4. Turgor va plazmoliz
Hujayraning fizikaviy xossalari-hajmi, elastikligi suvga bog`liq. Odatdagi
holatda hujayra tig`izlik, ya`ni elastik xususiyatga egadir. Uning bu xususiyati
hujayra suyuqligining devoriga kórsatadigan bosimga bog`lik bóladi. Bu bosim
elastik bosimning suyuqlik bosimi bilan tenglashib turadi. Hujayraning shunday
odatdagi holati t u r g o r (lat. turgori-tólib toshmoq ) deb ataladi.
Tirik ósimlik hujayralaridagi turgor holati, suvga bog`liq. Masalan, uzib
olingan ósimlik bir oz vaqt ótgach sóliy boshlaydi. Chunki hujayralar tig`iz tutib,
chózib turadigan vakuoladagi hujayra suvi asta-sekin bug`lanib boradi va tóqima
ózining ichki tig`izligini yóqotib qóyadi. Bu hodisa p l a z m o l i z deb ataladi. Suv
erituvchi sifatida ham nihoyatda muhim ahamiyatg ega. Kópgina moddalar
hujayraga suvda erigan holda shimiladi, foydalangan moddalar ham hujayradan
eritma holida chiqariladi.
Hujayrada róy bergan kimyoviy reaksiyalar faqat suvli eritmada sodir bóladi.
Masalan, oqsillar, yog`lar, uglevodlar va boshq a moddalar suv bilan ózaro
kimyoviy ta`sir etish natijasida parchalanadi.
Vakuolalar va hujayra shirasi. Vakuola (lat. vakuus-bóshliq ) – hujayra
ichida bóshliq bólib, ósimliklar hujayrasi uchun xos bólgan belgilardan biridir.
Uning ichi hujayra shirasi bilan tólgan. Hujayra shirasi sitoplazmadan maxsus
membrana t o n o p l a s t (lat.tonis-tarang, zór; plotos-ma`lum shakl) bilan ajralib
turadi. Tonoplast tanlab ótkazish yoki yarim ótkazgichlik xususiyatga ega.
Yosh hujayraldarda bóshliq yoki kavakchalar bólmaydi. Ular hujayra qariy
boshlagandan sóng yuzaga keladi va bir-biri bilan qóshilib bitta yirik vakuola hosil
bóladi.
Vakuola ósib yiriklashib hujayraning 90 foizini ishg`ol etadi va sitoplazma
hamda uni tarkibidagi organellalarni qisib hujayra póstiga surib, yupqa qavat hosil
qiladi. Vakuola asosan ikki xil vazifani: g`amlovchi, ajratish va hujayrani
tarangligini saq lashdan iborat. Shu sababdan hujayra osomotik va turgor bosimi
paydo bóladi, bu esa óz navbatida tóqimalarning qayishqoqligi (elastikligini)
ta`minlaydi.
Vakuola ichida hujayra shirasi bólib, uni asosan tarkibiy qismini suv tashkil
etadi. Suvda erigan mineral tuzlar, organik birikmalar (qand va polisaxaridlar),
organik kislotalar, alkaloidlar, glikolitlar, pigmentlar va boshqa moddalar bóladi.
Bu moddalar protoplastning faoliyati natijasida hosil bóladi va hujayra shirasida
tóplanadi. Vakuolaning kimyoviy tarkibi hujayraning kimyoviy tarkibidan farq
qiladi.
Hujayra shirasining konsentratsiyasi (quyuqlik darajasi) oshsa, suv tonoplast
(yarim ótkazuvchi pardaning membrana) orqali shimilib, to ikki tomondagi
suyuqlikning osmotik bosimi teng bólguncha bir tomondagi suyuqlik ikkinchi
tomonga ótadi. Suvning hujayra vakuolasi ichiga kirish kuchiga s u r ish k u ch i
deb ataladi. Suv shimilgan sari vakuola va hujayraning hajmi kengayadi. Ammo
hujayra pósti qayishqoq bólganligi sababli cheksiz kengaya olmaydi, uning ózi
hujayra shirasi va sitoplazmaning kengayishiga qarshilik kórsatib, ular tomon
bosim bilan ta`sir etadi, bu hodisaga turgor (lat. turgore-tólib toshmoq , shishmoq ,
bórtmoq ) deb ataladi.
Demak turgor (tugizlik tarang) tirik ósimlik hujayralariga xos xususiyatlardan
bólib, uzib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |