
-5 ta
- 8 ta
- 10 ta
140. Qaysi soʻzlarda talaffuz usuliga koʻra birlashtiruvchi belgiga ega undoshlar qator kelgan?
+ mehr, davr
- amr, sadr
- sehr, erk
- ishq, baxt

141. Soʻzlarning qaysi birida urgʻu notoʻgʻri quyilgan?


+ akadémik (ot)
- hózir (ravish)
- yangí (sifat)
- qishlóqcha (ravish)

142. Oʻquvchimíz soʻzi haqidagi toʻgʻri hukmlarni aniqlang.


1. Tarkibidagi unlilar tilning gorizontal harakatiga koʻra bir guruhga mansub.
2. Sirgʻaluvchi undoshlar portlovchi undoshlardan bitta koʻp.
3. Hosil boʻlish usuliga koʻra tovushlarning barcha turi mavjud.
4. Yopiq boʻgʻinlarda faqat jarangli undoshlar qatnashgan.
+ 3
- 1, 2, 5
- 2, 3, 5
- 1, 3, 4
143. Qaysi soʻzlarda ochiq boʻgʻinlar qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida yopiq boʻgʻinlarga aylangan?
+ oʻrni, boʻyni, ogʻzi
- meni, magʻzi, mavzuyi
- egnim, zahri, seniki
- boʻgʻzi, bagʻri, seni

144. Soʻz bilan oʻynovchilardan yuragim bezillaydi. Ushbu gapdagi soʻzlarda qanday tovush oʻzgarishlari roʻy bergan?


+ 1 ta tovush tushishi, 2 ta tovush almashishi
- 1 ta tovush tushishi, 1 ta tovush almashishi
- 2 ta tovush tushishi, 1 ta tovush almashishi
- 2 ta tovush almashishi

145. 1. Buyrugʻi 2. Yigʻloqi 3. Achchigʻi 4. Sanoq


Ushbu soʻzlarning shakllanishida jami nechta tovush oʻzgarishi yuz bergan?
+ 2 ta tovush tushishi, 1 ta tovush ortishi, 5 ta tovush almashishi
- 2 ta tovush tushishi, 1 ta tovush ortishi, 4 ta tovush almashishi
- 1 ta tovush tushishi, 1 ta tovush ortishi, 5 ta tovush almashishi
- 2 ta tovush tushishi, 4 ta tovush almashishi

146. Assimilyatsiya tovushlarning hosil boʻlish oʻrniga koʻra yuz beradigan soʻz mavjud javobni koʻrsating.


+ oʻn bir
- taqsim
- soldat
- uchta

147. Qaysi qatorda hosil boʻlish oʻrniga koʻra bir guruhga mansub undoshlar metatezaga uchragan soʻz berilgan?


+ aynalmoq
- turpoq
- surpa
- avhol
148. Biz oʻshanda shahardan qaytgan kunimizning ertasigayoq koʻchat ekkani bogʻga borib, bunday goʻzal manzaradan hayratga tushgandik.
Ushbu gapda nechta tovush oʻzgarishi yuz bergan?
+ 4 ta
- 3 ta
- 2 ta
- 5 ta

149. Qaysi soʻzda dissimilyatsiya kuzatiladi?


+ zarur
- qizcha
- tanbur
- maqsad
150. Zaynabning yigʻlab gapirganini koʻrib uning bu uyda qiynalib yashaganini angladi.
Ushbu gap haqidagi notoʻgʻri hukmlarni aniqlang.
1. Asosga qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida quyi keng unlilar tushib qolgan.
2. Asosga qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida orqa qator unlilar old qator unlilarga almashgan.
3. Tovush oʻzgarishlari asos va qoʻshimchada yuz bergan.
4. Tovush oʻzgarish hodisalarining faqat ikki turi mavjud.
+ 1, 3
- faqat 2
- 1, 4
- 2, 4
151. Stol soʻzi ustol shaklida xato yozilganda qanday yozuv tamoyilining me’yorlari buzilgan hisoblanadi?
+ Shakliy
- Fonetik
- Morfologik
- Tarixiy-an’anaviy

152. Notoʻgʻri yozilgan soʻzni toping.


+ shovillamoq
- kaptar
- bogʻga
- asir

153. Quyidagi hukmlar va ularga mos keluvchi soʻzlar toʻgʻri tartibda joylashtirilgan javobni aniqlang.


1. Narsani boshqa biror narsaga nisbatlash, oʻxshatish yoʻli bilan bildiruvchi qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar qoʻshib yoziladi.
2. Narsani uning rangi, mazasi, oʻzidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qoʻshma otlar qoʻshib yoziladi.
3. Narsalarning biror maqsad, ish uchun moʻljallanganligini bildiruvchi qoʻshma otlar qoʻshib yoziladi.
a) qiymataxta b) olaqargʻa d) oshrayhon e) qoʻziqorin f) oybolta
+ 1 – e, f; 2 – b; 3 – a, d
- 1 – d, e; 2 – b; 3 – a, f
- 1 – d, f; 2 – e; 3 – a, b
- 1 – e, a; 2 – d; 3 – f, b

154. Notoʻgʻri hukmni aniqlang.


+ Xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda ular bosh harf bilan yoziladi.
- Koʻchirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi soʻzi kichik harf bilan yoziladi.
- Gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qoʻyib sanalsa, bunday qismlar kichik harf bilan yoziladi.
- Hurmat ma’nosida ishlatilgan Siz va Oʻzingiz olmoshlari bosh harf bilan yoziladi.

155. Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo’lgan undoshlar qatorini belgilang.


+ ch, q, gʻ, ng, y
- v, f, b, p, m
- h,l,d,z,s
- m, ng, n, l, r

156. U yigʻlamsirab turardimi yoki ko‘rinishi shundaymi, hech kim bilolmadi.


Fonetik hodisaga uchragan so‘z(lar)da nechta lab tovush(lar)i ishtirok etgan?
+ 6
- 5
- 4
- 7

157. Bu mansab toj-u taxt, bu saltanat, insonlar ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday shirin ekanki, uning niyati pokligiga kim ishonadi… Gapdagi fonetik hodisaga uchragan so‘z(lar)dan nechtasining tarkibida birgina jarangsiz tovush uchraydi?


+ 1
- 2
- 3
- mavjud emas

158. Quyidagi so‘zlardan qaysi biriga qo‘shimcha qo‘shilganda birdaniga ikki xil fonetik hodisa sodir bo‘ladi?


+ sariq
- yigʻla
- qayna
- dala
159. Quyidagi berilgan javoblarning qaysida fonetik hodisalar soni birdan ortiq?
+ Hovlining yarmigacha ariq tortib ekkan qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi.
- Bola xuddi shuni kutib turganday, battar yigʻlay boshladi
- Shoikrom uxladimi, yo‘qmi, bilolmadi.
- barchasida 1 tadan fonetik hodisa mavjud

160. Ba’zan dovon oshishingga koʻzing yetmay, yuraging orqaga tortib ketadi.


Mazkur gapda hosil boʻlish usuliga koʻra birlashtiruvchi belgilarga ega undoshlardan tarkib topgan nechta bogʻin mavjud?
+ 2 ta
- 3 ta
- 4 ta
- 7 ta

161. Voy, qulogʻingizga tanbur chertyapmanmi? Uzukni-da. Qarang, shunaqasi menga juda yarashar ekan.


Mazkur parchadagi fonetik oʻzgarishga uchragan soʻz(lar)ning tovush tarkibi haqidagi notoʻgʻri mulohazani toping.
+ undoshlarning hosil boʻlish oʻrniga koʻra faqat bir turi mavjud
- til undoshlarining uch turi mavjud
- til oldi undoshlarining barchasi sirgʻaluvchi
- sonor undoshlarning ikki turi ishtirok etgan

162. Quyidagi soʻzlarning qaysi birida undoshlarning hosil boʻlish oʻrniga koʻra assimilyatsiya kuzatiladi?


+ manmanlik
- izsiz
- avtomat
- maqsad

163. Qaysi soʻzlar tarkibida “i” unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi?


+ biroq, bilan, sira
- qiziq, qiliq, bino
- bilim, balki, sigir
- imkon, kitob, kifoya

164. Qaysi soʻzlar tarkibida “o” tovushi “a” kabi talaffuz qilinadi?


1. okean 2. obroʻ 3. roman 4. kovak 5. kombayn 6. konsert
+ 1, 2, 3, 4, 5, 6
- 1, 3, 5
- 2, 3, 4, 6
- 3, 4, 5, 6

165. S…mon, t…mosha, m…bodo, mu…mala, h…mon


Mazkur soʻzlardan nechtasida nuqtalar oʻrniga “a” unlisi qoʻyiladi?
+ 2 ta
- 1 ta
- 3 ta
- 4 ta
166. Oʻ unlisi torroq talaffuz qilinadigan soʻzlarni aniqlang.
+ choʻl, joʻra
- xoʻroz, roʻmol
- boʻri, moʻtabar
- moʻtabar, qoʻri

167. Qaysi soʻzning talaffuzida e unlisi i ga monand aytiladi?


+ okean
- ne’mat
- kecha
- ekran

168. Jarangli undoshning jarangsiz juftiga almashtirilishi soʻz ma’nosini farqlaydigan soʻzlar qatorini toping.


1. izsiz 2. tuzsiz 3. abzal 4. adib 5. dala 6. gard
+ 1, 2, 4, 5
- 1, 3, 4, 5
- 2, 4, 6
- 1, 2, 3
169. Quyidagi soʻz juftliklaridan qaysi biridagi “j” undoshining har ikkalasi ham hosil boʻlish usuliga koʻra bir guruhga mansub?
+ vijdon-ajdar
- gijda-jajji
- jemper-joʻra
- jurnal-joʻja

170. Taraf, avtomobil, nafas, harf, afzal, shafqat, insof.


Mazkur soʻzlardan nechtasida sirgʻaluvchi undosh oʻrnida portlovchi undosh talaffuz qilinadi?
+ 4 ta
- 3 ta
- 5 ta
- 2 ta

171. Qaysi qatordagi soʻzlarda qoʻsh undoshlar aniq talaffuz qilinadi?


+ ikki, chaqqon
- katta, million
- artilleriya, hassa
- metall, tizza

172. Qaysi qatordagi soʻzlarda qoʻsh undoshlar bir undoshdek talaffuz qilinadi?


+ million, artilleriya
- tonna, qattiq
- jajji, gramm
- milliard, doʻppi
173. Quyidagi soʻzlarning qaysilarida tutuq belgisining tushirib qoldirilishi soʻz ma’nosini farqlaydi?
1. sur’at 2. a’lam 3. ta’na 4. shu’la 5. qit’a 6. qal’a 7. jur’at 8. san’at
+ 1, 2, 3, 6, 8
- 2, 3, 4, 6
- 1, 2, 5, 6, 8
- 1, 2, 7, 8

174. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ehtirom bilan qadam qoʻymoq lozim.


Mazkur gapdagi qator undoshli soʻzlar uchun umumiy jihatni toping.
- ochiq boʻgʻinlarida lablarning ishtirokiga koʻra unlilarning bir turi qatnashgan
- faqat til oldi va chuqur til orqa undoshlari mavjud
- faqat quyi keng unlilar ishtirok etgan
- hosil boʻlish usuliga koʻra bir guruhga mansub undoshlar qator kelgan

175. Qaysi soʻzning yopiq boʻgʻinidagi undoshlar hosil boʻlish oʻrniga koʻra ham, usuliga koʻra ham birlashtiruvchi belgilarga ega?


+ istak
- tilak
- insof
- jinoyat

176. Urgʻu oxirgi boʻgʻiniga tushmaydigan soʻzlarni aniqlang.


1. tugma (ot) 2. maktabga 3. koʻzlar (fe’l) 4. keldimi 5. balki 6. bolalar
+ 3, 4, 5
- 1, 3, 5
- 2, 3, 4
- 5, 6

177. Qaysi gapda soʻzlovchining e’tibori qayerga borilganligiga qaratilyapti?


+ Kecha akalarim bilan mashinada Samarqandga bordik.
- Kecha Samarqandga akalarim bilan mashinada bordik
- Samarqandga akalarim bilan mashinada kecha bordik.
- Samarqandga akalarim bilan mashinada kecha bordik.

178. Qaysi soʻzlardagi tovush oʻzgarishi adabiy me’yor hisoblanadi?


+ oʻrni, undan
- gʻisht, farzand
- tabiat, koʻngli
- pasay, doim

179. Quyidagi soʻzlardan nechtasining ma’nosi urgʻu orqali farqlanadi?


hozir, yangi, tugma, etik, qiliq, qala, olma
+ beshtasi
- uchtasi
- toʻrttasi
- oltitasi

180. Jahonda ikki dilbarning biri sensan, biri Laylo,


Jahonda ikki oshiqning biri menman, biri Majnun.
Urgʻu tushmaydigan qoʻshimchani olgan soʻz(lar) tarkibidagi tovushlar haqida notoʻgʻri hukmni toping.
+quyi keng, lablangan unli mavjud
- sirgʻaluvchi til oldi undoshi mavjud
- portlovchi til oldi undoshi mavjud
- oʻrta keng, lablanmagan unli mavjud

181. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir.


Mazkur gapda qanday tovush oʻzgarishlari yuz bergan?
+ uchta tovush almashishi
- bitta tovush tushishi, ikkita tovush almashishi
- ikkita tovush almashishi
- bitta tovush ortishi, bitta tovush almashishi
182. bajarmoq, qoʻllamoq, bildirmoq, koʻrilmoq, turlamoq, belgilamoq.
Mazkur soʻzlardan nechtasida unlilarning ogʻiz ochilish darajasiga koʻra barcha turi bor?
+ 2 ta
- 1 ta
- 4 ta
- 3 ta

183. Qaysi gapda unlilarning oʻrni almashinishi bilan bogʻliq xatoga yoʻl qoʻyilgan?


+ Bu boradagi bilimlarim uch-toʻrt ma’lumot bilan chegaralanadi, xalos.
- Oʻzbekistonning hayvonot va oʻsimliklar dunyosi juda boy.
- Qisqa muddat ichida sanoati rivojlangan mamlakatga aylandi.
- Qozi oʻz hukmini ommaga havola etdi.

184. Qaysi qatorda quyi keng unlilardan soʻng talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladigan soʻzlar koʻrsatilgan?


1. radio; 2. said; 3. okean; 4. saodat; 5. mushoira; 6. taajjub; 7. maosh
+2, 5
- 1, 2, 3, 5
- 2, 5, 7
- 1, 3, 5
185. Qaysi soʻzda yuqori tor unlidan soʻng shovqinli jarangli undosh kelgan?
+qizlar
- zarur
- ozoda
- qiliq

186. Tovush paychalarining ishtirokiga koʻra “y” va “s” undoshlariga toʻgʻri tavsif berilgan qatorni toping.


+ “y” jarangli, “s” jarangsiz
- “y” til undoshi, til oʻrta; “s” til undoshi, til oldi
- “y” hamda “j” sirgʻaluvchi
- “y” va “s” jarangsiz shovqinli undoshlar

187. Quyidagi javoblarning qaysi birida ch undoshining jarangli jufti qoʻllangan?


+ kajava, ajrim
- janr, ajdar
- jemper, jurnal
- ajdod, garaj

188. Qaysi soʻzda qoʻsh undosh imlo qoidalariga koʻra notoʻgʻri qoʻllangan?


+ hiqqichoq
- shallaqi
- uddaburon
- xirilloq

189. Avliyolar, daholarning beshigisan,


Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.
Tiriklikning navosi ham qoʻshigʻisan,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh.
Ushbu parchadagi qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida asosida bir chuqur til orqa undoshi boshqa chuqur til orqa undoshiga almashgan soʻzda qanday undosh mavjud emas?
+ til orqa, portlovchi undosh
- sonor undosh
- sirgʻaluvchi, jarangsiz undosh
- portlovchi, jarangli undosh

190. Oʻzbek tilidagi sof oʻzbekcha soʻzlar oxirida quyidagi qoʻsh undoshlardan qaysi birining kelishi kuzatiladi?


1. rg; 2. st; 3. lt; 4. xt; 5. rt; 6. sht
+ 2, 3, 5
- 2, 4, 6
- 1, 3, 6
- 1, 2, 4

191. Bu holatni Amir Temur saltanatida ham koʻrishimiz mumkin.


Ushbu gapda yopiq boʻgʻin bilan tugagan soʻzlarda shovqinlilarga kiruvchi nechta sirgʻaluvchi jarangli undosh ishtirok etgan?
+ 1 ta
- 4 ta
- 3 ta
- 2 ta

192. Inson dunyoni qanchalik bilsa, oʻzligini ham shunchalik anglaydi.


Berilgan gapda fonetik oʻzgarishga uchragan soʻzlardagi jarangli undoshlar haqidagi toʻgʻri hukmni aniqlang.
+ yettitasi til oldi undoshi hisoblanadi
- oltitasi sirgʻaluvchi undosh hisoblanadi
- uchtasi til orqa undoshi hisoblanadi
- oltitasi portlovchi undosh hisoblanadi

193. Adolatparvarlik soʻzidagi undosh tovushlar haqida toʻgʻri fikrni aniqlang.


+ Hosil boʻlish oʻrniga koʻra bir umumiy guruhga mansub boʻlgan jarangli undoshlar 5 oʻrinda qatnashgan.
- Hosil boʻlish usuliga koʻra bir umumiy guruhga mansub undoshlar 3 oʻrinda qatnashgan.
- Jarangli juftiga ega boʻlgan 2 ta undosh qatnashgan.
- Til oldi jarangli undoshlar 6 oʻrinda qatnashgan.
194. nozanin, semiz, dengiz soʻzlarining boʻgʻin tarkibidagi umumiy jihatni toping.
+ yopiq boʻgʻinlari faqat jarangli undoshlardan iborat
- ochiq boʻgʻinlari tarkibida jarangli undoshlar ishtirok etgan
- yopiq boʻgʻinlari tarkibidagi undoshlar hosil boʻlish usuliga koʻra bir guruhga mansub
- yopiq boʻgʻinlarida sonor va shovqinli undosh mavjud

195. Hammamiz soʻzida urgʻu qaysi boʻgʻinga tushadi?


+ 1
- 3
- bu soʻz urgʻu olmaydi
- 2

196. Qaysi soʻzda urgʻu ikkinchi boʻgʻinga tushadi?


+ sakkizta
- oʻquvchimiz (bizning oʻquvchimiz)
- allakim
- ulama (ulama soch)

197. Yashil boʻyoq bilan boʻyalgan, ust tomoni qayrilgan oʻymakor panjarali, katta va ogʻir darvozaga yetganda, yigitning yuragi biroz oʻynab ketdi.


Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan soʻzlar soni nechta?
+ 4 ta
- 3 ta
- 5 ta
-2 ta
198. Qaysi gapdagi fonetik hodisa asosi faqat til oldi undosh(lar)idan iborat soʻzda kuzatiladi?
+ Aslo odamzodga achchiq soʻz qilmang.
- Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzing hajrida sargʻaydim.
- Koʻnglima orzular solgan qishlogʻim, olis-olislarda qolgan qishlogʻim.
- Mehnat hayot chirogʻiga yogʻ quyadi.
199. Qaysi qatordagi soʻzlar toʻgʻri yozilgan?
+ Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Oliy Kengashi
- “Gʻafur Gʻulom” nomidagi nashriyot, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi
- Toshkent viloyati hokimligi, Guliston Davlat Universiteti
- Quvasoy sement zavodi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi

200. Ajratib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping.


+ tarkibida boʻyi, orti, oldi soʻzlari boʻlgan joy nomlari ajratib yoziladi.
- birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot boʻlgan geografik nomlar ajratib yoziladi.
- qoʻshma fe’l qismlari ajratib yoziladi.
- oʻzaro -dan qoʻshimchasi bilan bogʻlangan takror soʻzli birikmalar orasiga chiziqcha qoʻyilmaydi va ajratib yoziladi.

201. Qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi so‘z yasash qanday usul hisoblanadi?


+ morfologik usul (affiksatsiya usuli)
– sintaktik usul
– sеmantik usul
– sodda usul
202. Qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi so‘z yasalgan qatorni toping.
+ gul+zor=gulzor, to‘qi+ma=to‘qima, tara+q=taroq.
– to‘qi+ma=to‘qima, osh+qozon=oshqozon,
– gul+zor=gulzor, sim+to‘r+xalta= simto‘rxalta.
– хоlaхоla(o‘yin), yo‘lyo‘l(rang), eses(zo‘rg`a),
203. So‘zlarni bir-biriga qo‘shish orqali so‘z yasash qanday usul hisoblanadi?
+ sintaktik usul
– morfologik usul (affiksatsiya usuli)
– sеmantik usul
– sodda usul
204. Sintaktik usul orqali yangi so‘z yasalgan qatorni toping.
+ osh+qozon=oshqozon, sim+to‘r+xalta= simto‘rxalta.
– to‘qi+ma=to‘qima, osh+qozon=oshqozon,
– gul+zor=gulzor, sim+to‘r+xalta= simto‘rxalta.
– хоlaхоla(o‘yin), yo‘lyo‘l(rang), eses(zo‘rg`a),
205.So‘zlarni juftlash orqali yangi so‘z yasalgan qatorni toping.
+ qozon-tovoq, qo‘l-oyoq, qovun-tarvuz
– osh+qozon=oshqozon, sim+to‘r+xalta= simto‘rxalta.
– to‘qi+ma=to‘qima, osh+qozon=oshqozon,
– gul+zor=gulzor, sim+to‘r+xalta= simto‘rxalta.
206.So‘zlarni takrorlash orqali yangi so‘z yasalgan qatorni toping.
+ Paqpaq(o‘yin), turtur(turish), bipbip(avtоbus), patpat(mоtоtsikl),
– osh+qozon=oshqozon, sim+to‘r+xalta= simto‘rxalta.
– to‘qi+ma=to‘qima, osh+qozon=oshqozon,
– gul+zor=gulzor, sim+to‘r+xalta= simto‘rxalta.
207. So‘zlarni bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chirishi nima deb ataladi?
+ sеmantik usul
– sintaktik usul
– morfologik usul (affiksatsiya usuli)
– sodda usul
208. So‘zlar tuzilishi jihatdan necha turga bo‘linadi:
+ 4
- 3
- 2
- 6
209.Sodda so‘zlar deb nima aytiladi?
+1 asosdan iborat bo‘lgan so‘zlarga aytiladi.
- Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli asoslardan tarkib topgan so‘zlarga aytiladi
- 2 yoki undan ortiq asosdan tarkib topgan so‘zlarga aytiladi
- a va b javoblar to’g’ri
210.Sodda yasama so‘z ishtirok etgan qatorni toping.
+ chiroyli, aqlsiz, binokor
- qo‘lqop,aqlsiz, oltingugurt,
- kecha-yu – kunduz, tun-u - kun
- chiroyli, aqlsiz, binokor, qo‘lqop
211. Til bilan nutqning oʻziga xos xususiyatlari notoʻgʻri berilgan javobni belgilang.
+ Til doim harakatda, oʻzgaruvchan boʻlib, nutq nisbatan turgʻun va barqarordir.
- Til aloqa materiali boʻlsa, nutq aloqa shaklidir.
- Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniqdir.
- Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
212. “Davlat tili” haqidagi qonunning qaysi moddasida Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi berilishi qayd etilgan?
+ 6-moddasida
- 7-moddasida
- 4-moddasida
- 9-moddasida
213. Qadimgi turkiy tildagi ”art” soʻzi qanday ma’noni ifodalaydi?
+ tepa, dovon
- san’at
- koʻp, cheksiz
- urugʻ, zot
214. Qadimgi turkiy tilga xos oʻkush, talim soʻzlarining ma’nosini aniqlang.
+ oʻkoʻsh – koʻp, talim – bir qancha
- oʻkoʻsh – oʻqish, talim – ta’lim
- oʻkoʻsh – maktab, talim – bilim
- oʻkoʻsh – nihoyatda, talim – kam
215. Eski oʻzbek adabiy tilidagi “pesha” soʻzining ma’nosini aniqlang.
+ kasb, hunar
- sogʻlomlik
- goʻzal, latofatli
- ayon, ravshan
216. Oʻtmishda qoʻllanilgan “koʻch” soʻzi hozirgi kunda qaysi ma’noda ishlatiladi?
+ urugʻ, zot
- jon, vujud
- mard, botir, erkin
- dovon, tepa
217.“Davlat tili” haqidagi qonunning qaysi moddasida davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda oʻzbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidasi va normalariga rioya etilishi qayd qilingan?
+ 7-moddasida
-10-moddasida
- 16-moddasida
- 5-moddasida
218. Tarkibidagi bir tor unli fonema oʻrnida boshqa tor unli soʻz ma’nosini farqlashi mumkin boʻlgan soʻzlar toʻliq koʻrsatilgan javobni aniqlang.

Download 72,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish