Turizm va mehmondorchilikni rivodlantirish jarayonida marketing strategiyasi va rejalashtirish masalalari ilan bog‘liq segmentlar jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Nima uchun turizm va mexmondorchilik sersi uun bozorgi segmentlash zarur?
Xizmatlar va yo‘nalishlarni, turizm va mexmondorchilik mahsulotlarini kim yo‘naltiradi?
6-mavzu. Mehmonxona xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlari 6.1. Xizmat sohasining xususiyatlari.
6.2. Firmaning makro va mikro muhiti.
6.3. Xizmat ko‘rsatish madaniyati.
6.4. “Interkontinental” mehmonxona zanjirlari.
6.1. Xizmat sohasining xususiyatlari.
Ositapo firmasi pissa tayyorlash va uyga yetkazib berish biznesidagi ilg‘or firmalardan hisoblanadi. Bu tizim Michigan shtatida aka-uka Monaganlar tomonidan 1960 yilda tashkil qilingan edi. Ular o‘z buyurtmachilarga o‘z mahsulotlarni 30 daqiqada yetkazib berish majburiyatini olgan edilar. Firmalar ish boshlagandan so‘ng birinchi haftada ular 315 dollardan kamroq daromad qildilar. 8 oydan so‘ng akasi boshqa ish bilan shug‘ullana boshladi. Lekin Tom yengilgisi kelmadi. 10 yildan so‘ng qarzlardan quto‘la olmaganidan so‘ng u ham o‘z bankrotligi haqida e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Shunda kreditorlari unga boshqaruvchi lavozmini taklif qildilar. U nima bo‘lganda ham korxonalar tizimini kengaytirishga qaror qildi. 1980 yillarga kelib, uning tizimida 290 ta dan ortiq pisseriylar mavjud edi. Ishlar sekin-asta yurisha boshladi. Hozirgi kunga kelib uning tizimida 5000 dan ortiq korxonalar mavjud bo‘lib, uning aylanma mablag‘lari 32,2 mlrd.ni tashkil qiladi. Firmaning muvaffaqiyat qozonishida ba’zi bir bozor omillari sabab bo‘ldi. Ishlovchi yolg‘iz onalar, farzandsiz oilalar, ham otasi ham onasi ishlovchi ko‘p farzandli oilalar ko‘paydi. Buning natijasida amerikaliklar pulga nisbatan vaqtni ko‘proq tejaydigan bo‘ldilar. Bu esa ularning uyda ovqat tayyorlamay ko‘proq ko‘chada ovqatlanishlariga olib keldi. Ositapo firmasining muvaffaqiyat qozonishiga sabab rahbarning ishbilarmonligi hamda bozorning tezlik bilan o‘sib borayotgan segmentiga yo‘naltirilgan marketing tadbirlarining mavjudligi bo‘ldi. Undan tashqari ilg‘or texnikadan foydalanish ham katta yordam berdi. Bu firma birinchilar qatorida vertikal usulda ishlovchi mikserlardan va issiqlikni saqlab qoluvchi gafre qilingan kartondan ishlangan korobkalar va h.k. lardan foydalandi. Firma o‘zining ta’minotchilari, vositachilari, mavjud va bo‘lishi mumkin bo‘lgan mijozlari bilan birgalikda keng makro muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur muhit qulay sharoitlar va xavfli omillarni belgilab beradi. Firma nazorat qilishi mumkin bo‘lmagan ushbu kuchlarni muntazam ravishda ko‘zatib borib, o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rishi lozim. Makromuhit omillarning oltita shunday guruhidan iborat bo‘ladi.