Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Aniq bilursankim, ilm bepoyon. (Firdavsiy)
+ 5 ta
- 4 ta
- 6 ta
- 7 ta
303. Lab undoshlarining nechtasi jarangli portlovchi undosh sanaladi?
+ ikkitasi
- bittasi
- uchtasi
- toʻrttasi
304. Quyidagi soʻzlarning nechtasida nuqtalar oʻrniga boʻgʻiz tovushi qoʻllanilishi kerak?
Ishta…a, sa…iy, …attot, sayrgo…, …orish, …orij, mar…amat, maza… .
+ 4 ta
- 3 ta
- 6 ta
- 5 ta
305. Qaysi soʻzlarda nuqtalar oʻrniga qoʻyiladigan yonma-yon unlilar ogʻizning ochilish darajasiga koʻra oʻzaro birlashtiruvchi belgiga ega?
1) t…mil; 2) g…log; 3) m…sh; 4) qan…t; 5) shar…t; 6) m…vo.
+ 1, 3, 4
- 1, 2, 3, 4
- 1, 2, 3, 4, 6
- 2, 5, 6
306. Quyida berilgan soʻzlardan nechtasida qoʻsh undoshlar toʻgʻri qoʻllangan?
Gallaktika, inkassator, kilovatt, gippoteza, plastillin, kristall.
+ 3 tasida
- 4 tasida
- 5 tasida
- 6 tasida
307. Qaysi javobdagi soʻzlar tarkibida shovqinlilarga mansub boʻlmagan lab undoshi qatnashgan?
+ avvalambor, muvaffaqiyat
- kabutar, baraka
- rivoyat, qovun
- afsona, nafosat
308. Nechta jarangsiz til oldi undoshining jarangli jufti bor?
+ 4 ta
- 7 ta
- 6 ta
- 8 ta
309. Qaysi javobda ikki xil keng unli qator kelgan soʻzlar toʻgʻri koʻrsatilgan?
1) soat; 2) muallif; 3) oila; 4) matbaa; 5) saodat; 6) sharoit; 7) zoomagazin; 8) maosh; 9) taom.
+ 1, 5, 8, 9
- 1, 4, 5, 6, 7, 9
- 2, 3, 4, 7, 8
- 1, 2, 4, 5, 7, 8, 9
310. Yopiq boʻgʻinlaridan biri faqat jarangli sirgʻaluvchi til undoshlari va unlidan tarkib topgan soʻzni toping.
+ qingʻir
- shamshir
- insonparvar
- suhbat
311. Portlovchi undosh sirgʻaluvchi undosh kabi talaffuz qilinadigan soʻz qatnashgan gapni toping.
+ Oshga sabzi toʻgʻragani chiqdik.
- Devor ustida musicha turibdi.
- Oltin oʻtda, odam mehnatda bilinadi.
- Choʻntagimga yuz soʻm solib koʻchaga yugurdim.
312. Muruvvat soʻzidagi qoʻsh undosh haqidagi toʻgʻri fikrni toping.
+ lab undoshi, sirgʻaluvchi, jarangli
- til oldi, jarangli, sirgʻaluvchi
- til undoshi, portlovchi, jarangsiz
- lab undoshi, sirgʻaluvchi, jarangsiz
313. Qaysi qatordagi soʻzning yopiq boʻgʻini qorishiq undosh bilan tugagan?
+ sochma
- meshchan
- yigitcha
- koʻngilchan
314. Qaysi qatordagi soʻzlarda faqat jarangli undoshlar bor?
+ bilagʻon, maydon, jadval
- pastak, koʻksulton, koʻmak
- bardosh, koʻklam, badnafs
- paxsa, sukut, sochiq
315. Fargʻona vodiysi osmonoʻpar togʻlar bilan oʻralgan.
Ushbu gapda qanday unli tovushlar qatnashmagan?
1) til oldi oʻrta keng unli; 2) lablanmagan tor unli; 3) til orqa yuqori tor unli; 4) lablangan oʻrta keng unli; 5) til oldi keng unli.
+ 1, 3
- 2, 4
- 2, 3
- 3, 4
316. Til oldi jarangsiz undosh oʻrnida til orqa jarangli undosh ma’no farqlashi mumkin boʻlgan soʻzni toping.
+ tirsak
- surma
- sovuq
- shanba
317. Soʻzlar ma’nosini ikkita keng unli farqlagan qatorni toping.
+ molik – malik
- suymoq – soʻymoq
- urush – urish
- ombor – ombur
318. Faqat ochiq boʻgʻindan iborat boʻlgan soʻzlar qatorini aniqlang.
+ mazali, goʻyo, keladi
- arra, fazo, quyosh
- nozanin, azamat, ota
- mana, koʻrpa, semiz
319. Berilgan soʻzlarning qaysi biri tarkibida ochiq boʻgʻin mavjud?
+ tasdiqlamoq
- albomning
- san’atkorlik
- otlantirmoq
320. Quyidagi qaysi maqolda ochiq boʻgʻin eng koʻp ishtirok etgan?
+ Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor
- Birlashgan daryo boʻlur, tarqalgan irmoq boʻlur.
- Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer.
- Bor maqtansa topilur, yoʻq maqtansa chopilur.
321. Jarangli jufti yoʻq jarangsiz undosh tovush bilan tugagan yopiq boʻgʻinli soʻzlar qatorini toping.
+ dehqon, charxlanmoq, xohlamoq
- xushaxloq, shukur, xontaxta
- xumcha, tasbeh, tal’at
- tavfiq, sohib, otaliq
322. Qadriyat atamasi keng boʻlib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi.
Ushbu gapda jarangli undosh bilan tugagan nechta yopiq boʻgʻin bor?
+ 9 ta
- 8 ta
- 10 ta
- 7 ta
323. Faqat ochiq boʻgʻinlardan iborat boʻlgan soʻzni aniqlang.
+ monografiya
- orfografiya
- dangasalik
- suverinitet
324. Shu kunlarda keng jahonda, oqib keldi e’tirof,
Do'stlaringiz bilan baham: |