Siljitish strategiyasi Siljitish strategiyasi mahsulot va xizmatlar uchun kanalli tarmoqlar xaqidadir. Shuning uchun ham ushbu strategiyada kommunikatsiyalar vositachilarga yo‘naltiriladi.Turizm distribyutsiya sistemasi oxirgi yillarda o‘zgarishlarga uchragani sababli mustaqil bron qilishlar, dayrekt marketing va turizm va mexmonxona biznesi mahsulotlari tug‘ridan tug‘ri sotilishi, ananaviy vositachilar o‘rnini kuchaytirdi. Xaqiqatdan ham sayyoxlik agentliklarida, kurgazmalarda yuzma-yuz muloqot orqali sotuvlarni amalga oshirish, internet orqali dayrekt marketing qilish usuliga raqobatbardosh ekanligini isbotladi. Turoperatorlar, otelerlar va transport kompaniyalari distribyutsiya kanali zanjirida asosiy rolni uynab putyovka tayyorlab ularni vositachi kanallar orqali utkazadi. Bunday strategiyaning qiymati mijozlarda ishonchli maslaxat manbai hisoblanish va sayyoxlik agenliklari va marketing tashkilotlaridan iborat tarmoq shakllanishidadir. Vositachilar o‘z o‘rnida mahsulotga o‘z xizmatlari orqali qiymat qo‘shishi mumkin. Shuning uchun ham bu strategiya V2V kanallar va shaxsiy sotuv yo‘lini tanlaydi. Noyabrda o‘tkaziladigan London Xalqaro sayyoxlik bozori va Mart oyida Berlinda o‘tkaziladigan ITB ko‘rgazmalari shunday strategiya misolidir. Bu yerda turoperator va mamlakatlar boshka manfaatdor bizneslarni harakatga chorlaydi, ularga kerakli ma’lumotlarni beradi. Kommunikatsiyalar orqali asosiy ma’lumotlar tug‘ri yetkazilib, yuzma yuz sotuvlar tarqatma materiallar bilan birga qullanilishi lozim.
Tortish strategiyasi Tortish strategiyasi mijozlarga yo‘naltiriladi va mahsulot xaqida ma’lumot berish, eslatish va ishontirish funksiyalarini bajaradi. U odamlarni harakatga chorlaydi. Masalan sayoxlik agentligiga tashrif buyurish, brashura zakaz qilish uchun qung‘iroq, vebsaytga kirishga yoki tashkilog xat yozishga undash. Shuning uchun ham tortish strategiyalari mijozlarni harakatga chorlab ularni tashkilotning distribyutsiya kanali tomonga tortadi-chorlaydi. Ushbu strategiya ko‘pincha narx tushirish yoki savdo promosi kabi promo faoliyat turlari bilan birgalikda ishlatiladi. Lekin turizm va mexmonxona biznesi misolida mijozlarga mavsum paytida tashkilot xaqidagi ma’lumotni yetkazib, tashkilot xaqida eslatib turishga urg‘u beriladi. Shuning uchun ham harid chastotasi va yil davomidagi asosiy bayramning vaqtini rejalashtirish, tadbir va festival bayramlarining mavsumi kommunikatsiya strategiyalari oldiga yilning turli paytlarida turlicha talablar qo‘yadi.