28. XX asrning II yarmi o’zbek adabiyotshunosligida navoiyshunoslik fani
taraqqiyoti
ХХ asrning 60-yillarida navoiyshunoslikdagi yangiliklar
50-yillardan boshlab Navoiy ijodini o‘rganish matnshunoslik yo‘nalishida davom etdi.
Alisher Navoiy tavalludining 525 yilligini nishonlash tantanalari munosabati
bilan ХХ asrning 60-yillarida navoiyshunoslikda anchagina yutuqlarga erishildi.
- Adabiyotshunos P.Shamsiyev tomonidan tayyorlangan “Хamsa”ning mukammal
nashri (1960),
- H.Sulaymon tomonidan “Хazoyin ul-maoniy”ning akademik nashri
(1959-1960) amalga oshirildi.
- Shoir asarlarining o’n besh tomligi nashr etildi.
- Bu davrda adabiyotshunos Т.Jalolovning “Хamsa” talqinlari” (1962),
- A.Hayitmetovning “Navoiyning ijodiy metodi masalalari” (1963), “Sharq
adabiyotining ijodiy metodi tarixidan” (1970),
- Yo.Ishoqovning “Alisher Navoiyning ilk merosi” (1965),
- N.Mallayevning “Genial shoir va mutafakkir” (1968) nomli tadqiqotlari,
- Shayxzodaning “Ustodning san’atxonasida” (1965-1966),
- Oybekning “Navoiy gulshani” (1967) nomli maqolalar to’plami
- 1987–2003-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti hamda H.S.Sulaymonov nomidagi qo‘lyozmalar instituti tomonidan Alisher Navoiyning 20 jildlik “Mukammal asarlar to‘plami” e’lon qilindi.
ХХ asrning 70-yillarida navoiyshunoslik yutuqlari
ХХ asrning 70-yillarida navoiyshunoslik ilmi uchun muhim ahamiyatga ega
bo’lgan bir qator ishlar amalga oshirildi.
- Akademik A.Qayumov Navoiy “Хamsa”si tarkibiga kiradigan dostonlarni talqin qiladi.
A.Hayitmetovning:
- “Тabarruk izlar izidan”,
- “Navoiy dahosi”,
- “Meros va ixlos” kabi tadqiqotlar,
- A.Abdug’afurovning “Navoiy ijodida satira” (1972),
- S.Erkinovning “Navoiyning “Farhod va Shirin”i va uning qiyosiy tahlili” (1971),
- N.Mallayevning “Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti” (1974),
- A.Rustamovning “Navoiyning badiiy mahorati” (1979) nomli monografik tadqiqotlari bunga misol bo’la oladi.
29. Izzat Sultonning “Navoiyning qalb daftari” kitobida navoiyshunoslik
masalalarining yoritilishi
Hazratning murakkab hayot yo‘li, turfa sinovlarga boy umri haqida hikoya qiluvchi asarlar bisyor,
lekin Izzat Sulton tomonidan yaratilgan “Navoiyning qalb daftari” asari o‘zgacha yo‘sinda. 1969-yilda
dunyoda kelgan ushbu asar “Umr fusulining navbahori”, “Yigitlik chashmalarining hayotbaxshlig‘ining
og‘ozi”, “Fusulning xazoni, tiriklik bog‘ining bargrezining nishoni”, “Umr fusulining qishi” kabi boblardan iborat. Boblarning nomlanishi shams ul-millatning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti devonlarining nomlariga
o‘xshashligi asar jozibadorligini oshirgan va o‘quvchini Navoiy ruhiyatiga yaqinlashishiga xizmat qilgan.
Bu she’riy ta’riflar bir qaraganda, o‘sha davrlashga shartlilik kirgizgandek bo‘ladi, ammo adibning hayoti
va ijodi bilan yaxshi tanishgandan keyin bu davrlash chuqur hayotiy asosga va har “fasl” o‘ziga xos yorqin
mazmunga ega ekaniga qoyil qolmasdan iloj yo‘q!
Asarning o‘zgacha yo‘sindaligi shundaki, muallif Navoiyni o‘zi haqida o‘zi suhbatga kirishtiradi.
Bunda g‘azal mulkining sultoni ajoyib badiiy asarlarida, ilmiy tadqiqotlarida, xotiralarida va zamondoshlariga
yozgan sanoqsiz xatlarida o‘z davri, o‘z hayoti va umuman hayot haqida, o‘z ijodi va umuman ijod, o‘z
shaxsi va umuman inson haqida ko‘pgina fikrlarni aytgan. Asarning birinchi bobida Navoiyning bolaligidan toki yigirma yoshgacha bo‘lgan davri yoritilgan.
Daho shoirning 1444-yil 5 yoshida, hurmatli kishilar davrasida o‘sha davrning eng mashhur va so‘fiy shoiri
hamda faylasufi Qosim Anvorning quyidagi baytini o‘qiydi:
Rindem-u oshiqem-u jahon so‘z-u joma chok,
Bo davlati g‘ami tu zi fikri jahon chi bok?
Aynan mana shu baytni yod aytishi asarda dahoning uyg‘onishi sifatida baholangan. Hijriy
835 yil(milodiy 1432)da vafot etgan Qosim Anvorni Navoiy o‘zi ko‘rmagan bo‘lsa ham, juda hurmat
qilgan. Shuning uchun “Majolis un-nafois”da uni shaxsan uchrashuv sharafiga ega bo‘lmagan shaxslarga
bag‘ishlangan “avvalg‘i majlis”(birinchi bob)ini ana shu Anvar nomi bilan boshlashni sharf deb biladi
va u haqida hammadan ko‘proq ma’lumot beradi.
30. Maqsud Shayxzodaning “Ustod san’atxonasida” tadqoqotida navoiyshunoslik masalalalari
31. “Makorim ul-axloq” asarida Navoiy siymosining yoritilishi
G‘iyosiddin Humomiddin Xondamir (1475–1535) qalamiga mansub “Makorim ul-axloq” (Olijanob sifatlar) asarini keltirish o‘rinlidir. Asar Navoiy hayoti, ijodiy merosi, ijtimoiy-siyosiy va homiylik faoliyati haqida birmuncha batafsil ma’lumot beruvchi manbadir.
Xondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma'naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida ma'lumot Tarixchining “Makorim ul-axloq” asari esa Navoiyning yuksak axloqiga bag'ishlangan maxsus risola bo‘lib, shoir tarjimai holiga doir muhim faktik ma’lumotlarning keltirilganligi bilan ahamiyatlidirberadi.
Asar muqaddima, o‘n maqsad (bob) va xotimadan iborat. Ularda Navoiy tavalludidan vafotiga qadar bo‘lgan voqealar lo‘nda va go‘zal tarzda bayon etilgan. Shoirning yuksak axloqiy fazilatlariga aniq misollar keltirilgan. Bu haqda to‘xtalish ortiqcha. Chunki asarning o‘zbekcha tarjimasi bir necha bor chop etilgan (1940, 1949, 1967, 2015). Akademik Izzat Sulton ta’rifi bilan aytganda: “Makorim ul-axloq”da Navoiyning biografiyasi emas, balki uning tarixi, fe’l-atvori masalasi birinchi o‘rinda turadi
Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida ma’lumot berilishicha, shoirning tug‘ilgan sanasi hijriy 844-yil ramazon oyining 17-kunida bo‘lib, tovuq yiliga to‘g‘ri keladi. Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni G'iyosiddin Kichkina deb ham atashgan)ntemuriylar saroyining amaldorlar- idan, onasi (ismi ma’lum emas) Kobul amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |