6-amaliy mashg`ulot
Mavzu: 6-mavzu Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar. Arxitektura va qurilish ixtisosligiga oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar. “Kasbim–faxrim” matni.
Reja:
1. Mikromatn va makromatn
2. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar
3. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matn tuzilishi 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarningo‘zaro Grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan,mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi. Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bungaturlararosintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antic davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchaliko‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan. O‘zbek adabiyotida dialogning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillarbilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) – yakka haxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatic asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng.
Tavsifiy (monologik) matnso‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |