Istiqlolning jamoliga boqib keldi e’tirof.
She’riy parchada jarangsiz til undoshi + unli + jarangli til undoshi qolipidagi boʻgʻinlar soni nechta?
+ 4 ta
- 7 ta
- 8 ta
- 5 ta
325. Har qanday goʻzallik zamirida mehnat yotadi.
Ushbu gapda yopiq boʻgʻinlar tarkibida lablanmagan unlilar soni nechta?
+ 7 ta
- 6 ta
- 8 ta
- 5 ta
326. Quyida berilgan gapda nechta ochiq boʻgʻin mavjudligini aniqlang.
Goʻzallik tuygʻusini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas.
+ 12 ta
- 11 ta
- 9 ta
-10 ta
327. Besh yuz yil yangradi togʻday Vatanda,
Ulugʻ Alisherning asriy nidosi.
Ushbu misralarda jarangsiz juftiga ega boʻlmagan jarangli undosh bilan boshlanuvchi nechta boʻgʻin mavjud?
+ 9 ta
- 8 ta
- 6 ta
- 7 ta
328. Berilgan soʻzlarning qaysilarida birinchi boʻgʻin ochiq boʻgʻin hisoblanadi?
1) dengiz; 2) shtanga; 3) singlim; 4) koʻngil.
+ 1, 4
- 2, 3
- 1, 2, 3, 4
- 2, 3, 4
329. Koʻngil, singlisi, kongress soʻzlarining birinchi boʻgʻini qaysi qatorda toʻgʻri izohlangan?
+ koʻngil soʻzida ochiq, singlisi, kongress soʻzlarida yopiq boʻgʻin
- har uchala soʻzning birinchi boʻgʻini yopiq boʻgʻin
- har uchala soʻzning birinchi boʻgʻini ochiq boʻgʻin
- koʻngil, singlisi soʻzlarida ochiq, kongress soʻzida yopiq boʻgʻin
330. Qaysi soʻzning yopiq boʻgʻini unli va jarangli undoshdan iborat?
+ iztirob
- yoqimli
- qadriyat
- fazilat
331.Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidir.
Ushbu baytda hosil boʻlish usuliga koʻra turli guruhlarga mansub undoshlardan iborat nechta yopiq boʻgʻin mavjud?
+ 6 ta
- 4 ta
- 8 ta
- 5 ta
332. Qaysi soʻzlarning ikkinchi boʻgʻinida u yoziladi?
1) tush…nmoq; 2) tugʻ…lmoq; 3) qur…lmoq; 4) tush…rmoq; 5) yug…rmoq.
+ 1, 5
- 1, 2, 3, 4, 5
- 1, 4, 5
- 1, 3, 4, 5
333. tor, bosh, zor, bos, boy, bot, boʻgʻ.
Berilgan soʻzlardan nechtasi tarkibidagi unli oʻrniga oʻrta keng unlini almashtirib, yangi ma’noli soʻz hosil qilish mumkin?
+ 5 ta
- 4 ta
- 3 ta
- 6 ta
334. Qoʻsh undosh yozilishi kerak boʻlgan soʻzlarni toping.
+ gʻad…or, tarad…ud, mad…oh
- muqad…am, bot…ir, qat…i
- shad…od, at…or, bad…iy
- bat…ar, jad…id, jid…iy
335. Baxtli qiladigan ham shu, baxtsiz qiladigan ham shu.
Yuqorida keltirilgan gapdagi til oldi jarangsiz undoshlar sonini aniqlang.
+ 5 ta
- 15 ta
- 21 ta
- 11 ta
336. Qaysi qatordagi soʻzlarda “ng” bir tovushni ifodalamoqda?
+ jarang, ingichka, attang
- durang, onangiz, nonga
- kongress, menga, singil
- tanga, jang, menga
338. Qaysi qatordagi soʻzlarda “ch” tovushining jarangli jufti bor?
+ jajji, jarroh
- prujina, jemper
- jurnal, ajdar
- choy, chavgon
339. Qaysi qatordagi soʻzlarda til oldi, jarangli undoshni lab tovushi bilan almashtirganda lugʻaviy ma’no oʻzgaradi?
+ qaynoq, doni, koni
- soda, tana, nina
- marra, sodda, qol
- tanbur, nayza, tol
340. Qaysi soʻzda yonma-yon kelgan jarangli undoshlarning oldingisi boshqa jarangli tovush sifatida talaffuz etiladi?
+ tanbal
- toʻqson
- taqsimot
- taskin
341. Berilgan soʻzlarning nechtasida til oldi, portlovchi qoʻllanilishi lozim?
mas..id, i..tido, gʻi..jak, sara..jom, k..itansiya, oli..anob, taa..suf, istibdo.. , muto..aa, krep..eshin.
+ 6 ta
- 4 ta
- 5 ta
- 3 ta
342. Jarangsiz jufti mavjud boʻlgan til oldi, jarangli undoshlarni aniqlang.
+ j, z, d
- d, b, z
- z, g, d, j
- t, s, ch, sh
343. Qaysi qatordagi soʻzlarda “o” unlisi “a” singari talaffuz qilinadi?
+ dekoratsiya, omonim, monitoring
- dekoratsiya, boks, noyabr
- savol, bahor, zamon
- okulist, tonna, tort
344. Qaysi qatordagi soʻzlarda ikki undosh orasida unli tovush orttirib talaffuz qilinadi?
+ sport, mehr
- stakan, stansiya
- stol, stul
- okean, radio
345. So‘zning asosiy ma'nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan eng kichik qismi nima deb ataladi?
+ asos (o‘zak)
- harf
- qo’shimchalar
- shakl yasovchi qo’shimchalar
345. Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra necha turli bo‘ladi?
+ 2
- 3
- 4
- 1
346. Asosga qo‘shilib, yangi ma'no hosil qiluvchi qo‘shimchalar nima deb nomlanadi?
+ so‘z yasovchi qo‘shimchalar
- shakl yasovchi qo’shimchalar
- kelishik qo’shimchalari
- a va b javoblar to’g’ri
347. So‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali yasalgan so’zlar qatorini toping.
+ do‘ppido‘z, sеrqatnov, foydali, taqsimla
- foydali, taqsimla, paxtakorlar
- Tashvishli, sеrtashvish,ishchi,
- ishchi, o’tinchi, talabalar
348. Bir so‘zni takror keltirish noaniq miqdoriy ko‘plikni ifodalashga yoki ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladigan so‘zlarga qanday so‘zlar deyiladi?
+ takroriy so’zlar
- juft so’zlar
- qo’shma so’zlar
- sodda so’zlar
349. Quyidagi misollardan asosdosh (o‘zakdosh) so‘zlarni toping.
+ Tashvishli, sеrtashvish, tashvishlanmoq
- toshloq, tеmirchi, tеmirchilik, sеrquyosh
- do‘ppido‘z, sеrqatnov, foydali
- tеmirchilik, sеrquyosh, do‘ppido‘z, sеrqatnov
350. Lug`aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni toping.
+ -lar, -roq, -cha, -xon
- -la, -lash, chi, -roq
- be-, -zor, -li, -lar
- -cha, -xon -la, -lash, chi,
351.Qaysi qatorda relyatsiya hodisasiga misollar berilgan?
+ Kitob, kitobga, kitobdan
– Ish, ishchi, ishchan
– Bogʻ, bogʻbon, bogʻli
– Suv, suvchi, suvli
352. Qaysi qatorda derivatsiya hodisasiga namuna keltirilgan?
+Kitob – Kitobxon
– Meva – mevalar
– Oq – oqroq
– Oʻqi – oʻqidim
353. Qaysi qatorda suffiksal soʻz yasash qolipi keltirilgan?
+ [ot + -chi = so‘z yasash asosi anglatgan narsa/hodisa… bilan aloqador ish-harakatni bajaruvchi shaхs/predmetni atovchi ot]
– [be + ot = so‘z yasash asosi atab kelgan narsa/hodisa, belgiga ega bo‘lmaslik ma’noli sifat]
– [ot + bo‘l- = o‘timsiz fe’l]
– [o‘nlikni atovchi sanoq son + birlikni atovchi sanoq son = o‘n birdan to‘qson to‘qqizgacha sanoq son]
354. Qaysi qatorda derivatsion sinonimiya yuzaga chiqqan?
+savlatli, sersavlat
– nonni yeng – nondan yeng
– barakali-bebaraka
– uyga jo‘namoq – uy tomon jo‘namoq
355. Qaysi qatorda lug‘aviy-sintaktik (funksional) shakllar toʻgʻri keltirilgan?
+niki,-dagi
–ning, -da
–ib, -di
–soz, -chi
356. Qaysi soʻz morfemalarga notoʻgʻri ajratilgan?
+yop-ish-qoq
–sherik-chilik
–sevin-ch
–asab-iy-lash-moq
357. Qaysi ma’lumot toʻgʻri emas?
+Tovush minimal lisoniy birlik sanaladi
–Fonema ma’no farqlash xossasiga ega.
–Bir fonemaning turli varianti ma’no farqlamaydi.
–Tovush fonemaning nutqiy varianti hisoblanadi.
358. Umumiy belgisi asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgisi bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar tizimi nima deyiladi?
+Paradigma
–Til birligi
–Qolip
–Lisoniy tizim
359. Til birliklarining chiziqsimon, ketma-ketlik munosabati qanday munosabat hisoblanadi?
+Sintagmatik munosabat
–Pog‘onali munosabat
–Sintaktik munosabat
–
Do'stlaringiz bilan baham: |