1. Tóqimalar haqida umumiy tushuncha
Wsimlik tóqimasi haqidagi dastlabki ma`lumot XVII asirda Malpigi va Gryu
asarlarida bayon etilgan. Ular birinchi bólib fanga p a r e n x i m a va prozenxima
hujayralarini aniqlab tasvir etishgan.
XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida ósimliklar anatomiyasi ancha
rivojlangan. Bu davrda ósimlik tóqimalarini kelib chiqishi va bajaradigan vazifalari
(funksiyasi) e`tiborga olinib ularni klassifikatsiyaga solingan.
Biroq tóqimalarni bunday klassifikatsiyasi bir qancha qarama-qarshi fikrlarga
olib keldi, buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat.
1. Wsimliklarning kópchilik tóqimalari har xil vazifalarni bajarishga
moslashgan, ya`ni bir xil shakldagi tóqima bir necha vazifani bajarishi mumkin
(Masalan, assimilyatsiya tóqimalari, mexanik (mustahkamlik berib turuvchi) va
oziq moddalarni g`amlovchi tóqimalar vazifasini bajaradi). Bundan tashqari bir
tóqima har xil vazifalarni bajaruvchi elementlardan tashkil topishi mumkin,
bunday tóqimalar murakkab tóqimalar deb ataladi.
2. Tóqimalarni yoshi ózgarishi bilan ularni bajaradigan vazifasi ham
ózgaradi. Masalan, hujayra pósti yog`ochlanishidan avval, yoshlik davrida suvni
ótkazish, keyinchalik yog`ochlanish natijasida faqat tayanch berish vazifasini
bajaradi.
3. Shakl va vazifasi bilan tóqimadagi boshqa hujayralardan farq qiluvchi
maxsus hujayralar alohida-alohida joylashadi. Bunday hujayralarga i d i o b l a s t l
a r (yunon, idios-óziga xos, blatos-nish) deb ataladi. Masalan, tosh hujayralar, tuz
(kalsiy oksalat) oshlovchi moddalar saqlovchi hujayralar.
Tóqimalar deyarli hamma yuksak ósimliklarda uchraydi. Ular faqat tuban
ósimliklarda va yósinlarda bólmaydi. Morfologik va bioximiyaviy tuzilishi
jihatidan bir-biriga óxshash bólgan, muayyan bir vazifani bajaradigan va kelib
chiqishi bir xil bólgan hujayralar tóplamiga tóqimalar deb ataladi.
Parenxima
hujayralardan
iborat
tóqimlar parenximali prozenxima
hujayralaridan iborat tóqima prozenximali deyiladi. Tóqima zich va g`ovak bóladi.
Hujayra oraliq moddasi emiriladi, buning natijasida esa yopishib turgan
hujayra póstlarining bir-biridan jaralib, bólak – bólak bólib ketish hollari uchraydi,
bu xossa matseratsiya deb ataladi.
Kóp ósimliklar (tarvuz, qovun, nok, olma va boshqalar) meva etlarining
pishish jarayonida ba`zi bir na`mataklar, mushmulalar sovuqdan sóng,
xazonrezgilikdan oldin barg bandlarida, pishib etgandan sóng tókiladigan meva
bandlarida, kóp ósimliklarning sóligan gullarining gul kosalari, gul barglarida
matseratsiya sodir bóladi. Bu hollarda matseratsiya fermentlar ta`sirida sodir
bóladi.
Shakllangan tóqima hujayralarida tirik moda bor-yóqligiga qarab hujayralar
embriona lyoki meristematik va doimiy, ya`ni etilgan differentsiatsiyalashgan
tóqimalarga bólinadi.
Tuzilishi va funktsiyasiga oid belgilariga qarab, bir-biridan narida turadigan
hujayralar (idioblastlar) va shuningdek, funktsiyasi shu sistemadagi tóqimalar
funktsiyasiga óxshaydigan hujayra oralari ham tóqimalar sistemasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |