Mahsulot strategiyasi tanlovi Standartlashtirish/strategiyalarni moslashtirish To‘g‘ridan to‘g‘ri kengayish: Bu eski mahsulotni, oldingi promo faoliyat va kommunikatsiya strategiyasi bilan yangi bozorga kiritish global strategiyasidir. Buning misoli qilib kurortlarning eski bozordan chiqib, yangi bozorga kirishini keltirish mumkin. O‘tgan 10-15 yil mobaynida o‘zining standart taklifi bilan oldingi bozordan chiqib rivojlanayotgan bozorlarga kirgan O‘rta yer sayyoxlik maskanlaridagi kurortlarni keltirsa bo‘ladi.
Kommunikatsiyalarni moslashtirish: Bu strategiya eski mahsulotni olib yangi segmentga mahsulotni taklif qilish maqsadida kommunikatsiyalarni o‘zgartirishni taqazo qiladi. O‘rta yer kurortlari tomonidan bu strategiya ham qo‘llanilgan.
Mahsulotni moslashtirish: Ushbu strategiya mahalliy shartlar yeki bozor segmentlarining istaklarini qondirish uchun mahsulotga kichik uzgartirishlar kirgizishni nazarda tutadi.
Ikki yonlama moslashtirish: Bu strategiya ham mahsulot, ham kommunikatsiyalarning uzgarishini taqazo etadi.
Mahsulot ixtirosi: Bu strategiya yangi bozor talabini qondirish maqsadida, umuman yangi mahsulot ishlab chiqarish strategiyasidir. Yangi bozor seegmentlari doim rivojlanayotgan turizm va mexmonxona biznesi sanoatida, asosiy rivojlanayotgan bozorlar trendlarida uchraydigan uzgarishlar ijtimoiy, madaniy va turmush tarzidagi uzgarishlardagi uzgarishlar bilan birga aniqlanadi.
2- rasm xizmat takliflari uchun ishlatiladigan Ansoff mahsulot-bozor matritsasini izoxlaydi. Diagramma mahsulotning asosiy xususiyatlaridan kelib chiqgan xolda qanday xizmatlar, xizmat turlari taklif qilish kerakligi tug‘risidagi tanlovni izoxlaydi.
Bozorga qayta kirish tashkilotning bozordagi raqobatbardosh urnini o‘zgartirish maqsadida yangi kommunikatsiya strategiyasini jorish etishiga aytiladi. Tashkilot uz xizmatlar bozoriga qayta kirishiga sabab umumiy bozordagi ijobiy o‘sish, natijada uz pozitsiyasi va bozor ulushi pasaygani buladi. Tashkilot yangi marketing kommunikatsiyasi agentstvosidan yangi bozor ulushiga ega bulish yoki yuqotilgan ulushni tiklashni maqsad qilib qo‘yishi mumkin. Tashkilot uz tadqiqoti natijasida bozorda bozorning yangi segmentlari tomonidan joriy xizmatlarga bo‘lgan talab aniqlanganda bozor kengayishi va tashkilot bu yangi bozorga uz xizmatlarini yunaltirishi lozim. Kompaniya va kompaniya mahsulotlariga iste’molchilarning munosabati ijobiy bulgan va iste’molchilarga kompaniya tomonidan turli mahsulotlar taklif qilingan bozorlarda xizmatlarni rivojlantirish strategiyasi qo‘llanadi. Diversifikatsiya strategiyasi esa yangi mahsulotni yangi bozor segmentlariga taklif qilganda ishlatiladi.