tóqima orqali suv va suvda erigan mineral moddalar shimilib organizmga ótadi.
Tuzilishi va shakli jihatidan sóruvchi tóqimalar har xil (rizoderma, velamen,
gidropot) bóladi. Bularning eng muhimi rizoderma (yunon, rizo-ildiz, derma-póst)
hisoblanadi.
S e k r e t a j r a t u v ch i t ó q i m a l a r.
Sekret (lat, sekresio-ajrataman) chiqaruvchi yoki ajratuvchi tóqimalarga
tuzilishi har xil bólgan, ixtisoslashgan hujayralar kiradi. Bu hujayralarda modda
almashinuvi natijasida kimyoviy tarkibi har xil bólgan moddalar hosil bóladi.
Tashqi sekret chiqaruvchi tóqimalar bezsimon tuklar, nektar, gidatodalar
shaklida bóladi. B e z s i m o n t ó q i m a l a r yoki trixomalar epidermadan
yuzaga keladi (17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: