30. Taxrirlanadigan matn qanday yaratiladi? Tahrirlanadigan matn (Input Text) – bunday tipdagi matn maydoni Web-sahifa ukuvchisi tomonidan matn kiritilishi va tahrirlanishi uchun muljallangan.
Yukorida aytib utilganidek, tahrirlanadigan matn maydoni foydalanuvchidan kandaydir ma`lumotlar olish uchun muljallangan. Masalan, bu serverda joylashgan ma`lumotlar bazasiga talabnomalar yoki sayt foydalanuvchisi utishni xoxlagan film saxnasining nomi bulishi mumkin.
Tahrirlanadigan matnning atributlarini o’rnatish uchun muljallangan xususiyatlar inspektori formati 14 rasmda kursatilgan.
Dinamik matnning xususiyatlar inspektori bilan takkoslaganda kuyidagi farklar mavjud:
URL matn maydoni va unga boglik bo’lgan Target ochiladigan ruyxati mavjud emas;
Selectable tugmasi ishlamaydi (bosilgan xolda bloklangan); bu tabiiy xol: tahrirlanadigan matn tanlanadigan bulishi kerak;
Maximum Characters (simvollarning maksimal soni) matn maydoni mavjud; bu maydonda foydalanuvchiga nechta simvol kiritishiga ruxsat etilishini aniklovchi butun son kursatilishi kerak.
Tahrirlash maydoni parametrlari dinamik matn parametrlari kabi ActionScript tili vositalari bilan o’zgartirilishi mumkin. Bunday imkoniyatdan foydalanish uchun, tahrirlanadigan maydonga unikal nom berish kerak va (extiyoj tugilganda) u bilan boglik o’zgaruvchining nomini ham kursatish kerak.
Tahrirlanadigan maydon uchun ham aylantirish chiziklarini yaratish mumkin.
31Tugmalar yaratishda nechta asosiy kadr bilan ishlanadi?J: Agar siz simvol-tugma yaratishga karor kilgan bulsangiz va Symbol Properties mulokot oynasidan mos variantni tanlagan bulsangiz, undaFlash vakt diagrammasi paneli kurinishini uzgartiradi (10.19 rasm). Gap shundaki, tugma Flash da 4 kadrli animatciyadan iborat bulib, ulardan birinchi uch kadri tugmaning anik xolatiga mos keladi: bosilmagan (Up), kursatkich ostida (Over) yoki bosilgan (Down). Turtinchi kadr (Hit) tugmaning faol soxasini ifodalash uchun muljallangan. Faol soxa – bu shunday muxitki, uning ichini bosish Flash tomonidan tugmani bosish deb kabul kilinadi.
Koidaga kura, tugmaning xar bir xolatiga tugmaning uz tasviri mos keladi (turtinchi kadr film namoyishida kurinmaydi). Shunday kilib, simvol-tugmani ifodalash uchun xar bir xolat uchun biror xil tasvir yaratish va uni vakt diagrammasining mos kadriga joylashtirish kerak.