Qaldiroqlar koʻchdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi, doʻstginam, bahor”.
(A. Oripov)
235.Ushbu she’riy parchada lab undoshi bilan boshlanuvchi boʻgʻinlar sonini aniqlang.
+ 5
- 7
- 6
- 8
236. Quyidagi soʻzlarning qaysi birida nuqtalar oʻrniga boʻgʻiz undoshi ishlatiladi?
1) musho…da; 2) qabi…lik; 3) xo…ish; 4) mu…lis; 5) al…azar; 6) gul…ayri; 7) ala…simoq; 8) ala…siramoq; 9) ta…lika; 10) ya…ob.
+ 1, 2, 3, 5, 8, 9
- 2, 3, 5, 6, 7, 8
- 1, 2, 3, 7, 8, 9, 10
- 1, 2, 6, 8, 10
237. ganj va ganch paronim soʻzlaridagi fonemalar qaysi jihatiga koʻra farqlanadi?
+ ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra
- sonor va shovqinligiga koʻra
- hosil boʻlish oʻrniga koʻra
- shovqinli yoki sonorligiga koʻra
238. Oʻsha-oʻsha bujur tol. Shoxlarida hanuz qushlar sayrashar.
Ushbu gapda ishtirok etgan qoʻshimchalar tarkibida nechta sirgʻaluvchi jarangli undosh qatnashgan?
+ 5 ta
- 3 ta
- 6 ta
- 4 ta
239. Qaysi gapda portlovchi tovush orttirilgan?
+ Bogʻingni zogʻdan saqlamoqchi boʻlsang, unga e’tiborda boʻl.
- Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda boʻlmaydi.
- Mehnat qilsang, koʻnglingga yorugʻlik tushadi.
- Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar
240. Tarkibidagi qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat soʻzlarni belgilang.
+ farzand, darz, ranj
- darz, davr, fayz
- sabr, hukm, darz
- zulm, fayz, farzand
241. Quyida berilgan soʻzlardan soʻz ma’nosini jarangsiz undosh oʻrnida jarangli sirgʻaluvchi til undoshi orqali farqlash mumkin boʻlganlarini aniqlang.
1) dars; 2) abzal; 3) yaroqli; 4) siqim; 5) soliq.
+ 1, 3, 4
- 1, 2, 3, 4, 5
- 2, 5
- 1, 2, 3
242. Ikki oʻrinda til orqa undoshi qatnashgan soʻzlar qatorini belgilang.
+ koʻngil, goʻllik
- halovat, kabutar
- gulqaychi, xalqum
- gʻurrak, xayrixoh
243. Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz…
Ushbu misrada unlilar va hosil boʻlish usuliga koʻra bir umumiy guruhga mansub boʻlgan undoshlardangina tarkib topgan soʻz necha oʻrinda qatnashgan?
+ 1
- 3
- 4
- 2
244. Birovning narsasini soʻroqsiz olish kechirilmas gunoh sanalishini bilarding, ammo unga amal qilishing lozimligini anglamaganing tufayli kulgili vaziyatga tushib qolishingni his qilmaganding.
Ushbu gapda birgina portlovchi til undoshi bilan ifodalangan qoʻshimcha necha oʻrinda qatnashgan?
+ 3
- 2
- 5
- 1
245. Tarkibida sonor tovushi ishtirok etmagan soʻz qatnashgan gapni toping.
+ Men shu Vatan qoʻynida undim-oʻsdim.
- Men ular bilan toʻrt marta gaplashdim.
- Chol unga yaqinlashib salom berdi.
- Nogoh entikdi-yu, egildi kamon.
246. Qaysi gapda sirgʻaluvchi undoshni notoʻgʻri qoʻllash natijasida paronimlar bilan bogʻliq xatolik yuzaga kelgan?
+ Ruhimizda, vujudimizda Vatan nomi mangu barqaror.
- Kech boʻlsa ham bir kelib ketishga axd qildi.
- Nutq tovushlari ikki xil boʻladi: unli va undash
- Oʻng yuziga qora xol qoʻygan.
247. Ikkinchi boʻgʻinning birinchi tovushi shovqinlilar guruhiga mansub.
Ushbu izohga mos keladigan soʻzni toping.
+ fojia
- taroq
- yangi
- shamol
248.1) Dam oladi kunduzi, xonadonning yulduzi.
2) Oyna emas jimirlar, tek turmasdan qimirlar.
3) Bir parcha patir, olamga tatir.
4) Kulib turar misoli oftob,
Hamrohidir chang, tor va rubob.
5) Qizdirsang ishlar, kiyim tekislar.
Berilgan topishmoqlarning qaysi birida yopiq boʻgʻinlar faqat jarangli undosh bilan tugagan?
+ 1, 3
- 1, 2, 4
- 3, 5
- 1, 2, 5
249. Inson dunyoni qanchalik bilsa, oʻzligini ham shunchalik anglaydi.
Berilgan gapda fonetik oʻzgarishga uchragan soʻzlardagi jarangli undoshlar haqidagi toʻgʻri fikrni aniqlang.
+ yettitasi til oldi undoshi hisoblanadi
- oltitasi sirgʻaluvchi undosh hisoblanadi
- uchtasi til orqa undoshi hisoblanadi
- oltitasi portlovchi undosh hisoblanadi
250. Adolatparvarlik soʻzidagi undosh tovushlar haqidagi toʻgʻri fikrni aniqlang.
+ hosil boʻlish oʻrniga koʻra bir umumiy guruhga mansub boʻlgan jarangli undoshlar 5 oʻrinda qatnashgan
- hosil boʻlish usuliga koʻra bir umumiy guruhga mansub undoshlar 3 oʻrinda qatnashgan
- jarangli juftiga ega boʻlgan 2 ta undosh qatnashgan
- til oldi jarangli undoshlar 6 oʻrinda qatnashgan
251. Qaysi javobdagi soʻzlarda hosil boʻlish oʻrniga koʻra hamda hosil boʻlish usuliga koʻra farqlovchi, ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra birlashtiruvchi belgilarga ega fonema qatnashgan?
+ tom-tol
- dor-tor
- toq-togʻ
- boʻr-ber
252. Oʻzi dumaloq, toʻni koʻk, belbogʻi qizil, doʻppisi oq.
Topishmoqning javobi tarkibidagi oxirgi tovushning juftini toping.
+ z
- p
- d
- k
253. Oqqoʻrgʻon, makkajoʻxori, bodomnusxa, izzattalab, tinchliksevar.
Berilgan soʻzlardan qator undoshli soʻzlar sonini aniqlang.
+ 1 ta
- 2 ta
- 3 ta
- 4 ta
254. Oʻzbek tilida lab undoshlarining nechtasi jarangli sirgʻaluvchi undosh sanaladi?
+ bittasi
- uchtasi
- toʻrttasi
- ikkitasi
255. “Jadval” soʻzidagi v undoshi qaysi xususiyatiga koʻra ushbu soʻzdagi boshqa undoshlarning hech qaysisi bilan bir umumiy guruhga mansub boʻla olmaydi?
+ hosil boʻlish oʻrniga koʻra
- shovqinli yoki sonorligiga koʻra
- jarangli yoki jarangsizligiga koʻra
- hosil boʻlish usuliga koʻra
256. Qaysi sirgʻaluvchi jarangsiz undosh tovushning jarangli jufti yoʻq?
+ h
- l
- y
- gʻ
257. Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina “Vatan” degan soʻzda mujassamlashgan.
Berilgan gapdagi nechta soʻz tarkibida sonor tovushlar qatnashmagan?
+ uchta
- bitta
- ikkita
- toʻrtta
258. Qaysi soʻzlarda nuqtalar oʻrniga boʻgʻiz undoshi qoʻyilishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |