24. Sadriddin Ayniyning navoiyshumnoslik fani rivojiga qo’shgan hissasi
Sadriddin Ayniy Alisher Navoiy ijodiga ayricha munosabat bilan yondashgan. Navoiyning fors tilida yaratilgan “Sittai zaruriya” turkumiga kiruvchi “Tuhfatul afkor” qasidasidan 13 baytini namuna sifatida keltiradi. Ma’lumki, “Sittai zaruriya” qasida 6 qismdan (“Ruhul quds”(“Muqaddas ruh”), “Aynul
hayot”(“Hayot chashmasi”), “Tuhfatul afkor”(“Fikrlar tuhfasi”), “Qutul qulub”(“Qalblar quvvati”), “Minhojun najot” (“Najot yo`li”), “Nasimul xuld” (“Jannat shabadasi”) o‘rin olgan bo‘lib, hajman turlichadir. “Tuhfatul afkor” qasidagi 99 baytdan iborat. Qasida Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlangan
bo‘lib, Jomiyning «Lujjat ul-asror» qasidasiga ruhan yaqin turadi. “Tuhfatul afkor” qasidasi Amir Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror» qasidasiga tatabbu’ tarzida yaratilgan. Navoiy Amir Xusrav Dehlaviyning “Daryoi abror” qasidasining shakl va mazmunini saqlagan holda bu fikrlarni tadrijiy takomilga olib chiqqan. “Sittai zaruriya” muqaddimasida keltirilishicha, turkum qasidalar orasida “Tuhfat ul-afkor” qasidasi birinchi bo‘lib, Jomiy tiriklik davrida yozilgan. Qasidada insoniyatning eng oliy sifati – faqirlik sifatlari bayon qilinadi. Qolgan qasidalarning aksariyati Jomiy o‘limidan keyin yaratilgan. Sadriddin Ayniy“Tuhfatul afkor” qasidasidan parcha keltirar ekan, oldin ushbu parchalarning manbasini ko‘rsatib o‘tadi.
Majmuada keltirilgan parcha Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asaridan olingan bo‘lib,S.Ayniy “Az Davlatshoh” so‘zini izoh sifatida keltiradi. Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”asari X—XV asrlarda yashab ijod etgan forsigo‘y va ayrim turkigo‘y shoirlar faoliyati hamda ijodidan namunalar beruvchi muhim manbalardan biridir. Tazkira Muqaddima, 7 tabaqa va Xotima qismlaridan iborat bo‘lib, Xotima qismida Nuriddin Abdurahmon Jomiy, Nizomiddin Alisher Navoiy, Shayx Ahmad Suhayliy faoliyati ijodidan parchalar keltiriladi.
25. Maqsud Shayxzodaning “Navoiyning lirik qahramoni” maqolasining ahamiyati
Alisher Navoiy lirikasini nazariy jihatdan tadqiq etish sohasida an`anaviy navoiyshunoslik yerishgan dastlabki jiddiy muvaffaqiyatlardan biri Maqsud Shayxzodaning “Navoiyning lirik qahramoni haqida” nomli ilmiy ishidir.
Maqsud Shayxzoda mazkur ishga asosiy oby`ekt sifatida “G’aroyib us- sig’ar” devonini asos qilib olgan bo’lsa ham, umuman, Navoiy lirik qahramoni haqida fikr yuritadigan shoir lirikasining yetakchi xususiyatlarini ko’rsatishga uning lirik qahramoniga xos barcha muhim xususiyatlarni butun murakkabligi bilan ochib berishga harakat qiladi. Mazkur asar Navoiy lirikasini dastlabki usul asosida tadqiq etish ishining ilk yirik mahsuli bo’lib, bu sohada keyingi davrlarda chiqqan va chiqayotgan katta hajmdagi ishlarning sermazmun debochasidir.
M.Shayxzodaning “Navoiy lirikasining ba’zi bir poetik usullari haqida” hamda “Ustodning san’atxonasida” siklidagi poetikasini o’rganishdek muhim bir vazifani ado etish borasidagi dastlabki ijobiy natijalar deb aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |