Partonimik munosabat
360.Qaysi qatordagi soʻzlar ifoda semasi bilan oʻzaro farqlanadi?
+soʻzlamoq, bayon qilmoq
–it, mushuk
–qora, qizil
–kitob, daftar
361. Qaysi qatorda graduonimik munosabatga namuna berilgan?
+ nihol – ko‘chat – daraxt
– daraxt – qayin
– yuz, bet, aft
– xushboʻy, muattar, badboʻy, sassiq
362. Qaysi qatorda prefiksal soʻz yasash qolipi keltirilgan?
+ [be + ot = so‘z yasash asosi atab kelgan narsa/hodisa, belgiga ega bo‘lmaslik ma’noli sifat]
– [o‘nlikni atovchi sanoq son + birlikni atovchi sanoq son = o‘n birdan to‘qson to‘qqizgacha sanoq son]
– [ot + -chi = so‘z yasash asosi anglatgan narsa/hodisa… bilan aloqador ish-harakatni bajaruvchi shaхs/predmetni atovchi ot]
– [ot + bo‘l- = o‘timsiz fe’l]
363. Qaysi qatorda grammatik sinonimiya yuzaga chiqqan?
+nonni yeng – nondan yeng
– barakali-bebaraka
– savlatli, sersavlat
– shirali, shirador
364. Qaysi qatorda qaratqich kelishigi invariantining tarixiy varianti keltirilgan?
+Manim
– Kitobing
– Mening
– bog‘in mevasi
365. Bir so‘zda ma’nolari bir xil yoki yaqin bo‘lgan qo‘shimchaning takrorlanishi nima deb ataladi?
+ Pleonazm
– Derivatsiya
– Akkomodatsiya
– Grammatikalizatsiya
366. Fe`lning oʻzgalovchi kategoriyasiga qanday shakllar mansub?
+ Harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh shakllari
– Nisbat shakllari
– Munosabat shakllari
– Bo`lishsizlik shakli
367. Quyidagi kategoriyalardan qaysi biri aloqa-munosabat kategoriyasi hisoblanmaydi?
+ nisbat kategoriyasi
– egalik kategoriyasi
– kelishik kategoriyasi
– kesimlik kategoriyasi
368. Qaysi qatordagi soʻzlar ma’noli qismlarga toʻgʻri ajratilgan?
+ ish-chan-lik, zar-gar-chilik, be-tus
– mis-karlik, temir-chi-lik, moʻl-chilik
– nam-garchilik, oz-chilik, suvoq-chi-lik
– no-shukur-lik, isrof-garchilik, oʻrtoq-chi-lik
369. Qaysi gapda sodda yasama soʻzlar miqdori koʻproq?
+ Shu sevinch ikkovlariga kuch-gʻayrat, dadillik va ishonch baxsh etgandek boʻldi.
– Iste’dodli, bilimdon yoshlar oʻqish uchun chet ellarga yuborilmoqda.
– Bir bola ulgʻaygach otasi unga ishlab pul topib keltirishni buyuradi.
– Gulzorga toʻkilgan bulturgi xazonlar ilma-teshik boʻlib, jigarrang tus olgan.
370. Qaysi qatorda soʻz birikmasi berilgan?
+ A’lo baho
– Akam bilan
– Sira borma
–Hech oʻyladingmi?
371. Qaysi javobda fe’lli birikma keltirilgan?
+ Daftarga yozish
– Rangli surat
– Baland bino
– Oson vazifa
372. Sodda soʻz birikmasi berilgan javobni aniqlang.
+ Shirinlik ta’mi
– Vazifani bajarayotgan talaba
– Xoʻjalikdagi ilgʻor ishchilar
– Bekatdagi uchta yoʻlovchi
373.Qaysi qatorda soʻz birikmasining ikki tomonlama grammatik shakllangan turi keltirilgan?
+ Universitetimizning bogʻi
– Bogʻdagi ishchilar
– Kutubxonaga bormoq
– Kitobni oʻqimoq
374. Qaysi javobda boshqaruv munosabatli soʻz birikmasi berilmagan?
+ Bogʻdagi gullar
– Vatan uchun kurashmoq
– Hammasidan shirin
– hammasidan yaxshi
Do'stlaringiz bilan baham: |