1. Mikromatn va makromatn Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar



Download 23,76 Kb.
bet4/4
Sana28.04.2022
Hajmi23,76 Kb.
#587195
1   2   3   4
Bog'liq
mavzu6-1

Kasbim – faxrim!
Men Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida tahsil olaman. Oliygohda turli yo‘nalish bo‘yicha muttaxassislar tayyorlaydigan yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ularning zamirida arxitektura, qurilish yotadi. Men kelajakda buyuk arxitektor bo‘lmoqchiman. Arxitektor – bu qurilish inshootining o‘ziga xos rassomi va dizayneri. Lekin, oddiy rassomdan farqli o‘laroq, uning zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi: arxitektorning xatosi ko‘plab yillar davomida odamlarga ko‘rinib turadi, ya’ni ularning hayoti bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, arxitektor barcha muhandislik hisob-kitob uslublariga ega bo‘lishi lozim: ixtiyoriy kishi uning xatosi qurboniga aylanishi mumkin: bozor ishchilari, akvapark mijozlari, supermarketdagi xaridorlar... So‘nggi paytlarda arxitektorlardan ob’ektlar loyihalarining 3D ko‘rinishini ta’minlaydigan kompyuter dasturlaridan foydalanishni bilish talab qilinayapti.
To‘g‘ri, bugun arxitektorlarning ko‘pchilik qismi zamonaviy uy-joylarni loyihalashtirish bilan shug‘ullanishayapti, yoki bo‘lmasa, qaysidir firma arxitektorlari bilan bir jamoada faoliyat olib borishayapti. Axir, butun dunyo bo‘ylab arxitekturada amalga oshirilgan yirik loyihalar soni mehnat bozoriga arxitektor diplomi bilan kirib kelgan mutaxassislar sonidan ko‘ra kamroq. Lekin, aytaylik, hatto shaxsiy bo‘lsa ham, oddiy dala hovlini loyihalashtirishning nimasi yomon?
Loyiha muallifi siz bo‘lib chiqmasligingizga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lish lozim va siz o‘zingizdan ko‘ra muvaffaqiyatliroq hamkasblaringizga loyihalar ustida ishlashga yordamlashishingizga to‘g‘ri keladi: u yoki bu hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, qurilish smetasini tuzish, loyihaning qandaydir alohida bloklarini tuzatish va shu kabilar. Diplomga ega bo‘lgan arxitektorlarning ko‘pchiligi, inshootni ekspluatatsiya qilish yoki qurib bitkazilgan binoni topshirish komissiyalarida ishtirok etgan holda, ekspertlar bilan ishlashadi. Interer dizayni bilan shug‘ullanuvchi bitiruvchilar ham kam emas – bu erda buyurtmachi bilan aloqani topish, uning holatini o‘rganishni bilish kerak.
To‘g‘ri, ancha murakkabliklarga ega kasb. Afsonaviy uchar bog‘lari bilan yangi Semiramida qasrini qurmoqchimisiz? Unda olg‘a! Aytgancha, boshqa sohaga qaraganda, arxitekturada o‘zining shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish ancha oson. Loyihaga berilgan buyurtmani bajarish uchun arxitektorga qimmatbaho ta’minot zarur emas. Loyihani oddiy qalam bilan vatmanda ham chizish mumkin. Asosiysi – qanday chizishda. Loyihasiz hech qaysi o‘zini hurmat qiladigan qurilish firmasi, hattoki oddiy saroyning qurilishiga kirishmaydi. SHunday ekan arxitektor – mutaxassisning tajribasi va bilimi – eng asosiysi bo‘lgan kasb.
Lekin arxitektorlarning ish faoliyatida: dunyo keng, u bo‘lmasa, boshqasi, degan naql ham amal qiladi. Qurilayotgan fuqarolik, sanoat va harbiy binolarning ko‘pchiligi qurilish sohasining oddiyroq kasbi vakillari – muhandis quruvchilar, ya’ni loyihalashtiruvchilar tomonidan loyihalashtiriladi. Ularning o‘zlarigina loyihaviy-smeta hujjatlarini tuzishadi va loyihaning hayotga tatbiq etish jarayonini nazorat qilishadi – kotlovan qazish va fundament qo‘yishdan tortib, devorlarni qurish va tom yopishgacha. Bundan tashqari, kommunikatsiyani loyihalashtirish bilan shug‘ullanadigan muhandislar ham bor. Mustahkam, qulay va chiroyli zamonaviy binolarni qurishda asosiy xomashyo hisoblangan qurilish bloklari, issiqlik izolyasiyasini ta’minlovchi va boshqa ko‘plab materiallar tarkibini ishlab chiqadigan (materialshunoslik bilan shug‘ullanadigan) mutaxassislar ham bor. Arxitektura komplekslari rekonstruksiya si va restavratsiya si, shahar reklamasi va shaharlarni bayramona bezash, landshaft arxitekturasi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ixtisoslashish mumkin. Shunday ekan, ishga kirishing, bo‘lajak arxitektorlar!

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Matn nima?
2. Matnning turlari haqida ma`lumot bering.
3. Sohangizga oid mikro matn tuzing va unda sohaviy terminlardan foydalaning.
Download 23,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish