125. Diskontlash turlari.
Diskont – boshlang’ich summani xisoblash, aniqlash uchun oshgan qiymatdan ayriladigan chegirma summasidir. Chegirmalar katta summadan kichik summani aniqlash uchun xisoblansa, ustamalar yozish, buning teskarisi, ular kichik summadan katta summani aniqlash uchun hisoblanadi. Shuni esda tutish kerakki, boshlang’ich qiymat aniq moliyaviy sharoitda oshgan qiymatning teskari ifodasidir.
Uning asosida, butun son va qismlari farqi xisoblanuvchi xamma ko’rsatkichlar teskari sonlar bo’ladi.
Masalan, oshgan qiymatni 1,0, diskont (chegirma) stavkasi 0,2 ga teng deb qabul qilinsa, foizlar ko’paytmasining teskari soni 0,8 (1,0-0,2) emas 0,833 (1,0 : 1,2) teng bo’ladi. Bu tasdiqnoma soda va murakkab foizlar bilan xisoblangan diskont summasi va stavkalariga nisbatdan emas, balki diskontlashda qo’llaniladigan barcha metodlar uchun adolatlidir.
126. To‘lovlarning moliyaviy ekvivalentligi
Pul mblag’larini qiymatini o’rganishda moliyaviy ekvivalentlik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy ekvivalentlik deganda – operatsiya va bitimda qatnashuvchi tomonlarning moliyaviy majburiyatlarining tengligi tushuniladi. Masalan, bank bilan ishlab chikarish korxonasi o’rtasida 50 mln.so’mlik kredit bitimi tuzildi va xar yili kredit oluvchi beruvchiga 5 mln.so’mdan va 4 yildan so’ng 50 mln.so’mni qaytarib beradigan bo’ldi .Sug’urtalanuvchi sug’urta qiymatini to’laydi, sug’urtachi esa agarda sug’urta xodisasi sodir bo’lsa summani to’lash majburiyatini oladi. Birinchi bitimda to’lov xar qanday sharoitda xam amalga oshiriladi, ikkinchisida esa sug’urtachini to’lash extimoliga bog’lik bo’ladi.
To’lovlarni tengligini ta’minlash maksadida ularni ekvivalentlik tamoyili qo’llaniladi. Uni qo’llashda tomonlarning majburiyatlari o’zgarmaydi, ekvivalentlik tamoyiliga muvofiq foizlar darajasi, ularni turi, majburiyatni bajarish vaqti, to’lovlarning vaqt bo’yicha taqsimlanishi va boshqalar o’zgartirilishi mumkin
127. Moliyaviy rentalar.
Hamma to’lov a’zolari ijobiy miqdorlardan tashkil topgan, ikki to’lov orasidagi vaqt intervali teng bo’lgan to’lovlar qatori (potogi) moliyaviy renta yoki annuitet deyiladi.
Renta tarkibiga kiruvchi har bir to’langan to’lov (pul) renta a’zosi, to’lovlar orasidagi vaqt – renta davri, to’lovlarning umumiy vaqti – renta muddati deb ataladi.
Rentalar to’lov soni va ustama yozish bo’yicha yillik (1 yilda bir marta to’lanadi) va R – muddatli (R – yil ichidagi to’lovlar soni) rentalarga bo’linadi. Bularni, umumiy ko’rinishda, diskret rentalar deyiladi. Moliyaviy amaliyotda shunday to’lovlarni uchratish mumkinki, ular juda tez-tez amalga oshiriladi, shu munosabat ularni uzluksiz rentalar deb nomlashgan.
A’zolarining miqdori bo’yicha rentalar doimiy (renta a’zolarining razmeri bir xil) va o’zgaruvchan turlarga bo’linadi (ularda a’zolar miqdori vaqt bo’yicha o’zgarib boradi).
To’lash ehtimoli bo’yicha rentalar to’g’ri va shartli turlarga bo’linadi. To’g’ri rentalar hech qanday shartsiz to’lanadi, misol uchun kreditni qoplashda. To’g’ri renta a’zolari soni oldindan aniq bo’ladi. Shartli rentalarda to’lov hodisa ro’y bergandan so’ng to’lanadi. Bunga, sug’urta to’lovlari yorqin misol bo’lishi mumkin. Ma’lumki, sug’urta mkofoti oldindan to’lanmaydi va ularning soni ham aniq emas. Bir yilda necha marta suv toshqini bo’ladi va u bo’yicha qancha zarar ko’riladi degan savolga faqat ma’lum bir ehtimol bilan javob berish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |