12.Kutubxona nima- Kutubxonalar bilan ishlashning mukammallashgan mexanizmi Simvollar kutubxonasini qo’llash - Flash-filmlar yaratishning samaradorligini oshiruvchi mexanizmlardan biridir. Filmda kutubxona simvollarini qo’llash film o’lchamini qisqartiradi va uni yaratishni tezlashtiradi. Flash ning yangi versiyasida bu mexanizm bir qator yangi imkoniyatlar bilan to’ldirilgan.
KUTUBXONA BILAN IShLAShNING YaNGI FUNKTcIYaLARI Bunday funktciyalarga quyidagilar kiradi:
import qilingan va yangi yaratilgan simvollarni film kutubxonasiga avtomatik ravishda kiritish;
fayl tuzilishining to’liqligini avtomatik kuzatish va nazorat qilish;
simvollarning bir-biriga to’g’ri kelmaydigan nomlari borligi haqida ma`lumot berish;
drag-and-drop texnologiyasi asosida yangi simvollarni yaratish.
Simvollar bilan ishlaydigan ko’pgina funktciyalarni kontekst menyu orqali bevosita kutubxona oynasida qo’llash mumkin. Masalan, simvolning yana bir nusxasini olish uchun kontekst menyudagi mos buyruqni tanlash etarli (1.17 rasm).
Kutubxonalarning yangi tiplari Flash MX da bo’linadigan kutubxonalarning (Shared Library) ikki tipi qo’llanadi:
Author-time - yaratish vaqtiga nisbatan bo’linadigan kutubxona; bunday kutubxonaga kiradigan simvollarni bir necha filmlarda qo’llash mumkin, shuningdek, kutubxona tarkibini istalgan film-egasi tahrirlashi mumkin.
Rim-time - bajarish vaqtiga nisbatan bo’linadigan kutubxona; bunday kutubxonaga kiradigan simvollarni bir necha filmlarda qo’llash mumkin, lekin bu simvollarni tahrirlash fakatgina film-manbada amalga oshiriladi.
13.Matn nechta turi mavjud-matnning 3turi mavjud:static,dinamik input.Dinamik matn -Dinamik (yoki o’zgartiriladigan) matn (Dynamic Text) – bu shunday matn maydoniki, uning tarkibini ActionScript tili stcenariylari yordamida o’zgartirish mumkin (ya`ni, film namoyishi jarayonida). ActionScript da stcenariy yordamida dinamik matn maydonlari bilan ishlash imkoniyati xar bir maydon TextField deb nomlangan ActionScript tilining maxsus ob`ekt ekzemplyari sifatida kabul kilishga asoslangan. Dinamik matn maydoniga unikal nom (identifikator) berilishi mumkin bulib, ushbu nom orqali maydonning tarkibi va formatini o’rnatish yoki o’zgartirish uchun unga murojaat kilish mumkin. Masalan, siz bunday maydon uchun simvol kodirovkasini dinamik o’zgartirishingiz mumkin. On(release){_root.m1text=””} Statik matnda-animatsiya berish mumkin harakatlanish un ishlatiladi dasturlashda ishlatilmaydi nom berib bo’lmaydi .