1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


IX – XIV asrlarda Movarounnahrda er-suv munosabatlari



Download 207,5 Kb.
bet5/13
Sana01.07.2022
Hajmi207,5 Kb.
#726695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zbekiston tarixida yer –suv munosabatlarining rivojlanishu va taraqqiyot bosqichlari

1.2. IX – XIV asrlarda Movarounnahrda er-suv munosabatlari
Sirdaryo havzasida ayniqsa Eloq (Ohangaron) va Parak (CHirchiq)vodiylari nihoyatda obod bo‘lib juda ko‘p shahar va qishloqlar joylashgan edi. Bunday obod dehqonchilik vohalari qishloq va shaharlarni suv bilan tamin etish ekin maydonlarini sug‘orish uchun daryolar bog‘lanib ulardan chiqarilgan turli xildagi sug‘orish tarmoqlari barpo etilgan. Bu sug‘orish tarmoqlarini ishlatishda ananaviy asriy tajriba va malakaga ega bo‘lgan omilkor miroblar etishib chiqqan. SHu tariqa o‘rta asrlarning ishtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mos tartib qonun-qoidalarga asoslangan suv xo‘jaligi tashkil topadi. Masalan, bu davrda birgina Murg‘ob vodiysida suv xo‘jaligi bo‘yicha 10 mingga yaqin turli mansabdagi miroblar suv inshootlarining nazorati va suv taqsimoti bilan band bo‘lgan. Narshaxiyning yozishicha Buxoro vohasi suv xo‘jaligini davlat qozisi boshqargan5.
Somoniylar hokimiyati yirik erdorlarining mulkdor va savdagorlarning manfaatini himoya qiluvchi feodal davlat edi. Mamlakatdagi mavjud er va suvning kattagina qismi davlat va yuqori tabaqalarga tegishli mulk xisoblansa-da, ammo erdan foydalanish va unga egalik qilishning bir nechta turlari mavjud edi. Davlat tasarrufidagi erlar “mulki sultoniy” deb yuritilgan. Hukmron sulola vakillari mulkdor dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta er maydonlaridan tortib mehnatkash aholisiga tegishli mayda xususiy erlar “mulk erlari”hisoblangan. Masjid, madrasa, xonaqoh va maqbaralarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan erlar “vaqf erlari”deb atalgan. Bunday turlardagi erlardan foydalanuvchilarning barchasi davlatga hosilning 1/3 hajmida xiroj to‘lar edi.
SHu bilan oliy martabali ruhoniylar va saidlar qo‘l ostidagi erlar davlat soliqlaridan qisman yoki tamomila ozod etilgan xususiy erlar bo‘lgan. Bunday turdagi erlar “mulki xos deb yuritilgan. ”Bunday imtiyozga ega bo‘lgan mulkdorlar davlatga ko‘pincha hosilning 1/10 hisobida «ushur» solig‘i to‘lagan xolos. SHuningdek, hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan (soliqning bir qismi) mulkdor (viloyat, tuman yoki ayrim shahar va qishloqlar) iqto yoki tuman erlari deb yuritilgan. Bulardan tashqari qishloq jamoalari tasarrufidagi ma’lum hajmdagi er maydonlari saqlanib, ular jamoa erlari hisoblanar edi.
Bunday ko‘pchilikka qarashli jamoa mulklaridan lalmikor hamda korizlar vositasida sug‘oriladigan suvga tanqis tog‘ oldi mintaqalaridan keng foydalanilar edi. Bundan tashqari mehnatkash qishloq aholisi kadivar bo‘lib yoki yollanib ishlar edi. YOllanib qo‘shchilik qilganlar IX-X asrlarda “sherik” yoki “barzikor deb atalgan. Bu davrda katta er egalari kadivarlarni ishlatishdan ko‘ra o‘z erlarini barzikorlarga ijaraga berishni afzal ko‘rar edi. Agar barzikor o‘z urug‘i va qo‘shi bilan dexqonchilik qilsa, uning hissasi hosilning 1/3, 1/4, yoki 1/5 miqdorida belgilanar edi. Hech qanday narsaga ega bo‘lmagan va hammasini er egasidan olib ishlatgan qo‘shchi hosilning 1/10 yoki 1/12 ulushiga ega bo‘lar edi.
Davlat soliqlari (xiroj va ushur) er egasidan ham qo‘shchilardan ham alohida – alohida olinar edi. SHunday qilib X-asrga kelib tarix sahnasida ikkita yangi ijtimoiy tabaqa paydo bo‘ldi. Ular iqtodorlar va barzikor qo‘shchilar edi. Qoraxoniylar Movarounnahrni egallaganlaridan keyin bu erga podalari bilan kirib kelgan ko‘chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini oyoq osti qildilar. Erlarni anchagina qismi o‘tloq va yaylovlarga aylantirildi. Ekinzorlar Qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan turkiy qabilalarning asosiy mulkiga aylantirildi6.
XI asrda Movarounnahrda ayniqsa Zarafshon vodiysida ko‘pgina dalalar poliz va bog‘lar barbod bo‘ldi. Ekin maydonlari qisqarib ketdi. Bunday sharoitda mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko‘chmanchilar o‘rtasida ziddiyat kuchayib dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oldi. +oraxoniylarningg tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o‘z erlarini tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. +oraxoniylar davrida nufuzli mulkdor dehqonlarga nisbatan zo‘rlik choralari ham qo‘llanilgan edi. SHunday qilib, XI-XIII asrlarda mulkdor dehqonlar er - suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, katta er egalari sifatida jamiyat hayotida o‘zining ahamiyatini butunlay yo‘qotdilar.
SHundan keyin “dehqon”degan nom o‘zining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl manosini yo‘qotib,qishloq mehnatkashlari uchun umumiy nomga aylanib ketdi. XI-asrdan boshlab erdan foydalanishda iqto targ‘iboti keng yoyildi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari, oliy darajali harbiylar, davlat mamurlari va mahalliy zodagonlarga ham katta - katta er maydonlari iqto tarzida hadya qilindi. Iqto tartibi Qoraxoniylar uchun bo‘ysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli hisoblangan.
CHunki iqto daromadlarini muttasil olib turishni taminlar, iqtodorni o‘z amlokida doimo muqim o‘tirishga majbur qilmas edi. Bu o‘z amlokida doimo muqim o‘tirishga majbur qilinmas edi. Bu davrda iqto tartibi shunchalik kengaydiki, u faqat ayrim qishloqlardagina emas, balki butun bir viloyat va yirik shaharlardan olinadigan daromadlar ham iqto’ tarzida in’om qilinib beriladigan bo‘ldi. Iqto’ tartibi keng qo‘llanilishi bois u vaqtinchalik inomdan umrbod foydalanishga bora-bora esa hatto avloddan-avlodga o‘tadigan merosiy mulkka aylana boshladi7.
SHunday qilib, XI-XII asrlarda Movoraunnahrda va Xurosonda mulkchilikning yangi turi iqto’ erlari kengayib uning asosiy shakllaridan biriga aylandi. Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo‘lgan etiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirini tobora ortib borishi bilan vaqf erlari ham ancha ko‘paydi. Movarounnahrda mo‘g‘ullar hukmronligi o‘rnatilgach, XIV-asrning birinchi yarmida CHig‘atoy ulusining yuqori tabaqasi ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka ko‘cha boshladi. Mo‘g‘ul harbiy ma’murlari mahalliy feodallar, yirik sardorlar, ruhoniylar va savdogarlardan iborat edi.
Mamlakatdagi barcha mol-mulk, er-suv ularning ixtiyorida bo‘lib, shahar va qishloqlarning mehnatkash ommasi ular hukronligi ostida kun kechirishar edi. Mamlakatda unumdor erlarning asosiy qismi davlat va uning ma’murlari harbiy oq suyaklar qo‘lida edi. Er va suvdan foydalanish ilgarigidek iqtodorlik davom etib kelar edi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda erga bo‘lgan egalikning to‘rt xili mavjud edi. 1. Mulki devon-davlat erlari. 2. mulki injixon-noiblar va ularning tasarrufidagi erlar. 3. mulki vaqf-masjid, madrasa, xonaqoh, mozor va maqbaralar ixtiyoridagi erlar. 4. mulklar – xususiy erlar. Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan erlar bo‘lib ular “iqto’” yoki “suyurg‘ol” deb yuritilar edi.
Bunday erlarga esa ega bo‘lgan erdorlar “iqtodor” yoki “suyurg‘ol egalari” barcha soliq va to‘lovlardan ozod etilar edi. Iqto’ va suyurg‘ol erlari avloddan-avlodga meros tariqasida o‘tar edi. Yirik erdorlar qo‘lidagi mulk erlariga ersiz yoki kam erli dehqonlarga biriktirilib ular bunday mulklarga hosilning 1/3 evaziga ijarachi bo‘lib ishlar edi. Yirik erdorlar va ularning xo‘jaliklariga qaram bo‘lib qolgan dehqonlar “kadivarlar” deb yuritilar edi. Kadivarlar feodallar qo‘rg‘onlarida ular uchun bino qilingan maxsus turar joylarda yashar edilar. Davlatga soliq to‘lovchi asosiy mehnatkash dehqon ahli mayda erdorlar bo‘lib, ular arabiy hujjatlarda “muzoriy”nomi bilan tilga olinadi.
Muzoriy-ziroatkor dehqon polizkor ma’nosini anglatgan. Muzoriy va kadivarlardan tashqari mamlakatda qullar tabaqasi ham mavjud bo‘lib ulardan dexqonchilikda ayniqsa suv xo‘jaligi ishlariga: sug‘orish shoxobchalarida loyqadan tozalash to‘g‘onlar qurish kabi og‘ir jismoniy ishlarda foydalanilar edi. Ma’lumki, mo‘g‘ullar istilosi va qirg‘inlari oqibatida kadivar va muzoriylarning soni kamayib ketdi. Dexqonchilikning asta - sekin jonlanishi bilan davlatga soliq to‘lovchilarning asosiy qismini tashkil etgan8.
Erkin dehqonlar kuchiga bo‘lgan muhtojlik orta boshlaydi. Buning oqibatida bu davrda qullarning ma’lum bir qismi joylarda qullikdan ozod etilib, yirik feodal mulklariga xususan vaqf erlariga kadivar sifatida biriktirish jarayoni kuzatiladi. Bunday ozod qullar garchi ijarachilar qatorida hosilning 1/3 qismiga ega bo‘lsa-da, ammo vaqf erlarini tashlab keta olmas edilar. CHunki ular vaqf erlarida bir umr dehqonchilik qilishlari uchun ozod etilgan edilar. XIV asr tarixchisi Ibn Battuta uzining «Sayoxatnoma» nomli kitobida Termiz shaxriga ta’rif berib « Termiz – chiroyli imoratlari va bozorlari kup yirik shaxar, uni boshdan oyok anxorlar kesib utadi, boglari xam juda kup. Ayniksa, uzum bilan bexisi juda shirin, gusht xamda sut juda serob. SHaxar axolisi xammomda boshini tafl bilan emas, katik bilan yuvadi» deb ma’lumot beradi.



Download 207,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish