11 – Mavzu: Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish mazmuni va vazifalari
REJA:
1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish
2. Tevarak atrof bilan tanishtirish vazifalari
3. Tevarak atrof bilan tanishtirish jarayonida ish formalaridan foydalanilanish.
4. Tevarak atrof bilan tanishtirishda qo`llaniladigan metodlar
Dasturning tevarak atrof bilan tanishtirish bo`limida bolalarning atrof muhit haqidagi tasavvurlarini xosil qilishga ahamiyat berilgan. Bolalarni atrof muhit bilan tanishishida olgan taasurotlari bola faoliyatiga , nutqiga katta ta`sir etadi.
Bog`chaga kelgan bolalarni atrof muhitdan olgan tasavvurlari juda tor bo`ladi. Bu bilimlarning torligi, bir xilligi va bahzida noto`g`ri tasavvur qilishlari bolaning rivojlanish faoliyatiga va nutqining o`sishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun dasturga "Atrof muhit bilan tanishtirish" bo`limi kiritilgan.
Bu bo`limning asosiy vazifalari: bolalarni atrof muhit bilan tanishtirish, tevarak atrof haqidagi birinchi tasavvurlarini rivojlantirib borish, ularni o`rab turgan narsalar bilan tanishtirish, jonli va jonsiz tabiatda bo`ladigan hodisalar bilan tanishtirish, hoddisa va narsalar o`rtasidagi o`zaro bog`lanishni ko`ra bilishga o`rgatish, oddiy elementar tushunchalar xosil qilishga o`rgatish, bolada kuzatuvlikni o`stirish, nutqini rivojlantirishlar kiradi.
Atrof-muhit bilan tanishtirishda: bizni o`rab olgan predmetlar dunyosi, tabiiy boyliklar, jamiyat haqida elementar tushunchalar berish kiradi.
Nutq o`stirish mashg`ulotlari atrof-muhit bilan tanishtirish mashg`ulotlari bir-birini to`ldirib turadi. SHuning uchun mavzular bir-biriga o`xshab ketadi. Lekin har bir bo`lim o`zining asosiy vazifalarini bajaradi va hal etadi.
Kichik guruhdagi bolalarni atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, tabiatdagi jonli va jonsiz tabiat hodisalari bilan tanishtirish, narsa va predmetlardan to`g`ri foydalanishga o`rgatish, ularni nima deb atashni bilish, boshqa har xil guruhdagi predmetlar orasida bir predmetni nomi bo`yicha ajrata bilish, har bir narsani nima uchun kerakligini bilish, tabiatdagi narsalarni kuzatish, diqqat bilan kattalarning nutqini eshitish va tushunish, kitoblardagi rasmlarni ko`rish va ifodalab berish, pedagoglarni ismini bilish, bog`cha va turar joyini bilish, odam yuz qismlarini va ularni nima vazifani bajarishni bilish, hayotdagi bo`layotgan hodisalarni kuzatish. Bu guruh uchun o`tiladigan mavzular uch kvartalga mo`ljallangandir.
Mavzular o`rta guruhda murakkablashib boradi. Bolalarni atrof-muhitdagi tasavvurini kengaytirish, jonli va jonsiz tabiat, narsa va hodisalar kuzatish va ko`rganlarini gapirib berish, ota-onalarini va boshqalarini kasbini bilish. Tabiatdagi dodisalarni o`zaro boqlikligini ko`rishga o`rgatish. Turar joyini, boqchadagi joylashgan joyini orientirovka qila olish, fasllarni belgilari bo`yicha bilish, predmetlarni nima uchun kerakligini bilish, kiyimlarni qismlarni ajrata bilishga o`rgatiladi.
Bolalarni tarbiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o`yinlardan foydalaniladi. Didaktik o`yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanliklarni o`sishiga yordam beradi, turli aqliy jarayonlarni aktivlashtiradi.
Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta`limiy vazifalar ham hal etiladi. Bolalar mexanik obhektlari, o`simliklarning xususiyatlari va sifatlari, ularning tuzilishi va ehtiyojlari, rivojlanishning asosiy bosqichlari, o`stirish usullari, o`simlik hayotidagi mavsumiy o`zgarishlar haqida, hayvonlar, ularning tanshqi ko`rinishi, harakat qilish usullari, hayot tarzlari haqida tasavvurga ega bo`ladilar.
Bolalar o`simlik va hayvonlarni parvarish qilar ekanlar, shu orqali mehnat malakalarini egallaydilar.
Bolalarning tarbiatdagi mehnati individual topshiriq formasida va kollektiv mehnat tarzida tashkil etiladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyatlari hamda o`rab turgan tabiatning xususiyatlarini tutgan holda izchil shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida guruhning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi va bolalarning qobiliyatlari mahlum sistema hamda izchillikda o`stiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o`yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig`ilib boradi. Mag`shulotlar ularni aniqlash va sistemalashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg`ulotlarda o`qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metodni mashg`ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko`ra tanlanadi.
