1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари



Download 207,5 Kb.
bet4/13
Sana01.07.2022
Hajmi207,5 Kb.
#726695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zbekiston tarixida yer –suv munosabatlarining rivojlanishu va taraqqiyot bosqichlari

Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tarixiy tadqiqotlar oldiga qo‘ygan talablari va undan kelib chiqadigan vazifalar tashkil etdi. Prezident asarlarida O‘zbekistondagi tarixiy voqealar jarayonini asl manbalarga tayangan holda xolisona yozish masalasi muhim vazifa qilib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining etakchi manbashunos, tarixshunos, tarixchi va sharqshunos olimlarining tadqiqotlarida ilgari surilgan fikr, taklif hamda tavsiyalar ishning metodologik asosini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bajarayotgan ishimning ilmiy yangiligi va olingan natijalar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-O‘zbekiston tarixi fanidan er - suv munosabatlarining rivojlanishi va taraqqiyot bosqichlari masalalari bo‘yicha e’lon qilingan fikrlarni jamlab yagona bir tizimda tahlil qilindi;
-ishdagi har bir bo‘limning mazmuni yuzasidan tegishli ilmiy xulosalarga kelindi.
Ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, O‘zbekiston tarixida er - suv munosabatlarining rivojlanishi va taraqqiyot bosqichlari masalalarini o‘rganishda, bayon qilishda, maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mavzu tushuntirilayotganda qo‘shimcha ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Ushbu bitiruv-malakaviy ishim kirish, 2 ta bob, 8 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, slaydlardan iborat bo‘lib, jami betni tashkil etadi.
1 - bob. Markaziy Osiyoda qadimgi va ilk o‘rta asrlarda er - suv munosabatlari.
1. 1. Markaziy Osiyodagi qadimgi daryolar: o‘tmishi buguni va ertangi hayoti.

Ota - bobolarimiz juda qadim zamonlardan boshlab dashtu-dalalarga cho‘llarga suv keltirib, ularni bog‘u-bo‘stonlarga aylantirish to‘g‘risida bosh qotirganlar. Buning uchun albatta birinchi navbatda suv keltirish zarurligini chuqur anglashgan. SHunday daryolardan biri Zarafshon daryosidir. Eski tarixiy manbalarda bu daryo Politimet ,Naxr ul-Buxoro, Daryoyi Kuxak shuningdek Xaromkom, Naxri bo‘y kabi nomlar bilan tilga olingan. Tojikiston va O‘zbekiston hududlaridagi bu daryoning uzunligi 781 kilometr bulib, u Turkiston, Zarafshon va Oloy tizmalari birikkan joy Maschoh (Ko‘ksuv) tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan (Tojikiston) Maschohdaryo nomi bilan boshlanadi. 200 kmgacha oqib borgach, unga Fonadaryo qo‘shilib, Zarafshon (oltin sochuvchi) nomini oladi2.


YAna 100 km oqib borgach, Rabotxo‘ja qishlog‘idagi to‘g‘on yaqinida Tojikiston hududidan chiqib, O‘zbekistonning Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘ylab oqadi. Tog‘li qismda Zarafshondan qizilqum cho‘llariga 70 dan ortiq irmoq qo‘shiladi(ularning ko‘pchiligi 10-15 km li ariqlardir). Yirik irmoqlari esa Fonadaryo, Kishtutdaryo, Mog‘iyondaryolardir. Samarqanddan bir oz sharqroqda,CHo‘ponota tepaligi yonida Zarafshon ikki tarmoq Okdaryo va Qoradaryoga bo‘linadi. Zarafshon qizilkum cho‘llariga kirib borgach, avval Buxoro, so‘ng Qorako‘l vohasi bo‘ylab oqadi. Qorako‘l qishlog‘idan 3-km yuqorida qurilgan to‘g‘on oldida uning suvi kanallarga bo‘linib, tugab ketadi.
Zarafshondan suv oladigan jami kanallarning uzunligi 2500 km ga boradi. Samarqand vohasidagi Darg‘om, Narpay, Buxorodagi SHoxrud va Vobkent kanallari shular jumlasidandir. Zarafshon asosan Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari erlarini sug‘oradi. .Lekin uning suvidan Jizzax vohasi (Eski Tuyatortar kanali orqali) va Qashqadaryo erlari ham (eski Anhor kanali orqali) qisman bahramand bo‘ladi. Zarafshon suvidan mumkin qadar oqilona foydalanish maqsadida Kattaqo‘rg‘on, Buxoro vohasida Quyimozor suv omborlari qurilgan. Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Navoiy, Buxoro, Kogon kabi shaharlar Zarafshondan suv ichadi.
Ba’zi paytlarda Zarafshon daryosi suvi Buxorogacha to‘liq etib kelmagan. Qadimda Buxoro va Samarqand vohalarida Zarafshon suv taqsimoti muayyan tartibda davom etgan. Qadimgi miroblar suv sathining holatini ko‘p suvlik, o‘rta suvlik va kam suvlik paytlariga bo‘lishgan. Zarafshon suvi o‘rtacha bo‘lgan paytlarda yarim ariq usulida taqsimlangan. Daryo suvi oz bo‘lgan paytlarda ham suv Buxoroga tashlangan. Bu usul «suv tashlash » deb atalgan va faqat Buxoro shahrini suv bilan taminlash uchun qo‘llanilib, mavsumda ikki marta (mart oyining 2 chi yarmi va avgustning oxirida) amalga oshirilgan. Uning muddati ikki-to‘rt haftaga cho‘zilgan3.
Zarafshon suvi masalasida Buxoro Samarqandga qaram bo‘lgan. SHuning uchun ham Zarafshon daryosining yuqori qismi CHor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng Samarqand mamuriyati bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi munosabatlarda suv masalasi alohida o‘rin tutgan. 1872 - yilda esa har ikki tomon vakillari ishtirokida Samarqand va Buxoro suv taqsimoti kengashi tuzilgan. Ushbu kengash Buxoro va Samarqand o‘rtasidagi suv taqsimotining qadimiy tartiblarini muhokama -qilgan. SHunga ko‘ra mavsumda Buxoro uchun ikki marta 15-apreldan 15-martgacha va 15-avgustdan 15-sentyabrgacha Zarafshon daryosining suvini « obpartav» yoki «nimjug‘» qilishga qaror qilishgan. Ana shu muddatlarda Buxorodagi hovuzlar bir yoki ikki marta suvga to‘ldirilgan. Bazi yillarda esa hovuzlar suvi almashtirilmay qolganligi sababli aholi o‘rtasida turli kasalliklar, ayniqsa rishta kasalligi keng tarqalgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha Buxoro shahrining eski shahar hududida 100 dan ortiq, uning atrofida esa 250 ga yaqin ana shunday hovuzlar bo‘lgan.
Turon zaminida eng birinchilardan bo‘lib qo‘lda qazilgan kanal - Zarafshon daryosidan tortilgan Darg‘om kanalidir. Ushbu qadimiy kanal haqida o‘zbek ensiklopediyasining 3- jildida quyidagilar yozilgan; Darg‘om Zarafshon daryosidan suv oladigan qadimiy kanal ariq, Rabotxo‘ja qishlog‘i yaqinida Varqsar to‘g‘onidan boshlab ulus cho‘liga boradi. Uzunligi 60 kmdan oshiqroq. Tarixiy manbalar ariqning miloddan avvalgi V-IV asrlarda qazilganidan xabar beradi. Klavdiy Ptolemey (mashhur astronom, matematik) tuzgan kartada Darg‘om-«Dargomoniy» deyilgan. Qadimda ariqning bosh to‘g‘oni bir necha marta xarob bo‘lgan. 1220 yilda CHingizxon tomonidan buzdirilgan XVIII asrdagi suv toshqinlari to‘g‘onni bir necha marta yuvib ketgan. Hozir kanalning maksimal suv sarfi 100-113 m2 sekund, kanalda issiq faslda suv ko‘payib, loyqalanib oqadi. Farg‘ona, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand va Pastdarg‘om tumanlaridagi qishlog‘lar suv ichadi4.
Darg‘omda Tallig‘ulon, Xishrov, Erteshar gidroelektr stansiyalari qurilgan. Darg‘om kanali Zarafshon (zar, oltin sochuvchi) daryosining chap sohilidan, Samarqanddan 42 km janubiy-sharqda joylashgan Rabotxo‘ja qishlog‘idan boshlanadi. Darg‘omdan esa mil. avvalgi I asrda eski Angor kanali (qadimda bu kanal Manas kanali, eski Angor kanali deb ham yuritilgan), Eski Angordan esa 1971-1974 yillarda Qashqadaryo viloyati cho‘llarini o‘zlashtirish uchun YAngi o‘zan tortiladi. Zarafshon daryosi qadimda Ko‘hak, Xaromkom, Nahri Bo‘y nomlari bilan hamda tarixiy manbalarda Politimet, Nomiq, Rudi Masof, Rudi SHarg‘, Somjon, Nahr ul Buxoro, Daryoi Ko‘hak kabi nomlar bilan ham tilga olingan.
Zarafshon daryosi XVIII asrdan boshlab Zarafshon deb atalib kelinmoqda. Samarqandlik qadimgi miroblar Darg‘om kanalini qazishdan oldin erlarning past - balandliklarini, murakkab relefini mohirlik bilan hisobga olishgan. Samarqand janubidagi tog‘ va ariqlardan keladigan bahorgi sel suvlarining shaharni bosishining oldi olingan. SHuning uchun ham Darg‘om kanali hozirgi kunga qadar Zarafshon vodiysidagi eng yirik suv inshootlaridan biri sifatida xizmat qilib kelayapti.
Zarafshon daryosidagi bosh to‘g‘on Varqsar (Rabotxo‘ja qishlog‘ining qadimgi nomi) Samarqand shahrini va uning tevaragidagi bog‘u-rog‘larni sug‘orishda katta ahamiyat kasb etgan. Darg‘om kanalidan shaharga to‘rt ariq tortilgan: CHokardiza, Muzaxim, Eski darg‘om va Sangin ariqlari. Bundan tashqari qadimiy shahar Afrosiyobga qo‘rg‘oshin quvurlarda (juyi oriz) vadoprovod tortilgan. Varqsar (bosh to‘g‘on) muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu erda rabot qurilib, katta qo‘shin turgan, chunki suv ayirgich to‘g‘on buzilsa butun Samarqand shahri va uning tevaragidagi bog‘lar suvsiz qolishi mumkin edi. Qo‘rg‘oshin quvur CHingizxon bosqini vaqtida er bilan yakson qilingan va qayta tiklanmagan.
Darg‘om kanali Samarqand shahrini tashqi dushmandan himoya qilishda muhim vazifani bajargan, chunki suvdan kechib o‘tish hamisha har qanday urushda og‘ir kechgan. Samarqand bir tomondan Zarafshon daryosi bilan, boshqa tomondan Darg‘om bilan qariyb doira shaklida o‘rab olingan. YA’ni e’tiborli jihati shundaki, Darg‘om kanali shaharni suv bilan ta’minlash bilan birga shahar ob-havosini yilning eng issik fasli saratonda ham ma’lum darajada salqin bo‘lishida katta ahamiyat kasb etgan. Buyuk sarkarda sohibqiron A.Temur Samarqandni o‘z imperiyasining poytaxti qilib tanlashida siyosiy jihatlar bilan birga shaharning iqlimi, himoyalanish jihatidan qulayligi, bog‘u-rog‘lar o‘stirish uchun sharoit mavjudligini ham e’tiborga olgan. Darg‘om kanalida 122 ta to‘g‘on bo‘lganligi tarixiy kitoblarda qayd etilgan. Qadimda toshlardan yog‘och shox - shabbalar, xashak, chimlar yordamida suv yo‘li to‘silgan. Vayron bo‘lgan to‘g‘onlarni qaytadan tiklashda xalq nihoyatda qiynalib ketgan, shuning uchun ham Darg‘om atamasi - «dardu g‘am» so‘zlarining birikishidan kelib chiqqan degan taxmin ham mavjud.
Qadimgi miroblar suvning toshqin kuchini hisobga olib, shuning uchun ham Darg‘omni «ilon izi» qilib qazishgan. Ana shundagina suvning kuchi pasaygan. SHu bilan birga kanal yoqalarida ham dehqonchilik qilishga imkon yaratilgan. Ota-bobolarimizning aqli-zakovati bilan miloddan avvalgi qazilgan Darg‘om kanali bugungi kunda ham yuzlab gektar paxtazorlarni, bog‘u-rog‘larni obi hayot bilan ta’minlab chamanga burkab oqmoqda. Kushon davlati davrida Amudaryo va Sirdaryo etaklaridagi qadimgi sug‘orma erlarning umumiy maydoni 3,5 - 3,8 mln. gektardan iborat bo‘lgan.


Download 207,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish