1- MAVZU:
MAVZU ÓSIMLIK HUJAYRASI
Reja:
1. Ósimliklar hujayrasining tuzilishi tóg`risida hozirgi zamon qarashlari.
Hujayrani órganish metodlari
2. Hujayraorganoidlari.
3. Sitoplazmaning fizik va kimyoviy xususiyatlari.
4. Turgor va plazmoliz.
1. Ósimliklar hujayrasining tuzilishi tóg`risida hozirgi zamon qarashlari
Ósimlik morfologiyasi ósimlik shakli, tuzilishi, individual taraqqiyot
(ontogenez), tarixiy rivojlanish jarayonida (filogenezida) ósimliklarni shakllanish
masalalarini órganadi. Agar tabobat olamiga nazar tashlasak, u turli tuman
organlardan tashkil topganini kóramiz.
Shuning uchun ham ósimliklar morfologiyasi ilk bor ósimliklarni tashq i
shakl tuzilishlarini t a s v i r l a sh bilan shug`ullangan.
Buning uchun dastlab, asosan aniq atamalarni (terminlarni) ishlab chiqish
bilan band bólgan. Bu ma`lumotlar ósimliklarni sistematikasini tuzishga kerak.
Keyinchalik (XVIII-XIX asr) metamorfoza, ya`ni ósimlik organlarini biri
ikkinchisiga aylanishi haqidagi ta`limot (K.F. Volf va Gyote) vujudga kelib,
ósimliklar tuzilishidagi ba`zi qonuniyatlarni aniqlagandan sóng bu fan bir muncha
ilmiy nazariy yónalish olib, benihoya xilma-xil ósimlik organlarini bir necha asosiy
organlarga ajratishga harakat qildi.
Xilma-xil ósimlik organlarining individual rivojlanish stadiyalari tekshirilib,
rivojlanishning ba`zi umumiy qonuniyatlari va belgilari aniqlandi.
Evolyutsion ta`limotning g`alaba qozonishi va paleontologiyaning qólga
kiritgan yutuqlari ósimliklar morfologiyasiga yangi yónalish berdi. Qadimgi
shakllardan to hozirgi shakllargacha bólgan ósimlik organlarining f i l o g e n e z i
tekshiriladigan bóldi.
Turli ósimlik gruppalari individual rivojlanish tarixi tekshirilishi, shu
taraqqiyotning ba`zi umumiy belgilari bilan qonuniyatilari aniqlanishi munosabati
bilan s o l i sh t i r m a (chatishtirma) yónalish namoyon bóldi. Bu yónalish ósimlik
gruppalarining boshqa xil gruppalarga óta olishini aniqlashga imkon berdi va
ósimlik dunyosining evolyutsiyasi qay tariqa borishini aniqlashga asos soldi.
Solishtirma morfologiya va fitopleontologik tekshirishlarga asoslanib
ósimliklarni filogeniyasiga oid ma`lumotlar f i l o g e n e t i k morfologiya
yónalishi rivojlandi. Bu yónalish ma`lumotlar asosida evolyutsion taraqqiyot
jarayonida bir muncha, yirik ósimlik gruppalarini paydo bólish tarixi órganildi.
XIX asrning oxirida morfologiyada yana bir yónalish e k s p e r e m e n t a l
morfologiya paydo bóldi. Bu yónalish ósimliklarda hosil bóladigan shakl hamda
tuzilishning sababini kórsatib beradi.
Ósimlik morfologiyasi XV-XVIII asrlarda kuzatish va taqqoslash bilan
cheklangan bólsa, hozir xilma-xil metodlardan foydalanadi. Bu metodlar
quyidagicha:
1. Solishtirma morfologiya metodi. Bu metodning asosiy mohiyati
ósimliklarning xilma-xil vegetativ va generativ organlarining morfologik
xususiyatlarini taqqoslab har tomonlama órganish yóli bilan ularning órtasidagi
óxshashlik hamda yaqinlik munosabatlari aniqlandi.
2. Anatomiya va fiziologiya metodi. Bu metod ósimlik organlarining ichki
tuzilishiga asoslangan aniq metodlardan hisoblanadi.
3. Ontogenetik metod. Bu metod bilan ósimlik organlarining (organogenez)
rivojlanishi va shakllanishi, ularni individual taraqqiyoti (ontogenezi), tóqimalar
(gistogenezi) órganiladi. Shu metod vositasi bilan S.G. Navashin tomonidan gulli
ósimliklardagi qóshaloq urug`lanish hodisasi órganildi.
4. Teratologiya metodi. Bu metod bilan ósimliklarning kamchilik va
nuqsonlri órganiladi va ayrim organlarning kelib chiqishi aniqlanadi. A.V.
Beketov, A.A.Fedorov va boshqalar gul morfologiyasini órganishda shu metoddan
foydalangan.
5. Eksperemental metod. Bu metod yordamida ósimliklarda paydo bólgan
ma`lum shakl va tuzilishlarning sababini ularning tabiatini va kelib chiqishini
tóg`ri aniqlab, tushuntirib berdi.