Mashg`ulotlarning bir xillarida boshlang`ich bilimlar shakllantiriladi. SHu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko`rish, badiiy asarlarni o`qish, hikoya, diafilg’m va kinofilg’mlarni ko`rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg`ulotlarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o`tilgan metodlardan tashqari bu mashg`ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg`ulotlarning asosiy vazifasi - bilimlarni umumlashtirish hamda sistemaga solishdir. SHuning uchun suhbatlar, didaktik o`yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Mehnat va o`yinlarda bolalar egallagan bilimlarini amalda qo`llaydilar. Barcha guruhlarda mashg`ulotlarga qo`shimcha sifatida maqsadli sayrlar o`tqaziladi.
Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mashg`ulotlar turidan biridir. Ekskursiyalar vaqtida bola tabiat hodisalarini, mavsumiy o`zgarishlarni tabiiy sharoitda kuzatishi, insonning hayot talablariga muvofiq tabiatni qanday o`zgartirayotganini va tabiat kishilarga qanday xizmat qilayotganini ko`rish mumkin.
Ekskursiya mashg`ulotlarning afzalligi yana shundaki, unda bolalar o`simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko`rish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ekskursiya bolalarga tabiatda mavjud bo`lgan o`zaro aloqalar haqida dastlabki rahbarligida o`tadigan mashg`ulotlarda guruhning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi va bolalarning qobiliyatlari mahlum sistema hamda izchillikda o`stiriladi. Kundalik hayotda, kuzatish, o`yin. mehnat vaqtida balalarning shaxsiy bilimlari yig`ilib boradi. Mashg`ulotlar ularni aniqlash va sistemalashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg`ulotlarda o`qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metodni mashg`ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko`ra tanlanadi.
Mashg`ulotlarning bir xillarida boshlang`ich bilimlar shakllantiriladi. SHu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko`rish, badiiy asarlarni o`qish, hikoya, diafilg’m va kinofilmlarni ko`rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg`ulotlarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o`tilgan metodlardan tashqari bu mashg`ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg`ulotlarning asosiy vazifasi -bilimlarni umumlashtirish hamda sistemaga solishdir. SHuning uchun suhbatlar, didaktik o`yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Mehnat va o`yinlarda bolalar egallagan bilimlarini amalda qo`llaydilar. Barcha guruhlarda mashg`ulotlarga qo`shimcha sifatida maqsadli sayrlar o`tkaziladi.
Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mashg`ulotlar turidan biridir. Ekskursiyalar vaqtida bola tabiat hodisalarini , mavsumiy o`zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, insoning hayot talablariga muvofiq tabiatni qanday o`zgartirayotganini va tabiat kishilarga qanday xizmat qilayotganini ko`rish mumkin.
Ekskursiya mashg`ulotlarning afzalligi yana shundaki, unda bolalar o`simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko`rish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ekskursiya bolalarga tabiatda mavjud bo`lgan o`zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash tasavvurlarini shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Tabiatning go`zalligi bolalarda chuqur hissietlar uyg`otadi, o`chmas taassurot qoldiradi, estetik hissiyotlarning o`sishiga yordam beradi. SHu asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish, Vatanga muhabbat shakllantiriladi.
Mazmunga ko`ra ekskursiyalarni shartli tarzda ikki turga bo`linadi: tabiatshunoslik bog`, o`rmon, daryo, o`tloq va shu kabilarga, shuningdek, hayvonot bog`i, botanika bog`iga ( bular turli mavsumda o`tkaziladi) ekskursiyalar; qishloq xo`jalik obhektlari - dala, parrandachilik fabrikasi, bog`, ekinzor va shu kabilarga kattalarning mehnati bilan tanishish maqsadda uyushtiriladigan ekskursiyalar.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun sayrlardan keng foydalaniladi. Sayrlar vaqtida tarbiyachi bolalar tasavvurining tajribalardan foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o`tqaziladigan kuzatishdir. U predmet yoki hodisaga aktiv ta`sir etishni, ularni qo`yilgan vazifaga muvofiq o`zgartirishni nazarda tutadi. Bu o`zgartirishda bolalar aktiv ishtirok etadilar.
Og`zaki metodlardan foydalanish bir qator vazifalarni hal etadi. So`z yordamida kuzatishlar va tabiatdagi mehnat jaraenida egallangan, bolalarga mahlum bo`lgan tabiat hodisalari va hayvonlar hamda o`simliklar haetiga tegishli faktlar haqidagi bilimlar konkretlashadi, to`ldiriladi,aniqlanadi.
Og`zaki metodlar yo`li bilan bolalar yangi hodisalar va tabiat predmetlari haqidagi bilimlarni egallaydilar. Bunday hollarda og`zaki metodni ko`rgazmali metod bilan ko`shish, rasmlardan , diofilm va kinofilmlardan foydalanish zarur.
So`z tabiatda mavjud bo`lgan aloqa va bog`likliklarni chuqurroq tushunishga , anglashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |