6. Aerenxima tóqimalari
Aerenxima (yunon, aer-havo, enxima-tóldirilgan) hujayralarning oralig`i
havo bilan tóldirilgan bólib, suv ostida yoki suv yuzasida qalqib ósuvchi g i d r o f
i t (yunon, gidro-suv, fiton-ósimlik) va ba`zi quruqlikda ósuvchi ósimliklarga xos
xususiyatlardan hisoblanadi. Aerenxima tóqimalari ósimliklarni havo (kislorod va
karbonat angidrid) bilan ta`minlaydi, ósimlik tóqimalarini engil qiladi, shuning
uchun ham suvda ósuvchi ósimliklar suv yuzasida qalqib tura oladi (zulfio kabilar,
óq barg, suv ayiq tovoni va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |