6.4. “Interkontinental” mehmonxona zanjirlari.
Jaxon turizm bozorida katta ahamiyatga ega bo‘lgan mehmonxonalardan biri “Intelkontinental” mehmonxonalar zanjirlaridir. “Intelkontinental- Toshkent” mehmonxonasi O‘zbekistondagi yagona besh yuldo‘z li mehmonxonadir. Uning xususiyatlari quydagicha:
Joylashuvi
1. 5 yuldo‘z li otel 19997 yilda ochilgan. O‘zbekiston Milliy banki, Savdo markazi va telekomunikasiya markaziy rayon atrofida joylashgan. Xalqaro Aeroportgacha bo‘lgan masofa: 10 km/ 20 minut, mashinada va markazgacha bo‘lgan masofa 5 km.
2. Aeroport – otel va Otel- Aeroport masofadagi yo‘l xaqi 20 AQSH dollar buyurtmaga asosan otel limo‘zin xizmatini tashkil etish mumkin.
Xizmatlar
1. 232 mehmon kutadigan xonasi mavjud bo‘lib ularda individual sistemadagi kondisionerlar ulagan. Bulardan:
2. 52 standart (oddiy) xonalar
3. 160 ta yaxshiroq nomerlar (ulardan 54 tasi 2 ta alohida krovatlari bilan)
4. 15 ta kichik lyukslar
5. 2 ta katta lyuks
6. 2 ta vise prezidenskiy lyuks
7. 1 ta prezidenskiy lyuks Hamma xonalarda xalqaro liniyalarga ulangan 3 ta telefon, 38 ta televizion kanallar, mini bar, seyf, shoxona krovat mavjud. Shuningdek xonalar tutunli ditektor va yong‘in paytida avtomatik suv purkagich bilan jixozlangan. Hamma vanna xonalarda xalat, tapichka, dush va fen bor.
1. 220 volt 50 TS
2. maxalliy vaqt: Grinvich bo‘yicha 5 soat
3. 2 ta restoranda xalqaro va o‘rta yer dengizi oshxonalari taklif etiladi.
4. Bar “Render Vous”
5. Biznes Markaz hamma zaruriy vositalarga ega- elektoron pochta, internet va sekretar xizmati, avialiniya xizmati, pul almashtirish shaxobchasi bor.
6. Fitnes klub Quyidagilarni o‘z ichiga oladi: isitiladigan yopiq basseyn, sauna, turkcha parxona, solyari, massaj xonasi, go‘zallik saloni va sartarosh xona.
Konferensiya zali xizmatlari
Shahardagi eng katta banket zali bo‘lib, 650 kishini sig‘diradi. Xalqaro standartlarga muofiq sinxrontarjima xizmatlari bilan jixozlangan majlislar uchun 4 ta xona board meetings bilan birga barcha zaruriy vositalar bilan jixozlangan. Umuman olganda bugungi kunda uchrashuv xonalari bilan birga, mehmonxonada 246 ta xona bo‘lib, har birida televizor, kondisionerlar bor. 650 kishiga mo‘ljallangan 7 ta konferens zallari, sog‘lomlashtirish xonalari, go‘zallik saloni, Meksika, Italiya va xalqaro miqyosidagi 3 ta restoran, hamda mehmonxona Yapon bog‘i va ko‘l bilan tutashib juda chiroyli ko‘rinishi mehmonlarni o‘ziga yanada tortadi va potensial turistlarni jalb etadi.
Standart (oddiy) xona
Bu zamonaviy, qulay shohona krovat mavjud bo‘lgan och rang bilan bezagan xona. Shuningdek xonada ishlash uchun qo‘shimcha stol va dam olish uchun kreslolar mavjud. Bu ½ shaxslarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan oddiy xonalardir. Xonalar chekuvchilar va chekmaydiganlar uchun mo‘ljallangan etajlarda joylashgan.
Yaxshiroq xona
Bu och rangdagi oddiy xona bo‘lib u yerda 1 ta shoxona, krovat yoki 2 ta alohida krovatlar bo‘lishi mumkin. Xonada qo‘shimcha yozuv stoli, oynali stol va qulay divan mavjud.
Kichik lyuks xona
Bu 2 ta xonadan iborat yotoqxonasida shoxona kravat mavjud bo‘lib, u yerda dam olish uchun ham joy ajratilgan. Mehmonxona qulay mebel bilan jixozlangan bo‘lib og‘ir ish kunidan keyin dam olishga jalb qiladi. Ikkala xona ham zamonaviy usulda bezatilgan va eshiklari birbiridan alohida bo‘lib, agar mehmonxonada majlislar o‘tkazish uchun foydalansangiz uning eshiklarini yopib qo‘yishingiz mumkin.
Katta lyuks xona
2 xonali lyuks eng zamonaviy mebellar va komfort sharoitga ega. Bu mehmonxonaning 9-etajida joylashgan bo‘lib, u yerdan shahar chiroyini tomosha qilish mumkin.
Visa prezident lyuksi
Visa prezident lyuksi mehmonxonaning 10 etajida joylashgan bo‘lib, Toshkentga o‘zining chiroyli ko‘rinishini beradi. Did bilan bezatilgan mehmonxona sizga oshxona va dam olish uchun joyi va shuningdek majlislar o‘tkazish joyi kabi xizmat ko‘rsatish mumkin. Shinam yotoqxona shoxona krovat, komfort vanna xona djako‘zi bilan va alohida oynali dushga ega. Shuningdek, mehmonxonada yashash uchun barcha zaruriy vositalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |