32Vaqt diagrammasida asosiy vazifasi nimadan iborat?J: Vaqt diagrammasi paneli (Timeline) animatciya yaratishning asosiy asbobi hisoblanadi. Flash MX da vaqt diagrammasining interfeysiga va ob`ektlarni animatciyalash jarayoniga o’zgartirishlar kiritilgan.
Vaqt diagrammasi paneli interfeysining o’zgartirilishiga ikki sabab keltirilgan:
qatlamlar bilan ishlashda qo’shimcha imkoniyatlar;
kalit kadrlar bilash ishlashda funktciyalar to’plamini kengaytirish.
Qatlamlar bilan ishlashda quyidagi yangiliklar kiritilgan:
bir biriga bog’liq qatlamlarni birga saqlashda papkalardan foydalanish; bu murakkab Flash-filmlarda vaqt diagrammasining qulayligini oshiradi; vaqt diagrammasida qatlamlar papkasini vizual ko’rish uchun maxsus belgilar qo’llanadi (1.15 rasm);
montaj stolidagi ob`ektlarni vaqt diagrammasi bo’yicha avtomatik taqsimlash imkoniyati;
niqobni boshqarishdagi qo’shimcha funktciyalar.
Ob`ektlarni avtomatik taqsimlaganda, ularning har biriga mos nom bilan qatlam ochiladi va bu foydalanuvchi ishini osonlashtiradi.
Effektlar diapazoni sezilarli kengaygan va ularni qatlamlarni niqoblash yordamida amalga oshirish mumkin. Gap shundaki, Flash MX simvol-kliplar (Movie Clip Symbol) asosida interaktiv niqoblar yaratish imkonini beradi. Masalan, siz sichqoncha ko’rsatkichidan «ta`sirlanadigan» niqob yaratishingiz mumkin
33Rang turlari izohlang.J:Ink Bottle Tool asbobiAsbob ob`ekt chiziqlari va konturi ranglarini o’zgartirish uchun mo’ljallangan; bunda faqat bazali ranglar qo’llanishi mumkin. Bundan tashqari, uning yordamida chiziq (kontur) ning qalinligi va stilini ham o’zgartirish mumkin.Paint Bucket Tool asbobiAsbob ob`ekt bo’yaladigan sohasi yoki mo’yqalam rangini o’zgartirish,shuningdek, ishchi stoldagi ixtiyoriy yopiq sohani bo’yash uchun mo’ljallangan. Bo’yash uchun bazali ranglar, gradientlar va nuqtali tasvirdan foydalanish mumkin. Asbob berk bo’lmagan sohalarni ham bo’yash imkoniyatiga ega, biroq, ushbu holda Flash MX ga soha ochiq joylarini chiziqlar bilan avtomatik yopishga ruxsat berish kerak. Fill Transform asbobiUshbu asbob ba`zi sohalarning gradientli va nuqtali bo’yog’i parametrlarini o’zgartirish imkonini beradi.Dropper Tool asbobiAsbob ba`zi bir chiziqlar va bo’yoqlarning atributlarini boshqa ob`ektga nusxalash (o’tkazish) imkonini beradi. Bundan tashqari, uning yordamida bo’yoq yaratish uchun ishlatiladigan nuqtali tasvirni ham tanlash mumkin
34Gradiyent qanday o’rnatiladi va sozlanadi?J: Gradient bo’yoqnitahrirlash Agar mavjud gradient bo’yoqlardan birining rang chegaralarini to’g’rilash kerak bo’lsa, uni oldindan Toolspanelining Fill Color tugmasi yordamida tanlash lozim (yoki Color Mix panelidagi Fill Color tugmasi bilan).Yangi gradient bo’yoqni yaratish uchun panelning muhitlar ro’yxatidan Linear yoki Radial punktini tanlash kerak. Bu holda boshlang’ich bo’yoq sifatida qora rang asosidagi bo’yoq ishlatiladi. Gradient bo’yog’ini tahrirlashda Color Mix paneli formatini to’liqroq ko’rib chiqamiz Rang chegaralarini to’g’rilash uchun mo’ljallangan harakatlanuvchi regulyator quyidagi ikki asosiy komponentdan tashkil topgan:
gradient shkalalari (Gradient definition bar) – olingan natijani ko’rish uchun mo’ljallangan;
gradient indikatorlari (Gradient pointers) – gradient sohalari rangini o’zgartirish va ranglar orasidagi chegaralarni ko’chirish imkonini beradi.
Boshlang’ich holatda bunday indikatorlar ikkita bo’ladi. Indikatorlar interaktiv bo’lib, yorqinroq tomonga harakatlantirish gradientning yorqin sohasining ko’payishiga, qorong’u tomonga harakatlantirish esa qora sohaning ko’payishiga olib keladi.