11-12-dars
Fan: Jismoniy tarbiya
Sana:
Mavzu: Yengil atletika
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga yengil atletika haqida tushuncha berish, jismoniy tarbiyaning ahamiyati, inson salomatligiga zararli bo`lgan odatlar haqida tushuncha berish.
2) O`quvchilarning estetik didlarini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning qomatlarini tik tutish, sog`lom o`sishlarini shakllantirishga harakat qilish..
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodlar: Suhbat, amaliy, ko`rsatmali, o`yin.
Dars jihozlari: Koptok, sakrash uchun arqoncha, hushtak
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.Mavzuni tushuntirishda nazariy bilimlar beriladi. Yengil atletika sport turi hisoblanadi. Yugurish, balandlikka sakrash, koptok uloqtirish, uzunlikka sakrash bularning hammasi yengil atletika turiga kiradi. Bugun biz sizlar bilan avvalo badanlarni chiniqtirish uchun URMlar bajaramiz, so`ng saf mashqlari ( o`nga, chapga, orqaga), tennis to`pini turgan joydan va 2-3 qadam tashlab uzoqlikka uloqtirishni mustahkamlaymiz, uzunlikka sakrashni o`rganamiz.
O`qituvchi o`quvchilar bilan URMlar bajaradi .Mashqlarni bajarish so`nggida o`quvchilar yugurishadi va yugurishni yurish bilan almashtirishadi. Yurish va yugurish vaqtida qomatni tik saqlash kuzatib boriladi.Bu 1-1.5 daqiqa bajariladi.
So`ng o`quvchilar hushtak chalib safga turgiziladi.O`quvchilar eng avval safga turish mashqini takrorlashadi. Bo`yma-bo`y safga turishgandan so`ng o`quvchilarga komanda berish va komanda berilgandan so`ng birgalikda , baravar mashqni bajarish o`rgatiladi. O`qituvchi o`quvchilarga “Saflaning”, “Tekislaning”, “Rostlaning” buyruqlarini berilishi va bu buyruqqa bo`ysunishlari haqida tushuncha berilb boriladi. Bunda buyruqni eshitishda o`quvchilarning sezgirligi oshirib boriladi.
So`ng tennis koptokchasi uzoqlikka uloqtirish o`quvchilarga ko`rsatiladi. Shu koptokchani turgan joydan yoki 2-3 qadam tashlab uzoqlikka otish ko`rsatib beruiladi.O`qituvchi koptok uloqtirish texnikasini bir-necha bor takrorlab ko`rsatadi. Son`g o`quvchilarga belgilar qo`yilgan maxsus maydonchada koptok uloqtiriladi. Uzoqqa uloqtirgan o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
O`quvchilarga yugurish ham yengil atletika turiga kirishi va buguni darsda 3x10 mokisimon yugurish mashqini o`tishimiz kerakligi aytiladi va yugurish texnikasi o`quvchilarga ko`rsatiladi. O`quvchilar yugurishi, start chizig`iga rioya qilishlari, buyruqlarni diqqat bilan tinglashi o`qituvchi tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi darsda esa 100-150 metrga yurish bilan almashinib yugurish mashqi texnikasi ko`rsatiladi va o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.O`quvchilar yugurish jarayonida to`g`ri nafas olishzarurligi uqtiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |