1.4. XVI-XVIII asrlarda Turkistonda er -suv munosabatlarining rivojlanish bosqichlari
XVI asr boshlarida Temuriylar davlat o‘rniga kelgan SHayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jixatlarini mustaxkamlash yo‘lida qator isloxotlar o‘tkazadi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg‘ol tizimini joriy qiladi. Ikkinchidan, mamlakatda er-suv qaytadan taqsim qilindi. Ko‘chmanchi qabila zodagonlari engilgan maxalliy mulkdorlar mol-mulkini musodora qilish, sotish, egasiz qolgan erlarni o‘zlariniki qilib olish yo‘li bilan mulklarini ko‘paytirib oldilar. SHayboniylar davrida xam iqtisodiy xayotda suniy sug‘orish bilan bog‘liq muammolarni xal etish ishiga jiddiy e’tibor bilan qaralgan. Bu sulola vakillari Zarafshon, CHirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rganlar14.
Masalan, 1502 yilda SHayboniyxon Zarafshon daryosining Oqdaryo va qoradaryo ayriladigan joyida suv ayirg‘ich qurdirgan. SHayboniyxon avlodlari keyinchalik qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati erlarini sug‘orish uchun o‘ndan ortiq kanallar qazitganlar. Sun’iy sug‘orish ishlari ayniqsa Abdullaxon II davrida keng rivojlandi. Masalan, 1556-1585 yillar oralig‘ida Zarafshon daryosida Karmana, Mextar Qosim, CHaxorminor, Jondor suv ayirg‘ichlari; Nurota tog‘ida Oqchob, Murg‘ob voxasida esa Xovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan tashqari, Zarafshon daryosidan Jizzax voxasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan. Xoja Ka’ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan CHorjo‘yga, Murg‘obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof voxalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan.
Bundan tashqari, Abdullaxon II karvon yo‘llarini qayta jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta’mirlashga xam katta axamiyat qaratdi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘rnida ulkan band qurdirgan. Uning ravoqlarini to‘g‘on tepasidan turib ochish yoki bekitish mumkin edi. Maqsad esa o‘sha atrofdagi bo‘z erlarni sug‘orib dexqonchilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi. Ayni paytda ko‘plab maxalliy axamiyatga ega suv inshootlari xam qurilgan. Bu tadbirlar o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlagan. SHayboniylar davlatidagi ichki ziddiyatlar ikki yo‘nalishda namoyon bo‘ldi. Birinchisi - markaziy xokimiyat bilan maxalliy xokimiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar; Ikkinchisi - xukmron tabaqalar bilan mexnatkash omma o‘rtasidagi ziddiyatlar. SHayboniylar davrida er egaligining iqto’, suyurg‘ol, tanxo va jogir singari to‘rtta turlari bo‘lgan.
SHayboniyxon ulkan davlatni kichik-kichik mulklarga (suyurg‘olga) bo‘lib yuborib katta xatoga yo‘l qo‘ygan edi. CHunki, xar bir maxalliy xukmdor markaziy xokimiyatdan mustaqil bo‘lishga intilar edi. Mulk tizimining xukmronligi xar bir mulkning aloxida ajralib chiqishiga sharoit yaratar edi. SHayboniyxon bu xatoni tuzatishga urinib, bo‘ysunishni istamagan maxalliy xukmdorlar mustaqilligini tugatishga ayrim xukmdorlarni almashtirishga xarakat qildi. Bu esa maxalliy xukmdor va zamindorlarning keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi15.
SHayboniyxon, Ayni paytda, davlat xazinasiga tushadigan daromadning muttasilligini ta’minlash maqsadida egalari tashlab ketgan erlarni davlat ixtiyoriga olish, egalari qaytib kelib erning talab qilganida esa uni qaytarib berish, xatto davlat bu erlardan foydalangani uchun er egasiga davlat xazinasidan xaq to‘lash tartibini xam joriy etgan. Axoliga soliq solishda amaldorlarning xaddan oshishlariga xam chek qo‘yildi. SHunday bo‘lsa-da SHayboniylar davrida mexnatkashlarning iqtisodiy axvoli baribir nochor edi. Ko‘pchillik omma ersiz bo‘lib, ijaraga er olib ishlashga majbur edi. Axolidan yigirma turdan ortiq soliq va to‘lovlar olinar edi. Asosiy soliq sug‘oriladigan erdan olinadigan xiroj bo‘lib, daromadning o‘ttiz foizidan qirq foizigachasini tashkil qilar edi.
Davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq ixrojot deb atalar edi. Davlat pulga muxtoj bo‘lganda favqulodda soliqlar xam joriy etilgan. Axoli soliq va jarimalar to‘lashdan tashqari, majburiy mexnat majburiyatini xam o‘tashi kerak edi. Bu majburiyat axolini kanallar, zovurlar qazishga, yo‘l va ko‘priklar qurishga, em-xashak yig‘ishga jalb etishni nazarda tutar edi. Buning ustiga majburiyatni o‘tashga jalb etilganlar o‘z mexnat qurollari bilan ishga kelar edilar, o‘zlari xisobidan ovqatlanar edilar.
Ashtarxoniylar xukmronligi davrida markaziy xokimiyatning kuchsiz va iqtidorsiz bo‘lganligini kuzatish mumkin. Bu vaqtda Ashtarxoniylarning ikkita rasmiy poytaxti bor edi. Otaliq va o‘zbek qabilalari yo‘lboshchilarining nufuzi SHayboniylar davridagiga qaraganda oshib ketdi. Boshqaruv ishlari o‘shalar qo‘lida edi. Siyosiy parokandalik, tinimsiz davom etgan ichki kurashlar, shaxar xayotining so‘nishi, oshirib yuborilgan boju xirojlar natijasida aholining xonavayron bo‘lishi, tashqi xujumlar, talon-tarojlar natijasida voxalarni xarob xolga kelib qolishi, savdo karvonlarining g‘arot qilinishi ashtarxoniylar xukmronligi davrining o‘ziga xos xususiyatlaridandir.
Imomqulixon bu xolatning oldini olishga xarakat qilgan. Masalan, u 1614-1615 yillarda Qashqadaryodan qarshi cho‘liga kanal qazittirgan. 1633-1634 yillarda esa qo‘shqo‘rg‘onda kanal qazittirdi. Lekin, suniy sug‘orish qurilishlari ko‘lami XVI asrdagidek bo‘lmagan. Natijada XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tuta boshladi. qishloq xo‘jaligi inqirozga uchradi, sug‘orish tarmoqlari izdan chiqdi. Buxoro xonligida g‘alla ekish maydonlari kamayib ketdi. CHunki er egasi oldindan dexqondan xosilning uchdan bir qismini oladigan bo‘lsa, endi uchdan ikki , to‘rtdan uch qismini oladigan bo‘lib qoldilar16.
Dexqon ziraotkorlikdan xech qanday foyda ola olmay qoldilar. Muxammad Badir Samarqandiy istexzo bilan «Sudxo‘r bir kishiga bir tanga bersa, uni etti tanga qilib qaytarib olar edi», deb yozadi. Er egalarining, amaldorlarning o‘zboshimchaligi bu bu paytga kelib chegara bilmay qoldi. Jamoa erlari-yaylovlar dushman otlari tuyog‘i ostida qoldi; jamoaga tegishli ekin erlar talon-taroj qilindi. Natijada, yuqori mansab egalari qo‘lida katta-katta er-mulklari xam to‘plana boshladi. Masalan, Samarqand viloyati xokimi YAlangto‘shbiy, Olloxberdibiy kabilar qo‘lida ulkan va bepoyon ekin erlari to‘plandi. Xon ulardan xiroj xam olmay qo‘ygan edi. Xazinasi bo‘shab qolgan xon o‘z erlarini sotuvga qo‘yishga majbur bo‘ldi.
Ruxoniy katta er egalarining mavqei xam bu davrda o‘sdi. Farg‘ona va Toshkentda ular xatto xokimiyatni xam o‘z qo‘llariga olishga erishdilar. 1670-1680 yillardagi jung‘orlarning o‘lkaga xujumi va talon-tarojlari oqibatida Zarafshon vodiysi, xususan Buxoro va Samarqand voxalari xarobazorga aylandi. Buxoro amirligi davrida xam er-suv mulkligining uch shakli saqlanib qolgan edi. Davlat erlarining suvsiz dasht, to‘qayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan bo‘lib, ular bu erlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘lar edilar. Bunday erlar sotilmasdi va ayir boshlanmasdi.
Davlat erlarining boshqa bir qismi yirik er egalariga, xukmron sulola a’zolariga yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilarga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg‘ol shaklida inom etilgan edi. XV-XVI asrlarda suyurg‘ol berish juda keng tus olgan edi. Suyurg‘ol olganlar u erni boshqarish xuquqini xam olgan edilar. Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi xamda oliy xukmdorning chaqirig‘iga ko‘ra o‘z qo‘shini bilan xarbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.
Siyosiy tarqoqlik tufayli markaziy xokimiyat zaiflashuvi oqibatida yirik er egalarining davlat xayotidagi mustaqilligi va qudrati shu darajada oshgan ediki, endilikda ular amalda markaziy xokimiyatga qaram bo‘lmay qoldilar. Natijada bunday er egalari XVII-XVIII asrlarda suyurg‘ol erlarini o‘zlarining doimiy mulklariga aylantirib olganlar xamda ularni meros qoldirish xuquqini qo‘lga kiritganlar xiroj xam to‘lamay qo‘yganlar. Bu xol keyinchalik siyosiy parokandalik yanada kuchayishiga, markaziy xokimiyat zaiflashuviga xamda iqtisodiyotning, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligining xam orqaga ketishiga olib kelgan. Buning oqibatida davlat erlari qisqarib borgan. XVI asrdan davlat erlarini «tanxo» deb nom olgan shaklda inom etish qaror topa borgan. Tanxo asosan xarbiy xizmatda bo‘lgan kishilarga inom etilgan. Bunday inomga sazovor bo‘lgan kishi erning o‘ziga ega bo‘lgan.
XIX asrning birinchi choragida amirlikda tanxodorlarning soni 12 mingdan 36 ming kishiga etdi. Eng kichik tanxo erlari 3-5 gektarni tashkil etgan. Davlat erlarining yana bir qismi dexqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko‘p soliq xam ana shu erlardan tushar edi. Xususiy erlar shaxslarning erlari bo‘lib, ularning bu erlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan. Bunday erlar asosan arablarga qarashli erlar bo‘lgan. Bu erlar soliqdan ozod qilingan edi, lekin daromadning 1|10 qismi miqdorida o‘lpon to‘lanar edi. Mulk erlari (xususiy er)ning ikkinchi qismi (mulkixur yoki mulki xurri xolis) davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lib, bunday erlar urushlarda jasorat ko‘rsatgan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan. Bunday erga ega bo‘lgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan xamda ular barcha soliqlardan ozod etilganlar17.
Vaqf erlari bu masjid, mozor, xonaqo, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan erlar edi. Bunday erlar musodara etilgan, davlat xamda yirik er egalari tomonidan xadya etilgan erlar xisobiga vujudga keltirilgan edi. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan edi. Amir SHoxmurod (1785-1800 yy) xukumronligidan bashlab vaqf erlarining miqdori bir muncha ko‘paydi. Bu xol xazinaga tushadigan daromadga ta’sir etmay qolmadi. SHuning uchun Amir Nasrullo yarg‘u ya’ni vaqf erlarini musodora qilish usulini joriy etdi.
Buxoro amirligi davrida xam XVIII asrda sug‘orish tarmoqlarining kengaytirilishiga aloxida e’tibor berildi. Buxoro amirligi xududida Zarafshon daryosidan Xurmo va Sarazm naxrlari chiqarilgan. Ularning biri to‘rt chaqirim, ikkinchisi uch chaqirim uzunlikda bo‘lgan. Amir SHoxmurod (1785-1800 yy) davrida 40 chaqirim uzunlikdagi qozonariq (Urgut tumanini sug‘organ), 24 chaqirim uzunlikdagi Toyman arig‘i, 24 chaqirim uzunlikdagi Tug‘izariq qazilgan. YAna Oqdaryo va qoradaryodan xam naxrlar chiqarilgan. Sug‘orish inshootlarini yaroqli xolda saqlashning og‘ir yuki mexnatkashlar elkasida edi. Aynan ularning mexnati, sabr-toqati sug‘orish inshootlarining muxim ishlashini ta’minlar edi.
Dexqonlar suvdan foydalanishda asrlar davomida juda katta tajriba to‘plagan edilar. Ular shunday sug‘orish inshootlarini bunyod eta oldilarki, unga tan bermaslikning iloji yo‘q edi. Xususan, suv ayirgich to‘g‘oni qurishdagi moxirlik buning isbotidir. Masalan, suv oqimi qiya va tez bo‘lgan tog‘ daryolari xamda soylarda suvayirgich (sepoya) lar, tinch oqadigan daryolarda shox-shabbadan qurilgan to‘g‘onlar, Amudaryodek chuqur va tez oqar daryolarda esa ko‘p boshli suv ayirg‘ichlari qurganlar. Ayrim joylarda esa yirik to‘g‘onlar qurilgan. Bunday to‘g‘onlardan ayrimlarining uzunligi uch chaqirim, tubining kengligi to‘rt metr, balandligi bir yarim metrni tashkil etgan.
Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘iriq eng ko‘p ishlatilgan suv ayig‘ich edi. SHunday chig‘iriqlar xam yaratilganki, ular suvni xatto to‘rt metr va undan yuqoriroqqa xam ko‘tarib bera olar edi. Suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tortqichli suv ayirg‘ichlar ishlatilar, bunda ot, tuya, eshak va xo‘kiz kuchidan foydalanilar edi. XIX asrda birgina Amudaryoning quyi oqimida 600 mingdan ko‘proq chig‘iriq o‘rnatilgan edi. Bu kabi inshootlar Buxoro amirligi xo‘jaligida katta o‘rin tutgan. Bu xayot ta’minoti bo‘lgan inshootlarning bosh bunyodkori, dalalarning xosildor erga aylantirgan asosiy kuch-dexqon ommasi edi. Bunday sug‘orish inshootlarini bunyod etish, ularni doimiy ravishda ishga yaroqli xolda tutish dexqonlarni og‘ir majburiyatlarni bajarish, ularni shafqatsiz ezish vositasi edi.
Xar bir dexqon xonadoni yiliga 60 kundan 100 kungacha sug‘orish inshootlari qurish, kanal va ariqlarni tozalash, sozlash ishlarida qatnashishga majbur edilar. Bir so‘z bilan aytganda ularning axvoli qullarnikidan farq qilmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |