2-bob. Er –suv munosabatlarida o‘zgarishlar va yangicha islohotlarning amalga oshirilishi (XIX-XX asrlar misolida) 2.1. CHor Rossiyasining Turkistonda er-suv masalasida yuritgan siyosati va uning oqibatlari
CHor Rossiyasining Turkistonda yuritgan agrar siyosatidan ko‘zlagan bosh maqsadi va asosiy yo‘nalishlari xaqida davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V. Krivoshein to‘xtalib bu masalada uch ko‘rinish mavjud, birinchisi “paxta” masalasi bo‘lsa ikkinchisida “sug‘orish” uchinchisida “ruslarni ko‘chirib keltirib o‘rnatish” deb yozgan edi. A.V.Krivoshein o‘z fikrlarini aniq dalillashga urinib masalaning dastlab iqtisodiy tomoniga alohida urg‘u beradi. ”Bizning ichki bozorimizga ,so‘nggi 20 yil ichida Amerika paxtasi uchun faqat boj tariqasida 700 mln. rubl to‘lashga to‘g‘ri keladi.” 1900 yildan esa yiliga 40 mln. rubldan to‘lab kelmoqdamiz. 1886 yilgi “nizom” o‘lkaga rus aholisini ko‘chirib keltirish yo‘li bilan o‘lkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Ko‘chib keluvchilarga 10 tanobdan kam bo‘lmagan er ajratish belgilandi18.
SHuni alohida takidlash kerakki, Turkistonga kelib o‘rnashish va er-mulkka ega bo‘lish huquqi faqat nasroniy dinining provaslav mazxabidagilarginaga berildi.1886-yilgi qonunga ko‘ra o‘lkaga ko‘chib keluvchilarni tanlash va joylashtirish tartiblari belgilandi .Bo‘sh davlat erlarig birinchi navbatda xizmatdan bo‘shagan zahiradagi ofitser quyi unvondagi harbiy xizmatchilar joylashtirilishi alohida ko‘rsatildi. Ammo qonunda bo‘sh davlat eri; atamasida qanday erlar nazarda tutilganligiga izoh berilmagan edi. Holbuki ana shu masala o‘lkadagi er-suv munosabatlariga bevosita aloqador bo‘lib u keyinchalik o‘tkir muammoga aylandi. Er-suv munosabatlarida chorizm ikki maqsadni ko‘zlab ish tutgan edi.
Osiyoda o‘z hukmronligini mustahkamlash va uning iqtisodiy imkoniyatlaridan mustabid Rossiyaning hukmron tabaqalari manfaatlari yo`lida foydalanishga intilgan. shu maqsadlar uchun mahalliy hukmron doiralarning qarshiligini sindirish, o‘lkada amalda bo‘lgan qadimiy munosabatlarni saqlab qolish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga imkon bermaslik kerak edi. Uzoqni ko‘zlagan maqsaddan kelib chiqqan holda Rossiya Turkistonda olib borgan er – suv munosabatlarida quyidagi siyosatni o‘tkazdi.
1.O‘lkadagi barcha erlar davlat hazinasiga tegishli deb elon qilindi. O‘troq mahalliy aholiga er merosiy yakka jamoa egaligi tariqasida ko‘chmanchi aholiga esa muddatli cheklanmagan tarzda jamoa bo‘lib, foydalanish uchun topshirildi.
2.O‘troq joylarda er undan amalda foydalanayotganlarga biriktirildi. Bu tartibga binoan sud organlariga er – suvga oid munozarali masalalarni hal etishga qozilar tomonidan berilgan erga egalik qilish haqidagi hujjatlariga – vasiqalarga tayanmay, aksincha, erdan kim amalda foydalanayotganiga qarab ish tutilishi lozimligi haqida ko‘rsatma berildi. O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar katta er egalari dehqonlarga ijaraga bergan erlari endilikda ijarachilarga merosiy tarzda foydalanishga topshirildi19.
CHorizmning er – suv sohasidagi bunday “tantiligining” sababi, birinchidan, Rossiyaning dastlabki yillarda ko‘chirish ehtiyojlari uchun zarur er jamg‘armasiga muhtoj bo‘lmagani, ikkinchidan, bu sohada o‘ziga raqib bo‘lgan mahalliy zodagonlar bilan kurashda mehnatkashlar ommasini bajaradigan qilib qo‘yish edi. Uchinchidan, Ko‘p hollarda varqlash avvalgi tarzda qoldirildi, ammo ayrim hollarda vaqf erlarini davlat ixtiyoriga olish ham mumkinligi belgilandi. To‘rtinchidan, sobiq imtiyozli shaxsiy mulk erlariga boshqalar qatori soliq solishdi.
Ular endi xususiy mulk emas, balki davlat erlari deb ataldi va dehqonlarga merosiy ravishda egalik qilish va foydalanishga topshirilgani malum qilindi.Beshinchidan,.SHahar tashqarisida rus aholisiga er ajratish ham taqiqlandi. Oltinchidan, Evropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy axoliga qarashli erlarni sotib olish mutloq man etildi. Bu taqiq 90-yillar oxiriga qadar o‘z kuchini saqlagan. 1886 yilgi Nizomda mahalliy aholining erga egalik qilish Odam bo‘yicha deb belgilangani holda uning erga qonunan xo‘jayin yo xo‘jayin emasligiga doir aniq tarif kiritiladi. Rus qonunlari podsholik erlariga nisbatan xonliklar davridagi huquqni rasmiylashtirdi, lekin ular tub axoli ko‘pchilikning erlarini ularga shaxsiy mulk sifatida biriktirmadi.
CHorizmning 1867-1916 yillar davomida er-suvga egalik masalasidagi hujjatlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, rus amaldorlari o‘rtasida Turkistondagi erlarga egalik masalasida ikki xil nuqtai nazar hukmronlik qilgan. Birinchisi Turkiston o‘lkasini rus mustamlakasi sifatida o‘zlashtirishda dvoryan - pomeshchiklarning fikri Rus dvoryanlari Turkiston dehqonlarini 1861-yil islohotiga qadar davlat dehqonlari, ya’ni huquqsiz dehqonlar sifatida ishlagan rus krepostnoylari ahvoliga tushirishni istashgan.