bólinish yóli bilan yangi tóqima hosil qilish xususiyatiga ega. Shu tóqimaning
bólinishi hisobidan ósimlik tanasida yangi-yangi tóqimalar hosil bóladi va umr
taraqqiyotida birlamchi meristema novdalarni uchki apekal (lat, apeko-uchki) va
barcha yon yoki l a t a r a l (latus-yon) kurtaklarda hamda ildizlarning uchiga
yaqin joyda bóladi. Wsish nuqtalarida i n i ts i a l (lat, initsialis- boshlang`ich)
hosil bóladi. İnitsial hujayra yósin (mox) va ba`zi qirqquloqlarda bittadan, urug`li
ósimliklarda esa bir nechta bólishi mumkin. İnitsial hujayralar doimiy tóqimalarni
parenximatik hujayralar bólib, izodiametrik kóp qirra yirik mag`izli sitoplazma
Meristema hujayralari ósish xususiyatiga ega. Ular bir necha marta bólinadi
va u yoki bu xildagi tóqima hujayralariga aylanadi. Ma`lum bir vaqt ótgandan
keyin meristematik xususiyatini yóqotib doimiy hujayralarga aylanadi. Dastlab bu
hujayralarni hajmi kattalashadi; hujayra pósti notekis qalinlashganligi sababli
yiriklashayotgan hujayralarning shakli ózgaradi va ba`zan bóyiga chóziladi kóp
Apekal meristema yoki birlamchi meristema ósimlik organlarida joylanishi
bóyicha t e p a meristema hisoblanadi. Bu meristemaning bólinishi natijasida
novda va ildiz uzunasiga hamda yoniga qarab ósadi. Wsimlik shoxlanish vaqtida
har qaysi yon novda va yon ildiz inisial hujayralardan tashkil topgan meristemaga
aylanadi.
Yon (lateral) meristemalar, apekal (lat, apeks-uchki, tepa) meristemasidan bir
oz pastroqda joylashgan bólib, uning faoliyati natijasida xalqasimon qatlam
shaklida yuzaga keladi. Bu hujayralarning bólinishidan b i r l a m ch i k a m b i y,
p e r i s i k l hosil bóladi.
Boshqa yon meristemalar (kambiy, felogen) keyinroq yuzaga keladi, shuning
uchun ham ularni shartli ravishda i k k i l a m ch i meristema deb ataladi.
Kópchilik vaqtda ikkilamchi meristema, masalan, f e l l o g e n (yunon, fellos-
pukak, genos-tugilish), doimiy tóqimaning qayta taxassuslashidan yuzaga keladi va
ózidan tashqariga p u k k a k qatlamini hosil qiladi. Ammo, kópchilik g`alladoshlar
vakillarida ikkilamchi meristema bólmaydi va ósimlikning poyasi faqat birlamchi
meristemadan tashkil topadi.
Odatda, yosh tóqimalar apekal meristemadan a k r o p e t a l (yunon, akros-
tepa, uch; petere-intilish) tarzda yuzaga keladi va yuqoriga qarab ósadi. Akropetal
ósish ildizlarda yaqqol kórinadi. Lekin novdalarda bu qonuniyat tez-tez buzilib
turadi. Chunki poya, novdalarda i n t e r k a l ya r (lat, interkolyar-orqaga qóyish,
joylashtirish) ósish bóg`im oralig`ida joylashgan meristemalarning bólinishidan
yosh hujayralar yuzaga keladi (masalan, g`alladoshlarda bóg`im ostida).
Yopiq urug`li ósimliklarda barg plastinkasi bazipetal (yunon, bazis-asos, tub,
tag; petere-intilish) qismlari órtasida interkolyar ósish yuzaga kelganligidan barg
asosi va bandi hammadan keyin paydo bóladi.
Ba`zi ósimlikning biror organi yoki tóqimasi jarohatlanganda meristema
tóqimasi hosil bóladi va shikastlangan joyni tiklanishini ta`minlaydi. Shikastlangan
joyga yaqin joylashgan hayotchan hujayralar taxassuslashib hosil qiluvchi tóqima
yuzaga keladi va himoya qiluvchi pukakni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: