1. Adabiyotshunoslik tizimida navoiyshunoslikning o’rni


Yo.Is’hoqovning “Navoiyning ilk lirikasi” kitobida ulug’ shoir ijodining o’rganilishi



Download 149,3 Kb.
bet10/16
Sana05.07.2022
Hajmi149,3 Kb.
#740456
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Javoblar 35

21. Yo.Is’hoqovning “Navoiyning ilk lirikasi” kitobida ulug’ shoir ijodining
o’rganilishi

Navoiy lirikasini tahlil etish jarayonida buyuk shoir ijodiga forsiy tildagi adabiyotning ta’sirini hisobga olish lozim. Yoqubjon Ishoqov Navoiy ijod qilgan janrlar, xususan, g‘azal janri taraqqiyoti haqida fikr yuritar ekan: «Alisher Navoiyning buyuk xizmati shundaki, u o‘zbek lirikasini, jumladan, g‘azal janrini yuqori bosqichga, yuksak darajaga ko‘tarish uchun kurash jarayonida faqat milliy an’analar bilangina qanoatlanib qolmay, ko‘pasrlik tajribaga ega bo‘lgan fors g‘azalchiligining katta yutuqlarini ham qunt bilan o‘rganib, uning ilg‘or traditsiyalarini o‘zbek she’riyati ­taraqqiyotiga xizmat qildirdi»,degan asosli ­mulohazani o‘rtaga tashlaydi. Bu alohida ­adabiy-estetik hodisa hisoblanib, shoirning beqiyos ­iste’dodi mevasi sanaladi.
Yo.Ishoqov Navoiy lirikasining xarakterli janrlaridan bo‘lgan g‘azal, qit’a, ruboiy, soqiynomalarni tahlil etish asnosida ularning mavzui, kompozitsion qurilishi, tasvir printsiplari, semantik strukturasini g‘oyat batafsil va izchil bayon qiladi. Olim tadqiqotning badiiy tasvir poetikasiga doir bobida shoir lirikasida qo‘llanilgan badiiy san’atlarni o‘nta katta guruhga bo‘lar ekan, asosiy e’tiborni ushbu san’atlarning shoir g‘oyasini aks ettirishga qay darajada xizmat qilganligiga qaratadi.
22. Fitrat – navoiyshunos.

Navoiy hayoti va ijodiy merosini ilmiy asosda o’rganish o’zbek adabiyotshunosligida ХХ asrning 20-yillaridan boshlandi.
Bu boradagi dastlabki izlanishlar taniqli o’zbek ijodkori professor Abdurauf Fitratga qalamiga mansubdir. Uning “Navoiyning forsiy shoirlig’i ham uning forsiy devoni to’g’risida”, “Farhod va Shirin” dostoni to’g’risida” nomli maqolalari bu boradagi jiddiy ilmiy tadqiqotlardandir.
Abdurauf Fitrat bizga o`zining maqolasida Navoiyning cgig`atoy adabiyoti eng ulug` namoyondasi bo`lganini, fors tazkirachilaridan Davlatshoh Samarqandiy, Som Mirzo, Rizo Qulixon Xidoyat, Kamoliddin Xusayn Voiz Koshifiylar navoiyning kuchli forsiy shoir ekanligini tasdiqlaganlagani haqida ma`lumotlar keltiradi.
Bundan tashqari, qadimda shoirlar Navoiyni forsiyda “Fanoiy” tahallusida ijod qilgan deb tahmin qiladilar, lekin Z. M. Bobur o`zining “Bobornoma”sida “Foniy” tahallusida ijod qilganini aytadi. Bundan tashqari Navoiyning o`zi ham “Lison ut- tayrda” o'zining forsi(y)chada «Foniy» unvonli ekanini ochiq qilib aytadi. Uzining
«Muhokamatul-lug'atayn»i- da yozganiga ko'ra: Navoiy o'n besh yasharligidan qirq yasharligigacha fors adabiyoti bilan juda kuchli suratda mashg'ul bo'lg'an, zamonida mavjud fors devonlarining hammasini bo'lmasa ham ko'pini ko'rgan. Forsiy she`rlarini o`ziha ustoz deb bilgan Xusrav Dehlaviy, Xofiz Sheroziy va haqiqiy ustozi Abdurahmon jomiylarning forsiyda yozgan she`r va g`azallariga nazira shaklida, yoki ular ta`sirida yozgan. Uning forsiycha devoni olti ming baytdan ortiqdir.
“Mavlono Jomiydan boshlab, u zamonning eng katta fors shoirlari o'z she'rlarini ko'rsatgan, tuzatib berishini so'raganlar. Navoiy ularning she'rlarini haqli bir suratda tanqid ham tas'hih etgan. Navoiy zamonining forsiy shoirlari bilan adabiy munozaralar qilib turgan. Bu kun u munozaralarning unda-munda tarqalib turgan bir- ikki namunasi fors adabiyotida uning qanday chuqur bir kishi ekanini e'lon qilib turadi.” – deydi Fitrat o`zining maqolasida
“Adabiyotimnzning bobosi bo'lg'an Navoiyning fors tilida bo'lg'an bu iqtidorini keng suratda ochib ko'rsatish, uning fors shoirlarining haysilaridan ko'brak ta'sir olg'anini anihlab olish adabiyotimizning tarixi uchun, albatta, muhimdir. Bu muhim adabiy xizmati uchun uning forsi(y)cha devoni lozimdir. Navoiyning forsi(y)cha devoni bizning xususiy, umumiy kutubxonalarimizda bu kungacha yo'q edi. Ovrupa kutubxonalarida ham borlig'ini eshitmadik. Mundan uch-to'rt oy burun adabiy tekshirishlar uchun Samarqanddan Buxorog'a kelgan Vadud Mahmudiyning axtarishlari natijasida o'rtoq Muso Saidjonovning xususiy kutubxonasida Navoiyning forsi(y)cha devoni borlig'i onglashildi, to'rt yarim ming baytdan ortuq bo'lg'an bu devon qo'lyozma bir «Bedil» devonining hoshiyasida «yarim shikasta» bir xat bilan yozilg'an, yanglishi juda ko'b.”, - deb yozadi Abdurauf Fitrat, ushbu devonning ilk bor topilishi to`g`risida.
23. Vadud Mahmudning Alisher Navoiyga bag’ishlangan tadqiqotlari

“Navoiygacha turk adabiyoti”, “Alisher Navoiy”, “Fuzuliy Bag’dodiy”, “Navoiy uchun”, “Turk adabiyoti tarixi”, “Turk shoiri Ajziy” kabi maqolalari bor.
U «Jlmiy-adabiy vazifalar qarshisida» nomli maqolasida: «Alisher
Navoiy turk adabiyotining otasidur..... Navoiy buyuk adib, buyuk
shoir, buyuk dohiydur» deya uni o ‘rganishga da’vat etdi. Uning 500
yillik yubiley munosabati bilan «Maorif va o‘qitg‘uvchi* jurnalida
(1925) chop etgan adabiy portret xarakteridagi maqolasi XX asrda
o ‘zbek olimlari tomonidan e ’lon qilingan dastlabki ishlardan biri
edi. Navoiy ijodi haqidagi maqolada, ayniqsa, u buyuk mutafakkirning
tasavvufga munosabatini to‘g‘ri izohlashi jihatidan hoziigi adabiyotshunoslik uchun ham o‘rnak bo‘la oladi.

Download 149,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish