O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Fakultet: Televizion Texnologiyalar
Fan nomi:Virtual reallikni vizuallashtirish
AMALIY ISH -2
Bajardi: 512-17 guruh talabasi Maxmudov Ozod
Tekshirdi: Ibadullayev S
Virtual muzeylarning to‘plamlari ikkita o‘ziga xos xarakteristikaga ega bo‘lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bo‘lib, virtual muzeylarning afzalligini ko‘ra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bo‘lgan.
Virtual muzeylar nafaqat madaniy — ma’rifiy muassasasigina bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi ko‘rgazmalarni virtual tomosha qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ularning roli kattadir. Chunki virtual muzeylar real muzeylardan farqi o‘qituvchi yordamisiz o‘quvchilar mustaqil o‘zlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat ilmiy dunyoqarashni rivojlantiradi, balki o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos bo‘ladi. Virtual muzeylardan foydalanish o‘quvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki Internet tarmog‘idan erkin foydalana olish ko‘nikmasini hosil qilishga ham imkon yaratadi.
«Virtual ekskursiyalar» — real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, o‘quvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda u real hayotda ko‘ra olmaydigan muzeylarga ham sayohat qila oladi. O‘quvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan o‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish o‘qituvchining yordami va ko‘rsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa o‘quv dasturlariga muayyan o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday tarzda o‘quv ishlarini tashkil etish samarali hisoblanadi.
Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Arxeologiya» muzeyi materiallari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun virtual muzey yaratishga harakat qildik. Virtual muzeyni yaratishda quyidagi maqsadlarga erishishga alohida e’tibor qaratildi:
1.Arxeologik materiallarni elektron (foto, video) variantga ko‘chirib o‘tkazish.
2.Muzey materiallari bilan ishlashda o‘quvchilarni izlanuvchilik faoliyatiga jalb etish.
3.Audiovizuallik tavsifida muzey materiallari asosida videoroliklar tayyorlash.
Mazkur maqsad bilan bog‘liqlikda quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi:
1. Izlanishga doir: arxeologik materiallar bilan tanishish, ularni davrlarga ajratish, arxeologik olimlar bilan uchrashish, arxeologik yodgorliklarga tavsif yozish.
2. Amaliy: materiallarni foto ko‘rinishida formatlash, lavhalar tayyorlash, videoroliklar yaratish.
3. Tatbiqiy: yaratilgan lavhalardan ZiyoNET portalida veb-sahifa yaratish, DVD-disklarga yozish va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommalashtirish.
«Arxeologiya» virtual muzeyi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga qamrab oldi:
1. Arxeologik yodgorliklar manzilgohlari.
2. Arxeologik topilmalar.
3. Arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan qidiruvlar.
4. Arxeolog olimlar.
Virtual muzeyni yaratish uch bosqichda amalga oshirildi:
2009–2011 yillar — tayyorlov bosqichi: sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish, ish rejasini tuzish, taqdim etiladigan muzey materiallarini to‘plash, materiallarni tanlash.
2011–2012 yillar — tashkiliy bosqich: muzey bo‘limlari bo‘yicha loyihalar tayyorlash.
2012–2013 yillar — asosiy bosqich: loyihalar taqdimoti, virtual muzeyni rasmiylashtirish, istiqbolli reja ishlab chiqish.
«Arxeologiya» virtual muzeyidan barcha sinflarning tarbiyaviy soat mashg‘ulotlari hamda tarix, ma’naviyat asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi, Vatan tuyg‘usi, tabiatshunoslik, geografiya darslari jarayonida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. «Arxeologiya» virtual muzeyidan foydalanishga doir faoliyat quyidagi algoritmik ketma-ketlikka asoslanildi:
1. O‘quvchilarga axborotlarni taqdim etish: o‘quvchilarni virtual muzeydagi axborotlar bilan tanishtirish, sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari mashg‘ulotlar jarayonida virtual muzeyga o‘quvchilarning sayohatlarini tashkil etildi va axborotlar ustida ishlash jarayoni amalga oshirildi;
2. O‘quvchilarni faoliyatga jalb etish: yosh guruhlari bilan bog‘liqlikda virtual muzeyga sayohat amalga oshirib bo‘linganidan so‘ng o‘quvchilarga o‘z taassurotlarini bayon, insho, esse, taqdimot, loyiha ko‘rinishlarida ifoda etish uchun sharoit yaratildi.
Virtual muzey yaratish va uni amaliyotda qo‘llashga doir izlanish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. O‘quvchilarni muzey eksponatlari bilan keng tanishishlariga imkon beradi.
2. Mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajada ko‘rgazmalilik va interfaollikni ta’minlaydi.
3. O‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual, analitik, mustaqil fikrlashini shakllantirish samaradorligi ortadi.
4. O‘quvchilarda tarixiy voqelikka qadriyatli yondashuv qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |