26. Navoiyshunoslikka doir ilk adabiy va ilmiy manbalar tasnifi
27. XX asrning I yarmi o’zbek navoiyshunosligi
Alisher Navoiyni o`rganishning ilk bosqichlari
Navoiy hayoti va ijodiy merosini ilmiy asosda o’rganish o’zbek adabiyotshunosligida ХХ asrning 20-yillaridan boshlandi.
Bu boradagi dastlabki izlanishlar taniqli o’zbek ijodkori professor Abdurauf Fitratga qalamiga mansubdir. Uning “Navoiyning forsiy shoirlig’i ham uning forsiy devoni to’g’risida”, “Farhod va Shirin” dostoni to’g’risida” nomli maqolalari bu boradagi jiddiy ilmiy tadqiqotlardandir.
Navoiy tavalludining 500 yilligi va navoiyshunoslik bo`yicha yangi tadqiqotlar
1938- yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligini 1941- yilda nishonlash haqida qaror qabul qilindi. Yubileyga tayyorgalik ishlari natijasida bir qator maqola, risola va monografiyalar yaratildi. Navoiyning bir qator asarlari,
“Хamsa”ning qisqartirilgan varianti, “Chor devon”, “Muhokamat ul-lug’atayn”,
“Mahbub ul-qulub” nashr etildi. Navoiy asarlari bir qancha tillarga tarjima qilindi.
Maqsud Shayxzoda «Genial shoir» nomli asarini yozdi. Adabiyotshunos
V.Abdullayev Navoiyning Samarqanddagi faoliyati xususida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Ikkinchi jahon urushining boshlangani sababli
yubiley kechiktiriladi. Mazkur tantana 1948-yilning may oyida katta tantanalar
bilan nishonlanadi. Shu yili “Ulug’ o’zbek shoiri” (Oybek tahriri ostida) nomli
maqolalar to’plami o’zbek va rus tillarida e’lon qilinadi. Ye.E.Bertels,
O.Sharafiddinov, S. Ayniy singari olimlarning ilmiy risolalari chop etiladi. Ularda
ulug’ shoir ijodining muayyan qirralari munosib baholanadi. Тaniqli o’zbek shoiri
G’afur G’ulom «Navoiy va zamonamiz» (1948) nomli maqolasida «o’zbekning
ulug’ shoiri», «inson farzandi»ning jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi,
ijodiy tafakkurining diapozoni, fidoiyligi munosib baholaydi.
Navoiyshunoslik fani Alisher Navoiy ilmiy biografiyasini yaratishda katta
yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ye.E.Bertels, O.Sharafuddinov, Sadriddin Ayniy, Oybek,
V. Zohidov, V. Abdullayev, I. Sultonov va boshqalarning Navoiy hayot yo’lini
yoritishga bag’ishlangan ilmiy ishlari shular jumlasidandir.
Mazkur tadqiqotlarda shoir zamondoshlari yozib qoldirgan adabiy, tarixiy,
memuar asarlar, shuningdek, Navoiyning o’z asarlari asosiy manba vazifasini
bajardi.
ХХ asrning 40-yillarida navoiyshunoslik
ХХ asrning 40-yillarida navoiyshunoslikda erishilgan yutuqlar o’z samarasini bera boshladi. Shoir ijodiy merosini o’rganish turli millatlar sharqshunoslarining ham diqqatini o’ziga jalb qila boshladi. Navoiyshunoslik ilmi fan sifatida shakllana boshladi va uning oldida shoir asarlarini to’plash, navoiy merosining mukammal biblografiyasini tuzish, asarlarining nodir nusxalarini aniqlash, dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish vazifalari turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |